Nukleofil
(elektrondonator)
guruhlar
elektrofil
(elektronakseptor) bo‘lgan uglerod atomlariga ular bilan kovalent bog‘
hosil
qilib
elektron
beradilar.
- 976 -
Jadval 2
.Sintetik sitotoksik vositalarni qo‘llashga asosiy ko‘rsatmalar
Guruh
Preparat
Asosiyqo‘llanilishi
I.
Alkillovchi vositalar
va ularga o‘xshash
preparatlar
1.Xloretilaminlar
Siklofosfan
Leykemiyalar(O‘LL,O‘ML,SLL),
limfomalar, Xodjkin xastaligi,
ko‘krakbezi,
tuxumdon,
bronxlarsaratoni
2.Etileniminlar
Tiofosfamid
Peshob xaltasining saratoni
3.Nitrozomochevina
xosilalari
Karmustin
Lomutsin
Bosh miya o‘smasi, mieloma,
limfomalar
Limfomalar, bosh miya o‘smasi
4.Metan
sulfonkislotasining
xosilalari
Mielosan
Leykemiya (SML)
5.Plastina birikmalari
Sisplatin
Karboplastin
Moyak,
peshobxaltasi,
tuxumdonlar saratoni, bosh miya
va bo‘yin sohasining o‘simtalari
Moyak saratoni
6.Triazinlar xosilasi
Dakarbazin
Melanoma,Xodjkinxastaligi
II.
Antimetabolitlar
1.Foliev kislotasining
antagonistlari
2. Purin antagonistlari
3.Pirimidin
antogonistlari
Metotreksat
Merkaptopurin
Fludarabin
Ftoruratsil
Kapetsitabin
Gemitsitabin
Sitarabin
Leykemiyalar(O‘LL,
O‘ML)
limfomalar,
bosh
va bo‘yin
o‘smalari, ko‘krakbezi, bronxlar
saratoni
Leykemiyalar(O‘LL,O‘ML,SML)
SLL, sochli hujayra leykoz
Yo‘g‘on ichak, ko‘krak bezi,
me’da saratoni; bosh va bo‘yin
o‘smasi
Ko‘krak bezi, yo‘g‘on ichak
saratoni
Ko‘krak bezi, peshob xaltasi,
me’daosti bezi,prostata saratoni
O‘tkir leykoz, limfosarkoma
- 977 -
Izoh.
O‘LL-o‘tkir limfoblastik leykemiya; OML - o‘tkir mielogenleykemiya,
SAL- surunkali limfotsitar leykemiya; SML-surunkali mielogen leykemiya
Jigarda kimyoviy o‘zgarishlarga uchrashi tufayli undan faol metabolitlar
(fosfomid va akrolein) hosil bo‘ladi va ana o‘shalar o‘smaga qarshi ta’sirni
ta’minlaydilar. Preparat gemoblastozlar (shu jumladan o‘tkir limfoleykozda)
mo‘l-ko‘l mielomada ozmi-ko‘pmi davom etgan remissiyaga olib keladi.
Bundan tashqari uni moyak, ko‘krak bezi va o‘pkaning mayda xujayrali
saratonlarida qo‘llashadi. Dopan va xlorbutin ichiladi, siklofosfin va sarkolizinni
parenteral va enteral qo‘llanadi. Ushbu guruhga halqum saratonida faol bo‘lgan
prospidin ham kiritilishi mumkin. Preparat dispepsik va nevrologik o‘zgarishlar
rivojlantiradi, lekin qon hosil bo‘lishini nisbatan kamroq susaytiradi. Etilen imin
salmoqli miqdor preparatlar bilan namoyon etilgan (tiofosfamid, dipin,
bemzotef, imifos va boshqalar). Ushbu preparatlar sintezi yuqorida qayd etilgan
xloretilaminlarni etilenammoniyga aylanishiga asoslangan.
Tibbiyot amaliyotida etileniminlardan eng ko‘p qo‘llaniladigani
tiofosfomid (tiotel) dir. Uni haqiqiy o‘smalar (tuxumdonlar, ko‘krak bezi
saratoni)
va
gemoblastozlarda
(surunkali
leykoz,
limfogranulomatoz,
limfosarkomatoz va retikulosarkomatoz) qo‘llashadi. Boshqa etileniminlar ham
aynan shunday o‘smalarga qarshi xossalarga egadirlar. Ularni tiofosfamidni
faolligi yetishmaganda yoki uni ko‘tara olmagan holatlarda qo‘llashadi. Ularni
parenteral-tomirga, mushakka kiritishadi.
Metan
sulfotkislotasining
hosilasi
bo‘lmish mielosan surunkali
mieloleykozlarda qo‘llaniladi. U ichiladi. Mielosanga o‘xshash ko‘rsatmalar
bo‘yicha mielobromol (mitobronitol, dibrommannit) preparati ham qo‘llanadi.
Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha u mielosandan jiddiy farq qiladi. Mielosanga
chidamlilik rivojlangan holatda ham ta’sir ko‘rsatadi.
Nitrozomochevina xosilalariga karmustin va lomustin mansub. Ular bosh
miya o‘smalarida, Xodjkin xastaligi va boshqa limfomalarda samaradordir.
Nitrozomochevina hosilalarni qo‘llaganda ko‘ngil aynishi, qayt qilish, flebitlar,
- 978 -
qon xosil bo‘lishini susayishi kabi noxush ta’surotlar rivojlanadi. Gemopoezni
buzilishi preparatlarni ayniqsa, davomli qo‘llaganda kuzatiladi .
Fotemustin (myustoforan) ham nitrozomochevina xosilalariga mansubdir.
Xavfli melonomalar va bosh miyani birlamchi o‘smalarini davolashda
qo‘llaniladi.
Triazinlar va gidrazinlar guruxlaridan ham sitotoksik vositalar topilgan.
Masalan, dakarbazin, prokarbazin (natulan) va boshqalar. Dakarbazin, ayniqsa,
melanomada samarador.
Platina birikmalari ham alkillovchi vositalarga mansubdir. Ana shunday
preparatlardan biri sisplatin (platinal)dir. U faqat sis-konfiguratsiya holatidagina
faoldir.
Ushbu guruh birikmalarining o‘smalarga qarshi ta’sir mexanizmini ularni
hujayra ichiga kirgach DNK bilan ko‘ndalang bog‘lanishlar hosil qilishi tufayli
nuklein kislotalar faoliyatini buzilishi bilan tushuntiriladi. Sisplatinni tomirga
kiritiladi (ichilganda ular samarasiz). Uning ko‘p qismi qon zardobi oqsillari
bilan bog‘lanadi, gematoensefalitik to‘siqlardan preparat yomon o‘tadi qisman
buyrak orqali ajraladi. Uni asosan boshqa blastomalarga qarshi preparatlar bilan
o‘pkani mayda hujayrasiz saratonida, tuxumni xavfli o‘smasida, tuxumdonlar,
peshob xaltasi saratonlarida, bosh, bo‘yinning yassi hujayrali saratonida
endometriy saratonida, hamda limfomalarda qo‘llaniladi. Preparat kuchli
ta’sirga ega. Buyrak naychalarini jarohatlaydi, eshitishni susaytirishi mumkin,
ko‘ngil aynash, qayt qilish, leykemiya, trombotsitopeniya, asab va yurak qon
tomir sistemalarida buzilishlariga olib keladi, allergik reaksiyalar bo‘lishi
mumkin. Bu guruhga zaharliligi kamroq bo‘lgan karboplastin va platinaning
boshqa qator preparatlarni, shu jumladan, kolorektal saratonining kambinatsiyali
terapiyasida qo‘llanuvchi oksaliplatin ham mansubdir.
Alkillovchi vositalarni qo‘llanishi ular ta’sirida rivojlanadigan qon hosil
bo‘lishini keskin susayishi cheklaydi. Leykopeniya, trombotsitopeniya hamda
anemiya rivojlanadi. Ana shu o‘zgarishlarning darajasiga qarab preparatlarni
- 979 -
dozasini kamaytirish yoki ularni qo‘llanishini to‘xtatishga to‘g‘ri keladi.
Keyingi yillarda qon hosil bo‘lishini rag‘batlantirish maqsadida sitokinlarni
granulotsitar – makrofagal va granulotsitar, kolonerag‘batlantiruvchi omillar
(filgrastim, molgromostim), hamda qator interleykinlar va eritropoetin
qo‘llanmoqda.
O‘smalarga qarshi faollikka ega bo‘lgan metabolitlar va antimetabolitlar
qatorining kimyoviy -tuzilishi:
Immunitetni susayib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan infeksiyalarni oldini
olish maqsadida antibiotiklar qo‘llanadi. Xuddi shunday tadbirni boshqa
blastomalarga qarshi vositalarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarda ham
qo‘llanadi.Preparatlarni tomirga kiritganda ba’zan ularni mahalliy ta’sirlovchi
xususiyati tufayli tromboflebitlar rivolanishi mumkin. Ko‘pgina blastomalarga
qarshi vositalarni qo‘llash ko‘pincha ko‘ngil aynish, ba’zan qayt qilish bilan
kechadi. Kamroq diareya kuzatiladi. Ushbu holatlardan qayt qilishga qarshi
vosita sifatida serotonin 5-NT
3
- retseptorlarning antogonistlari (ondonsetron,
tropisetron) hamda dofamin D
2
- retseptorlarining blokatorlari (metorlopramid,
etaperazin va boshqalar) ni qo‘llashadi. Amenoreya
,
jinsiy ojizlik rivojlanishi
mumkin. Qator bemorlarda soch to‘kilishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |