O’quv darslik


ARITMIYAGA QARSHI FAOLLIKKA EGA TURLI VOSITALAR



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

ARITMIYAGA QARSHI FAOLLIKKA EGA TURLI VOSITALAR 
Yurak qisqarishi ritmining ko’plab buzilishlarida, ayniqsa qon 
plazmasidagi kaliy ionlari kamayishi bilan bog‘liq buzilishlarda (masalan, bir 
necha diuretiklar qo’llanganda) va miokardda (yurak glikozidlari miqdori 
oshganda)kaliy xlorid samarali natija beradi. Kaliy ionlari astetilxolinga o’xshab 
yurakka ta’sir qiladi yoki adashgan nervlarga ta’sirlovchi ta’sir ko’rsatadi. Ular 
yurak 
qisqarishi 
ritmini 
kamayishi, 
qisqaruvchanlikni 
kamaytiradi, 
o’tkazuvchanlikni, avtomatizmni, miokard qo’zg‘aluvchanligini falajlaydi. Kaliy 
ionlarini kardiotrop ta’sirini atropin bartaray qilolmaydi. Kaliy ionlarining kichik 
konstentrastiyasida yurak qon tomirlarini kengaytiradi, yuqori dozada ularni


- 409 -
toraytiradi. Oshqozon-ichak traktidan kaliy ionlari tez va to’liq so’riladi. Buyrak 
orqali chiqib ketadi. Kaliy xlorid eritmalari ichishga va vena ichiga yuboriladi.
Miqdori oshganda paresteziya paydo bo’ladi, dispeptik buzilishlar, bo’lmacha-
qorincha o’tkazuvchanligi falajlanib, to’liq bloklanadi, buyrak faoliyati buziladi. 
Kaliy bir qator kombinirlangan preparatlar tarkibiga kiritiladi; masalan 
“Asparkam”, panangin tabletkasi kaliy xlorid. Oxirgisi kaliy xlorid, glyukoza va 
insulindan iborat . Polyarizuyushiy aralashmalar miokard infarktida aritmiyani 
bartaraf qilish uchun, ektopik aritmiyani, yurak qisqarishi ritmi buzilishida va 
yurak glikozidlari miqdori oshganda kelib chiqadigan aritmiyalarni bartaraf qilish 
uchun qo’llaniladi. 
Aritmiyaga qarshi faollikka ega magniy preparatlari ham kiradi (magniy 
sulfat, magniy xlorid, magniy orotat, magniy asparaginat). Ular ayniqsa 
gipomagniemiyada samarali ta’sirga ega. Magniy sulfatyurak glikozidlari bilan 
zahrlanganda vena ichiga yuboriladi, multiformali qorinchalar taxikardiyasida 
qo’llaniladi. 
Ba’zi bir aritmiyalarda shuningdek yurak glikozidlaridan ham foydalaniladi 
(angishvonagul preparatlaridan). Ularni qo’llashga asosiy ko’rsatma - 
supraventikulyar taxiaritmiya (paroksizmal taxikardiya, hilpillovchi va bo’lmacha 
titrog‘ida) qo’llaniladi. 
Bu preparatlarning aritmiyaga qarshi ta’sir mexanizmi bir qator 
komponentlarni o’z ichiga oladi. Yurak glikozidlari ta’siri ostida qorincha ritmi 
sekinlashishi, yuqori chastotali yurak bo’lmachasi qisqarishini falajlanishi va 
bo’lmacha-qorincha tugunini o’tkazuvchanligi, samarali refrakter davrini 
uzayishi kuzatiladi 
Yurak glikozidlarini bo’lmachalar titrog‘idagi yuqori samarali ta’siri, 
adashgan nervni tonusini oshirib, yurak bo’lmachasini samarali refrakter davrini 
qisqarishiga olib keladi. Bu yurak bo’lmacha titrog‘ini bo’lmacha hilpilashiga 
olib keladi (yuqori chastotali qisqarish, titroqqa qaraganda). Samarali refrakter 
davri oshishi fonida, bo’lmacha tugunidan qorincha tuguniga impulslar o’tishi 


- 410 -
yana ham murakkablashadi. 
Yurak etishmovchiligida yurak klikozidlari ta’siri ostida ritmning buzilishi 
asosan adashgan nervlar tonusi oshishi, qon aylanishini normallashishi, 
kardiotezlatuvchi reflekslarni bartaraf qiladi, simpatik nervlarni efferent 
yo’llardan kelishini kamaytirishiga asoslanadi. 
Aritmiyaga qarshi faollikka shuningdek adenozin ham ega. Kimyoviy 
tuzilishiga ko’ra adenozin organizmdagi nukleoizdlarga kiritiladi, organizm 
hujayralarida hosil bo’ladigan (AMF, ADF, ATF). Purinergik nervlar 
mediatori/modulyatori hisoblanadi; lokal gormon vazifasini bajarilishi mumkin. 
Adenozin resteptorlarga o’zaro ta’sir qiladi (A

–A
4
), shu asosda ularni agonisti 
hisobida shu asosda G oqsillar orqali adenilatstiklazani oshiradi yoki kamaytiradi.
Ko’plab to’qimalarga shu jumladan silliq mushaklarga va nerv hujayralariga ta’sir 
ko’rsatadi. Adenozin atrioventikulyar o’tkazuvchanlikni pasaytiradi (A
1
), yurak 
toj tomirlarini kengaytiradi (A
2
), miokard qisqaruvchanligini pasaytiradi (A
1
),
trombostitlar agregastiyasini pasaytiradi (A
2
). Bronxiolalar tonusini oshirishi 
mumkin (A
1
). Semiz hujayralarni (A
3
) resteptorlarini qo’zg‘atib, biologik aktiv 
moddalarni ajralishiga olib keladi. MNS ga tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. 
Adenozin antagonisti bo’lib metilksantin hisoblanadi (teofillin, kofein), adenozin 
resteptorlarini blokatorlari (A

–A
2
). Dipiridamol adenozinni to’qimalarda 
ingibirlab, ta’sirini oshiradi. Adenozin supraventikulyar taxiaritmiyada
qo’llaniladi. Uning ta’siri atrioventikulyar o’tkazuvchanlikni pasaytirishi bilan 
asoslangan. Adenozin qisqa vaqt ta’sir qiladi; t
1/2 
-10s. Vena chichga yuboriladi. 
Nojuya ta’sirlaridan yuz terisini ыizarishi kuzatiladi, nafas olish buzilishi, qisqa 
vaqtli atrioventrikulyar blok kuzatiladi.
Ko’rinib turibdiki aritmiyaga qarshi vositalarni qo’llashdan tashqari 
aritmiya sababini aniqlash va agar shoshilinch ko’rsatmalar yo’q bo’lsa, sababni 
davolashga kirishish kerak (masalan revmatizmda – revmatizmga qarshi vositalar 
bilan). 


- 411 -
Nomlanishi 
Kattalar va bolalar uchun 
o’rtacha terapevtik miqdor; 
yuborish yo’llari.
Chiqarilish shakli 



Xinidin sulfat - 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish