Organik nitratlar Nitroglisterin Sustak Trinitrolong Erinit
Nigrosorbid Ieosorbida mononitrat
L-turdagi kalstiy kanallarini falajlovchi moddalar Verapamil
Diltiazem Nifedipin Kaliy kanallarini faollashtiruvchi moddalar
Nikorandil Turli xil moddalar Amiodaron
v-Adrenoblokatorlar
Toj tomirlarni kengaytiruvchi
moddalar
Anaprilin
Miotrop ta’sirga ega bulgan
- 415 -
moddalar
Talinolol
Dipiridamol
Atenolol
Metoprolol
Bradikardiyada kullaniluvchi
moddalar
Rreflektor ta’sir kiluvchi
moddalar
Ivabradin
Koronarospazmni bartaraf
kiluvchi moddalar
Alinidin
Validol
Falipamil
Shuni e’tiborga olish kerakki, stenokardiyani farmakoterapiyasi kompleks
xarakterga ega. Shuning uchun ko’rsatilgan antianginal preparatlardan tashqari,
turli xil ta’sir qilish yo’nalishiga ega bo’lgan moddalar xam ko’llaniladi. Bu
patologiyalarda quyidagi dori moddalari guruxidan foydalaniladi.
•
Miokardni kislorodga bo’lgan talabi bilan kislorodni etkazib berilishi
o’rtasidagi balansni buzilganligini meyorlashtiruvchi moddalar
•
Kardioprotektor moddalar.
•
Tromb xosil bo’lishiga to’skinlik qiluvchi moddalar
•
Gipolipidemik moddalar .
•
Psixotrop moddalar
Miokardni kislorodga bo’lgan talabini kamaytiruvchi va qon aylanishini
yaxshilovchi dori vositalar
Bu gurux moddalar organik nitratlarni, kalstiy kanallarini falajlovchi, kaliy
kanallarini faollashtiruvchi va amiodaroni o’z ichiga oladi.
a) Organik nitratlar
Stenokardiyani davolash uchun tarkibida nitroglisterin tutuvchi turli xil
preparatlar kiradi.
Nitroglisterin nitratlar guruxini asosiy vakili xisoblanadi (nitrat kislota efiri
va glisterindan iborat). Uning davolovchi ta’sir qilish mexanizmi bir nechta
komponentlardan iborat. Uzoq vaqt, nitroglisterinni koronar qon aylanishini
oshirish ta’siri miotrop ta’sirga bog‘lik deb xisoblashgan. Lekin, stenokardiyasi
bor bemorlarga koronar sinusni kateterizastiya qilib, til ostiga nitroglisterin
qo’yilganda koronar qon aylanish oshmagan, ammo yirik tomirlar kengaygan.
- 416 -
Shu bilan birga, chap koronar arteriyaga nitroglisterin yuborilganda, bemorlarda
koronar sinusda kon aylanishni oshirgan, lekin stenokardiya xurujini bartaraf
etmagan.
Nitroglisterinni vena ichiga yuborilganda kerakli natija kuzatilgan. Olingan
natijaga ko’ra, nitroglisterinni antianginal effekti ekstrakardial ta’siriga bog‘liq.
Stenokardiya xurujini bartaraf qilishini asosiy sababi, venoz va arterial bosimni
kamayishi, va shunga mos ravishda yurakga kelayotgan venoz qon xajmini,
periferik tomirlar qarshiligini kamayishi bilan tushintiriladi. Bu esa o’z navbatida
yurak ishini, miokardni kislorodga bo’lgan talabini kamaytirishga sabab bo’ladi.
Bunday sharoitda qon aylanish darajasi va oksigenastiya adekvat bo’lib,
gipoksiya xolati bartaraf etiladi.
Tomirlarni nitroglisteringa sezuvchanligiga ko’ra, quydagi tartibda bo’ladi:
venalar >arteriyalar>arteriolalar va kapillyar sfinkterlari.
Tomirlarni silliq muskulini relaksastiya qilish mexanizmi, nitroglisterinni
endotelial relaksastiyalovchi faktor (NO) ga o’xshash. Organizmda
nitroglisterindan (va boshqa nitratlardan) azot oksidi ajralib chiqadi, undan esa S-
nitrozotiollar xosil bo’ladi. Bu birikmalar eruvchan stitozol guanilatstiklazani
faollashtiradi. Natijada erkin stitozol Ca
2
+ ionlarini kamayishiga, bu esa tomirlar
silliq muskulini relaksastiyasiga olib keladi.
Nitroglisterin
miokardni
ishemiya
bo’lgan
qismida
qon
bilan
ta’minlanishini oshiradi. Bu esa bir qancha effektlar natijasida yuzaga keladi.
Rasm. 14.7. Endoteliy resteptorlarini stimullovchi ba’zi bir vazodilatatorlarni va
NO donatorlarining ta’sir qilish mexanizmi.
Nitroglisterinni qo’llanilganda, ayniqsa dozasi oshganda arterial bosimni keskin
tushib ketishi va kollaps kuzatilishi mumkin. Nitroglisterinni uzoq vaqt
tanafussiz qo’llanilganda o’rganib qolish kelib chiqadi (masalan, vena ichiga
yuborilganda o’rganib qolish 24 soat ichida kelib chiqadi). Preparatni davriy
qo’llanilganda bu praktik axamiyatga ega emas.
- 417 -
Tez va qisqa vaqt ta’sir qiluvchi nitroglisterin stenokardiya xurujini bartaraf
qilish uchun buyuriladi.Preparat tabletkasini yoki kapsulasini til ostiga, yoki
spirtli eritmasidan 1-2 tomchi qand bo’lagiga tomizilib til ostiga qo’yiladi.
Nitroglisterin tez so’rilib stenokardiya xurujini bartaraf etadi. Effekti 30 minut
davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |