O’quv darslik


TOJ TOMIRLAR YETISHMOVCHILIGIDA



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

TOJ TOMIRLAR YETISHMOVCHILIGIDA 
ISHLATILADIGAN VOSITALAR 
Koronar etishmovchiligi bilan bog‘lik bo’lgan patologik xolatni 
umumlashtirgan atama yurakni ishemik kasalligidir. Yurakni ishemik kasalligiga 
stenokardiya, (ko’krak siqilishi) va miokard infarkti kiradi. Bu bo’limda asosiy 
diqqat stenokardiyani farmakoterapiyasiga bagishlanadi.
STENOKARDIYANI DAVOLASHDA QO’LLANILADIGAN MODDALAR 
(ANTIANGINAL MODDALAR)
Koronar etishmovchilik, va stenokardiya yurakni kislordga bo’lgan talabi va 
uning kon bilan taminlanishi o’rtasidagi mos kelmaslik natijasida kelib chiqadi. 
Shu erdan moddalarni ikkita asosiy ta’sir qilish prinsipi kelib chiqadi. Ular yurak 
ishini pasaytirishi tufayli kislorodga bo’lgan talabini pasaytiradi, yoki yurakda


- 413 -
qon aylanishni yaxshilashi kerak. 
Yurak urishini sekinlashi va mos ravishda kislorodga bo’lgan talabini kamaytirish 
turli yo’llar orqali amalga oshirish mumkin. Yurakga bo’lgan nagruzkani 
sistemali venoz va arterial bosimni tushirish orqali amalga oshirish mumkin (bu 
nitroglisterinni asosiy ta’sir kilish mexanizmidir). Venoz bosimni tushishi, 
yurakga qaytayotgan qon xajmini kamayishiga olib keladi (prednagruzka 
kamayadi), bu esa mos ravishda yurak ulchami, yurak zarbini kamaytiradi. 
Arterial bosimni, umumiy periferik kon tomirlar karshilikni kamayishi tufayli 
pasayishi, qon oqimi qarshiligini kamayishiga, va yurakga bo’lgan post 
nagruzkani kamayishiga olib keladi. Pred- va post- nagruzkani kamayishi, 
miokard devori zo’riqishini kamaytiradi.
Bularning hammasi miokardni kislordga bo’lgan talabini kamaytiradi. Bu 
xolat v-adrenoblokatorlar va kalsiy kanalini falajlovchi moddalar qo’llanilganda 
xam yuzaga kelishi mumkin. Yurakni kislorodga bo’lgan talabini, yurak 
qisqarishlar sonini kamaytirish yo’li bilan xam erishish mumkin (bradikardiya 
chaqiruvchi preparatlar orqali).
Tablitsa Yurakni kislorodga bo’lgan talabini va kislorodni yetkazib berilishini 
aniqlovchi faktorlar 
O

ga bo’lgan talab 
O
2
yetkazib berilishi 
Diastolik bosim (prednagruzka) Sistolik 
bosim (postnagruzka) Miokard devorini 
zo’riqishi Yurak qorinchalari xajmi 
Yurak (radiusi) bo’yicha o’lchami
Qorincha bosimi Yurak qisqarishlar 
tezligi Qiskaruvchanlik 
Qondan O
2
ajralishi (%) Koronar qon 
aylanish Aortadagi diastolik bosim 
Arteriolalarga 
bo’lgan 
qarshilik 
Metabolik autoregulyastiya (adenozin 
Endokardial-epikardial 
Korona qon 
aylanish) kollateral qon aylanish yirik 
koronar arteriyalar diametri 
Koronar qon aylanishni va miokardni oksigenastiyasini koronar tomirlarni 


- 414 -
kengaytirish yo’li bilan amalga oshirish mumkin. Odatda bu xolat moddalarni 
tomirlar silliq muskuliga tug‘ridan tug‘ri ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Shunday ta’sir qilish turiga, silliq mushak xujayralari ichiga kalsiy ionlari 
kirishini susaytiruvchi moddalar (verapamil) kiradi. Bundan tashqari antianginal
preparatlar, miokarda koronar tomirlarni kengaytiruvchi endogen moddalarni 
(masalan, adenozin) to’planishiga olib keladi.
Dipiridamol shunday tipda ta’sir kiladi. Shu bilan bir qatorda ba’zi 
preparatlar, reflektor ravishda koronar tomirlar spazmini (validol) bartaraf kiladi.
Koronar tomirlar spazmini, markaziy, tomirlarni toraytiruvchi reflekslarni 
susaytirish orqali xam amalga oshirish mumkin (nitroglisterin va morfin, 
markaziy reflekslarni falajlaydi).
Koronar qon aylanishni oshiruvchi asosiy omillariga, yurak qorinchalar 
devorini diastolik zo’riqishini kamaytirish kiradi. Yurak tomirlarini kengayishi 
ikkilamchi, ya’ni moddalar almashinuvi jarayoniga bog‘lik bo’lishi xam
mumkin. Aniklanganki, koronar tomirlarni kengayishi, miokardni kislorodga 
bo’lgan extiyoji oshganda, masalan, eufillin yuborilganda kuzatiladi. Yurakning 
kollaterial qon aylanishini oshirish, stenokardiyada qo’llaniluvchi preparatlar 
uchun kerakli bo’lgan xususiyat xisoblanadi.
Keltirilgan prinstipga ko’ra antianginal moddalar guruxining tasniflanishi 
quyidagicha asoslangan 
Miokardni kislorodga bulgan 
extiyojini kamaytiruvchi moddalar 
Miokardga kislorod etib borishini 
oshiruvchi moddalar 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish