N-xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi vositalar.
N-xolinomimetiklar
Ushbu guruhga quyidagi alkaloidlar mansub
nikotin, lobelin
va ts
itizin
kiradi.Bu guruh dori vositalarini n-xolinoretseptorlarga bo’lgan ta’siri 2
bosqichli bo’lib, avval qo’zg’atadilar,keyin esa falajlaydilar.
Nikotin
- tamaki bargi (Nicotiana tabacum, Nicotiana rustica) alkaloidi bo’lib,
piridin metil pirrolidin hosilasi hisoblanadi.Zaxarli bo’lgani uchun tibbiyotda
qo’llanilmaydi.Eksperimental
farmakalogiyada
dori
vositalarini
ta’sir
mexanizmini o’rganishda qo’llaniladi. Bundan tashqari, tamaki chekish keng
tarqalganligi sababli nikotinni farmakodinamikasi va farmakokinetikasini
o’rganish katta ahamiyatga ega. Nikotin ham periferik ham markaziy
xolinoretseptorlarga ta’sir etadi. Ayniqsa, unga vegitativ gangliylardagi N-
xolinoretseptorlar sezgirdirlar, bunda nikotin 2 ta fazali ta’sir ko’rsatadi. 1-faza
(qo’zg’alish) ganglionar neyronlar membranalarining depolyarizatsiyasi bilan
xarakterlansa, 2-faza (tormozlanish) atsetilxolinga nisbatan raqobatli antagonist
sifatida belgilanadi. Nikotin atsetilxolinning sinteziga, ajralib chiqishiga va
gidrolizlanishiga
ta’sir
qilmaydi.
Nikotin
sinakarotit
sohaning
xemoretseptorlariga
stimullovchi
ta’sir
qilib
nafas
va
tomirlarni
harakatlantiruvchi markazlarni reflektor qo’zg’atadi. Tormozlanish fazasi qonda
nikotin katta konsentratsiyada yig’ilganida vujudga keladi. Kichik dozalarda
nikotin buyrak usti bezi xromaffin hujayralarini N-xolinoretseptorlarini
qo’zg’atadi shu sababli adrenalinni ajralishini ko’paytiradi, katta dozalarda-
teskari ta’sir ko’rsatadi. Vegitativ gangliyalarga ta’sir qiluvchi dozaning oshib
- 248 -
ketishi ta’sirining boshlanishida nerv-mushak o’tkazuvchanligini osonlashtiradi,
so’ngra susaytiradi.
Markaziy nerv sistemasiga nikotin juda sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bunda ham 2
ta fazali ta’sir namoyon bo’ladi: uni kichik dozalarda ishlatilganda qo’zg’alish
ustun kelsa, katta dozalarda- tormozlanish. Bosh miya po’stlog’iga nikotinning
ta’siri tufayli subyektiv holatni yaqqol o’zgartiradi. Nikotin nafas markazini
kuchli qo’zg’atadi (katta dozalarda uni tormozlaydi). Katta dozalarda nikotin
tirishishni keltirib chiqiradi.
Nikotinni antidiuretik ta’siri uning markaziy ta’siri bilan bog’lanadi (Gipofizni
orqa bo’lagidan antidiuretik gormon ajralishi kuchayadi). Nikotinni xar xil
organlarga va sistemalarga ta’siri uning ham periferik ham markaziy ta’siriga
bog’liq.
Yurakning qisqarishlar chastotasi boshida sekinlashadi (adashgan nerv markazi
va intramural parasimpatik gangliyalarning qo’zg’alishi) so’ngra tezlashadi
(moddaning simpatik gangliyalarga ta’siri va buyrak usti bezi mag’iz qavatidan
adrenalinning ajralishi).
Kichik dozalarda nikotin arterial bosimni oshiradi. Bu preparatning simpatik
gangliyalarni va tomir harakatlantiruvchi markazning qo’zg’alishi, adrenalin
ajralishining kuchayishi va to’g’ridan-to’g’ri miotrop tomirlarni qisqartirish
ta’siri bilan bog’liq.
Nikotin ta’sirida ko’pincha ko’ngil aynish (markaziy), qusish kuzatilishi
mumkin. Ichak motorikasi kuchayadi. Katta dozalarda nikotin ichak tonusini
pasaytiradi. So’lak va bronxial bezlarning secretor funksiyasi avval kuchayadi,
so’ngra tormozlanish fazasiga o’tadi. Sekinlik bilan nikotinga o’rganish paydo
bo’ladi.
Nikotin shilliq qavat va terida yaxshi so’riladi. Uning katta miqdori asosan
jigarda, shuningdek o’pka va buyraklarda biotransformatsiyaga uchraydi.
Nikotin va uning hosilalari 10-15 soat mobaynida siydikdan ajraladi. Emizish
davrida nikotin sut bezlari orqali chiqariladi.
- 249 -
Nikotindan o’tkir zaxarlanishdagi persalivatsiya, ko’ngilaynishi, qusish,
diareya kuzatiladi. Bradikardiya taxikardiya bilan almashinadi. Arterial bosim
ko’tarilgan, nafas olish yetishmovchiligi yo’qolishiga almashinadi. Dastlab
qorachig’lar torayadi, keyin kengayadi. Ko’rishning, eshitishning pasayishi,
shuningdek tirishishlar kuzatiladi. Beriladigan yordam asosini nafas olishni
taminlashdan iborat, chunki nafas markazining falajlanishida o’lim kuzatilishi
mumkin. Nikotin organizmdan batamom chiqib ketgunga qadar sun’iy nafas
oldirishni davom ettirishi lozim.
Nikotindan surunkali zaxarlanish tamaki chekish bilan bog’liq. Shuni esda
tutish lozimki, tamaki tutuni bilan nikotindan tashqari boshqa zaxarli moddalar –
fenol, uglerod oksid, sinil kislota ajraladi. Tamaki tutunida radiaktiv
moddalarning izlari va benzpiner borligi aniqlangan, ular esa kanserogen modda
xisoblanadi. Surunkali zaxarlanishning simptomotikasi xar xil bo’lishi mumkin.
Nafas yo’llari shilliq pardalari yallig’lanish xolatlari bo’ladi, gipersalivatsiya
kuzatiladi. Oshqozon shirasining kislotaligi kamayadi. Yo’g’on ichak motorikasi
kuchayadi.
Qon aylanish sistemasidagi o’zgarishlar – arterial bosim ko’tarilshi va
yurak qisqarishlar ritmining tezlashishlaridan tashqari, ekstrasistoliya,
paroksizmal taxikardiya bo’lishi mumkin. Nikotin stenokardiya xurujlarini
keltirib chiqarishga sabab bo’ladi, bazida so’rishni pasaytiradi. Oliy nerv
faoliyati tomonidan jiddiy o’zgarishlar kuzatiladi.
Tamaki chekish sog’liqqa katta zarar keltiradi. U yurak ishemik
kasalliklari, o’pka rakni, surunkali bronxit emfizemasi va boshqa kasalliklarni
keltirib chiqaradi. Chekishning oqibatida shaxsning barvaqt o’limi va
invalidlanishi kuzatiladi.
N – xolinomimitiklardan bazilarining kimyoviy tuzulishi
O’simliklardan olingan preparatlar ( alkaloidlar)
Uchlamchi aminlar
- 250 -
Ikkilamchi amin
N- xolinomimetiklardan dori modda sifatida lobelin va sitizin ishlatiladi, ular
reflaktor ta’sir qiluvchi nafas analeptiklari xisoblanadilar.
Lobelin – Lobelia inflate o’simligi tarkibidagi alkaloiddir. Kimyoviy tuzilishi
bo’yicha uchlamchi aminlarga mansubdir. Preparat karotid koptokchalar
retseptorlariga xolinomimetik ta’sir ko’rsatib, reflektor tarzda nafas markazini
qo’zg’atadi ( uzunchoq miyada joylashgan boshqa markazlarni ham). Avval,
qisqa muddatga arterial bosimni pasaytiradi ( markazlarni va adashgan nerv
gangliyalarni aktivlaydi), so’ngra uni ko’taradi ( asosan simpatik gangliyalar
va buyrak usti bezi mag’iz moddasiga stimullovchi tasir tufayli). Kuchli
ifodalangan nafasning qo’zg’alishi nafasning qo’zg’alishi rakitnik (Cytisus
labumum) va termopsis ( Thermopsis lanceolata) o’simliklari tarkibida
saqlanuvchi alkaloidlar sitizin qo’llanilganda namayon bo’ladi. Kimyoviy
tuzulishi bo’yicha sitizin ikkilamchi aminlar guruxiga kiradi. Uning ta’siri N-
xolinoretseptorlarning stimulyatsiyasiga bog’liq bo’lib, lobelinga o’xshaydi.
Katta konsentratsiyalarda bu alkaloidlar N-xolinoreseptorlarni falajlaydi.
Sitizinning 0.15% li eritmasi Sititon nomi bilan chiqariladi.
Ikkala preparat ham nafasni stimullash uchun qo’llaniladi ( agar nafas
markazining reflektor qo’zg’aluvchanligi saqlangan bo’lsa ). Vena ichiga
yuboriladi. Ta’sir davomiyligi juda qisqa. Bundan tashqari, bu ikki alkaloid
chekishga bo’lgan xumorlikni chalg’itish maqsadida beriladigan preparatlarning
Nikotin
Lobelin gidrohilarid
Sitozin
- 251 -
asosiy konponentidir ( sitizin “Tabeks”, lobelin esa “Lobesil” tabletkalari
tarkibida bo’ladi ).
Nikotinga sezgir xolinoretseptorlarni falajlovchi vositalar .
Ushbu guruxga ganglioblokatorlar, nerv – mushak sinapslarini falajlovchi
va ayrim markaziy ta’sir etuvchi xolinoblokatorlar mansub.
a)
Vegetativ gangliyalarda qo’zg’alish o’tishini bloklovchi vositalar
(ganglioblokatorlar).
Ganglioblokator vositalar simpatik va parasimpatik gangliyalarni,
shuningdek buyrak usti bezi mag’iz moddasi hujayralari va karotid
koptokchalari N- xolinoretseptorlarini falajlaydi.
Kimyoviy tuzilishi bo’yicha ganglioblokatorlar quyidagi guruhlarga
bo’linadi:
1.
Bis - to’rtlamchi ammoniyli birikmalar - benzogeksoniy, pentamin,
gigroniy.
2.
Uchlanchi aminlar – pirilen, paxikarpin gidroyodid.
Bazi ganglioblokator vositalarining kimyoviy strukturasi
Bis – to’rtlamchi ammoniyli birikmalar
Benzogeksoniy
Pentamin
Gigroniy
- 252 -
Uchlamchi amin
Pirilen
Tibbiyot amaliyotida qo’llaniladigan ganglioblokatorlar ta’sir mexanizmi
bo’yicha antidepolyarizatsiyalovchi moddalar hisoblanadi. Shunday ma’lumotlar
borki, bir qator gangliobokatorlar (geksoniy, pirilen) n-xolinoretseptorlarni
emas, baki ochiq ion kanallarini bloklaydi. Shu bilan birga ba’zi
ganglioblokatorlar (masalan afronad) n-xolinoretseptorlarni bloklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |