- 264 -
Javob: Bemorga N – xolinomimetik ( lobelin gidroxlorid yokisititon)
yuborilgan. Asoratlarni vujudga kelishiga sabab
qayt qilish markazining
qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq. Agarda subaxolin yuborilganda bunday asoratlar
kuzatilmas edi.
2
. Arterial bosimi yuqori bo‘lgan bemorga gipotenziv vositalar
yuborilgan.
Arterial bosim pasayib, bemorning axvoli yaxshilangan. Bemor
o‘rnidan turishi bilan rangi o‘chgan, boshi aylanib xushidan ketgan. Uni yotqizib
qo‘yilgandan so‘ng yuqoridagi asoratlar yo‘qolgan. Bemorga qanday prepart
berilgan? Xushidan ketish sababi nimada?
Javob: Bemorga ganglioblokator yuborilgan. Unda ortostatik kollaps ro‘y
bergan. Qonnnig noto‘gri taqsimlanishi natijasida miya qonsizlanib qolgan.
Yangi pedagogik texnologiyalar:
«QORA QUTI» USULINI QO‘LLASH
Bu usul har bir talabaning faol ishtirok etishiga va o‘qituvchining butun
guruh bilan ishlashiga mo‘ljallangan. Har bir talaba “qora quti” dan noma’lum
preparatni va preparat to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berilgan kartochkani oladi.
Talabalar bu preparatni topishlari va o‘z javoblarini to‘liq
asoslab berishlari
lozim. Har bir javob uchun talabaga 3 daqiqa beriladi. Shundan so‘ng javoblar
muhokama qilinadi. Usul oxirida o‘qituvchi javoblarning qanchalik to‘g‘riligini
izohlaydi va talabalarning faolligini baxolaydi. Bu usul talabaning nutqini va
klinik fikrlashini rivojlanishiga yordam beradi. CHunki bu usulda talaba o‘z
fikrini himoya
qilishga, guruhdoshlarining javoblarini tahlil qilishga o‘rganadi.
Annotatsiya variantlari:
1. Moddalar guruhini aniqlang: AB ni tushiradi, pastki tana oxirlarida qon
aylanishini
yaxshilaydi, N-xr ni susaytiradi, M-xr ga ta’sir ko‘rsatadi. AB ni
tushirish uchun, endarteritda, oshqozon va 12
barmoqli ichak yarasida
- 265 -
qo‘llaniladi. Nojo‘ya ta’sirlari:me’da-ichak trakti motorikasini susayishi,
ortastatik gipotoniya, akkomadatsiya buzilishi (ganglioblokatorlar)
2. Moddani aniqlang: skelet mushaklarini bo‘shashtirish uchun qo‘llaniladi.
Nerv-mushak o‘tkazilishini falajlaydi,
apnoeni tez chaqiradi, ta’sir davomiyligi
20-40 min. Nojo‘ya ta’sirlari: AB ni tushiradi, bronxospazm.
Antixolinesteraz
moddalar antogonist hisoblanadi. (tubukuronin)
3. Preparatni aniqlang: xirurgik operatsiyalar paytida ko‘ndalang-targ‘il
mushaklarni bo‘shashtirish uchun qo‘llaniladi. Nerv-mushak o‘tkazilishini
buzadi. Ta’sir davomiyligi 5-10 min. Antixolinesteraz vositalar uning ta’sirini
kuchaytiradi. Nojo‘ya ta’sirlari: narkozdan keyingi davrda mushakda og‘riqlar,
yurak qisqarishlari ritmining buzilishi ( ditilin )
4. Moddalar guruhini aniqlang: nerv-mushak o‘tkazilishini falajlaydi. Efir
shu moddalarning ta’sirini kuchaytiridi, prozerin – susaytiradi. (
antidepolyarizatsiya ta’siriga ega bo‘lgan miorelaksantlar) .
Do'stlaringiz bilan baham: