o’tkazish hisobiga ham to’ldirib boriladi.
Harbiy -tibbiy ekspertiza vazifalariga: 1. harbiy xizmatga yaroqli soglom
kishilarni tanlab olish; 2. tibbiy nazoratdan o’tkazilayotgan kishilarning armiya
sha-roitida jangovarlik va mehnat qobiliyatini to’gri aniqlash:; 3. tekshiruv chogida
harbiy xizmatga qisman yaroqli deb topilgan kishilarni armiyada salomatligi imkon
beradigan xizmatga tavsiya etish va 4. vaqti-vaqti bilan salomatligi to’gri
kelmaganligi tufayli harakatdagi armiyada xizmat qilishga yaroksiz deb topilgan
kishilarni tibbiy nazoratdan o’tkazish kiradi.
Mamlakat
mudofaa vazirligi, bosh harbiy tibbiy boshqarmasi boshligi,
barcha tibbiy xizmat, shu jumladan harbiy-tibbiy ekspertiza tarkibida markaziy
harbiy-tibbiy komissiya mavjud. Komissiya harbiy xizmatchilar, xizmatga
chaqiriluvchilar bilan boglik muammolar, harbiy tibbiy ekspertiza xizmatini tashkil
etish, harbiy-tibbiy ekspertiza jamoalari ishini
nazorat etish va boshkarish
vazifalari bilan shugullanadi.
Shtat bo’yicha okruglar, gospitallar va garnizonlarda harbiy-tibbiy
komissiyalar, nohiyalarda esa harbiy komissarliklar qoshida tibbiy komissiyalar
tashkil etiladi.
Okrug harbiy-tibbiy komissiyasi okrugdagi oliy ekspertiza mahkamasi
hisoblanadi.
Qomissiyaga
okrugdagi
harbiy
xizmatchilar
va
xizmatga
chaqiriluvchilarni tibbiy nazoratdan o’tkazuvchi barcha harbiy-tibbiy komissiyalar
bo’ysunadilar. Gospital harbiy-tibbiy komissiyasi gospitallarda tashkil etilib, uning
vazifasi davolanayotgan harbiy xizmatchilarni ekspertiza qilish va gospitaldagi
davolash ishlari samarasini tahlil etishdan iborat.
Garnizonlarda tashkil etiladigan harbiy
tibbiy ekspertiza garnizon
poliklinikasi yoki garnizon qismlaridan birida tashkil etiladi. Komissiya
garnizondagi harbiy xizmatchilar, kasallik va jarohat tufayli vaqtincha xizmatdan
bo’shatilganlarni harbiy-tibbiy nazoratdan o’tkazadi. Nohiyalardagi tibbiy
komissiya shu nohiyadagi yarador bo’lib yoki kasallanib,
vaqtincha xnzmatdan
bo’shab kelganlar va armiya safiga chaqiriluvchilarni tibbiy nazoratdan o’tkazadi.
Harbiy xizmatga chaqiruv joylarida tibbiy nazoratdan o’tkazish.
«Umumharbiy javobgarlik qonun»ga ko’ra nohiya va shahar harbiy
komissarliklarida armiyaga chaqiruv paytlarida nohiya va shahar tibbiy
komissiyalari tuziladi. Bu komissiya: 1. xizmatga chaqiriluvchilarni tibbiy
nazoratdan o’tkazish; 2. kasallik tufayli vaq-tincha harbiy xizmatdan qoldirish; 3.
jismoniy kamchiliklar vakasallik tufayli harbiy xizmatdan ozod qilish bilan
shugullanadi. Tibbiy nazorat nohiya va shahar chaqiruv komissiyalari shifokorlari
va ana shu shifokorlar nazorati ostida taklif etilgan
shifokor-mutaxassislar
tomonidan o’tkaziladi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan komissiyalardan tashqari, markaziy xarbiy
uchuvchilar komissiyasi, Qurolli kuchlar turlari bo’yicha harbiy-tibbiy komissiya,
okrug va flot komissiyalari mavjud. Ulug Vatan urushi yillari front ko’chirish
punktining komissiyasi mavjud bo’lib, u ka’lum bir front ichida ekspertiza ishlariii
boshqarib turgan. Bundan tashqari evakuastiya punktlarida harbiy-tibbiy
komissiyasi bo’lib, u dala evakuastiya punktida harbiy-tibbiy ekspertiza o’tkazish
bilan shugullangan.
Sanab o’tilgan barcha harbiy-tibbiy va tibbiy komissiyalar tekshiruvdan
o’tayotganlarda kuyidagi xulosalar berishi mumkin:
— harbiy xizmatga yaroqlilik haqida;
— harakatda bo’lmagan qo’shknlarda xizmat qilishga yaroqlilik haqida;
— harbiy xizmatga cheklangan yaroqlilik haqida;
- soldat va serjantlarning qismda dam olishi yoki tuzalayotgan bemorlar
bataloniga o’tkazish haqida:
- jarohat yoki kasallanksh tufayli, vaqtincha xizmatdan bo’shatish haqida;
— harbiy hisobdan chiqarish yoki qayta komissiyadan o’tkazish sharti bilan
harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida;
— davo tadbirlari o’tkazish lozimligi haqida;
-
vatanni himoya qilish, harbiy xizmatni o’tash, baxtsiz hodisalar oqibatida
jaroxatlanib, salomatlikni yo’kotish yoki frontda va xizmatni o’tash paytida
kasallanish haqida ekspertiza xulosalari beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: