Harbiy sharoitda terapevtik yordam. Harbiy dala sharoiti haqida umumiy tushuncha. Harbiy sharoitda yaradorlarga terapevtik yordam ko’rsatish tartibi va bosqichlari. Terapevtik yordamga muxtoj bo’lgan bemorlarni asosiy kontingenti


TERAPIYAGA OID BEMOR VA YARADORLARNI



Download 442,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana27.03.2022
Hajmi442,71 Kb.
#513332
1   2   3   4   5
Bog'liq
Harbiy sharoitda yaradorlarga terapevtik yordam ko’rsatish (1)

TERAPIYAGA OID BEMOR VA YARADORLARNI
TIBBIY NAZORATDAN UTKAZISH 
Harbiy xizmatchilar va xizmatga chaqiriluvchilarni tibbiy nazoratdan 
o’tkazish harbii-tibbiy ekspertiza tomonidan o’tkazilib, bu xizmat xodimlari oldiga 
qurolli kuchlarni jangovar va tinch davrda soglom askarlar bilan ta’minlash bosh 
vazifa qilib ko’yiladi. Bunda harbiy xizmatga yaroqlilikni aniqlash asosiy o’rin 
tutadi.Zero Qurolli kuchlarda fakat soglom yigitlar xizmat qilkshlari kerak. 
Ekspertiza deganda u yoki bu holatni aniqlash uchun maxsus bilimlar kerak 
bo’lishi tushuniladi. Harbiy shifokorlik ekspertizasi esa harbiy xizmat talablaridan 
kelib chikib, xizmatga nechoglik yarokli yoki yaroqsizlik xaqida hukm chiqaradi. 
Harbiy-tibbiy ekspertiza muam-molarini fakat harbiy shifokorlar emas, balki har 
bir shifokor xal eta bilishi kerak.
Harbiy-tibbiy ekspertiza shifokordai kasalliklarni aniq lashning eng ilgor 
usullaridan xabardor bo’lishni talab etadi. Shuni unutmaslik kerakki, harbiy-tibbiy 
ekspertizada yo’l qo’yilgan xato tufayli, harbiy xizmatga olingan kishilar 
salomatligiga jiddiy ziyon etkazish mumkin. Etarlicha asos bo’lmagan xolda 
yigitlarni harbiy xizmatga yaroqsiz, deb topish esa Qurolli kuchlarga zarar 
etkazadi. 
HARBIY XIZMATGA CHAQIRILUVCHILARNI TIBBIY 
NAZORATDAN UTKAZISHNI TASHKIL ETISH 
Harbiy tibbiy ekspertiza xarbiy-tibbiy xizmatning mustaqil bo’limlaridan 
biridir. Uning qo’shinlar sogligini muhofaza qilishning umumiy vazifalaridan kelib 
chiquvchi o’ziga xos vazifalari bor. Tinch davrda armiya saflari asosai navbatdan 
xizmatga chaqiriluvchilar hisobiga to’ldiriladi. Urush sharoitida esa asosiy e’tibor 
davolanib chiqkan yarador va bemorlarni safga qaytarishga qaratiladi. Sogayib 
ketgan yarador va bemorlar Harbiy kuchlar uchun zarur kishilar bo’lib, ular 
jangovar tajribaga ega, maxsus tayyorgarlik ko’rgan, harbiy texnikani yaxshi 
biladilar. Bundan tashqari urush sharoitida qo’vdinlar safi jarohat va kasallik 
tufayli xizmatdan bo’shatilganlarni qayta armiyaga^ chaqirish va tibbiy nazofatdan 


o’tkazish hisobiga ham to’ldirib boriladi. 
Harbiy -tibbiy ekspertiza vazifalariga: 1. harbiy xizmatga yaroqli soglom 
kishilarni tanlab olish; 2. tibbiy nazoratdan o’tkazilayotgan kishilarning armiya 
sha-roitida jangovarlik va mehnat qobiliyatini to’gri aniqlash:; 3. tekshiruv chogida 
harbiy xizmatga qisman yaroqli deb topilgan kishilarni armiyada salomatligi imkon 
beradigan xizmatga tavsiya etish va 4. vaqti-vaqti bilan salomatligi to’gri 
kelmaganligi tufayli harakatdagi armiyada xizmat qilishga yaroksiz deb topilgan 
kishilarni tibbiy nazoratdan o’tkazish kiradi. 
Mamlakat mudofaa vazirligi, bosh harbiy tibbiy boshqarmasi boshligi, 
barcha tibbiy xizmat, shu jumladan harbiy-tibbiy ekspertiza tarkibida markaziy 
harbiy-tibbiy komissiya mavjud. Komissiya harbiy xizmatchilar, xizmatga 
chaqiriluvchilar bilan boglik muammolar, harbiy tibbiy ekspertiza xizmatini tashkil 
etish, harbiy-tibbiy ekspertiza jamoalari ishini nazorat etish va boshkarish 
vazifalari bilan shugullanadi. 
Shtat bo’yicha okruglar, gospitallar va garnizonlarda harbiy-tibbiy 
komissiyalar, nohiyalarda esa harbiy komissarliklar qoshida tibbiy komissiyalar 
tashkil etiladi. 
Okrug harbiy-tibbiy komissiyasi okrugdagi oliy ekspertiza mahkamasi 
hisoblanadi. 
Qomissiyaga 
okrugdagi 
harbiy 
xizmatchilar 
va 
xizmatga 
chaqiriluvchilarni tibbiy nazoratdan o’tkazuvchi barcha harbiy-tibbiy komissiyalar 
bo’ysunadilar. Gospital harbiy-tibbiy komissiyasi gospitallarda tashkil etilib, uning 
vazifasi davolanayotgan harbiy xizmatchilarni ekspertiza qilish va gospitaldagi 
davolash ishlari samarasini tahlil etishdan iborat. 
Garnizonlarda tashkil etiladigan harbiy tibbiy ekspertiza garnizon 
poliklinikasi yoki garnizon qismlaridan birida tashkil etiladi. Komissiya 
garnizondagi harbiy xizmatchilar, kasallik va jarohat tufayli vaqtincha xizmatdan 
bo’shatilganlarni harbiy-tibbiy nazoratdan o’tkazadi. Nohiyalardagi tibbiy 
komissiya shu nohiyadagi yarador bo’lib yoki kasallanib, vaqtincha xnzmatdan 
bo’shab kelganlar va armiya safiga chaqiriluvchilarni tibbiy nazoratdan o’tkazadi. 
Harbiy xizmatga chaqiruv joylarida tibbiy nazoratdan o’tkazish. 
«Umumharbiy javobgarlik qonun»ga ko’ra nohiya va shahar harbiy 
komissarliklarida armiyaga chaqiruv paytlarida nohiya va shahar tibbiy 
komissiyalari tuziladi. Bu komissiya: 1. xizmatga chaqiriluvchilarni tibbiy 
nazoratdan o’tkazish; 2. kasallik tufayli vaq-tincha harbiy xizmatdan qoldirish; 3. 
jismoniy kamchiliklar vakasallik tufayli harbiy xizmatdan ozod qilish bilan 
shugullanadi. Tibbiy nazorat nohiya va shahar chaqiruv komissiyalari shifokorlari 
va ana shu shifokorlar nazorati ostida taklif etilgan shifokor-mutaxassislar 
tomonidan o’tkaziladi. 
Yuqorida ko’rib o’tilgan komissiyalardan tashqari, markaziy xarbiy 
uchuvchilar komissiyasi, Qurolli kuchlar turlari bo’yicha harbiy-tibbiy komissiya, 
okrug va flot komissiyalari mavjud. Ulug Vatan urushi yillari front ko’chirish 
punktining komissiyasi mavjud bo’lib, u ka’lum bir front ichida ekspertiza ishlariii 
boshqarib turgan. Bundan tashqari evakuastiya punktlarida harbiy-tibbiy 
komissiyasi bo’lib, u dala evakuastiya punktida harbiy-tibbiy ekspertiza o’tkazish 
bilan shugullangan. 


Sanab o’tilgan barcha harbiy-tibbiy va tibbiy komissiyalar tekshiruvdan 
o’tayotganlarda kuyidagi xulosalar berishi mumkin: 
— harbiy xizmatga yaroqlilik haqida; 
— harakatda bo’lmagan qo’shknlarda xizmat qilishga yaroqlilik haqida; 
— harbiy xizmatga cheklangan yaroqlilik haqida; 
- soldat va serjantlarning qismda dam olishi yoki tuzalayotgan bemorlar 
bataloniga o’tkazish haqida: 
- jarohat yoki kasallanksh tufayli, vaqtincha xizmatdan bo’shatish haqida; 
— harbiy hisobdan chiqarish yoki qayta komissiyadan o’tkazish sharti bilan 
harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida; 
— davo tadbirlari o’tkazish lozimligi haqida; 
- vatanni himoya qilish, harbiy xizmatni o’tash, baxtsiz hodisalar oqibatida 
jaroxatlanib, salomatlikni yo’kotish yoki frontda va xizmatni o’tash paytida 
kasallanish haqida ekspertiza xulosalari beradi. 

Download 442,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish