1.Yaradorlarda birinchi terapevtik yordamini bajara olish.
Birinchi yordam — jarohat olganda yoki to’satdan kasal huruj qilganda
jabrlanuvchiga ko’rsatiladigan tezkor yordam, u malakali tibbiy yordam olish
ko’rsatish imkoni yaratilgunga qadar ko’rsatiladi.
Jarohat olgan yoki to’satdan kasal huruj qilishidan qiynalayotgan kishiga tez
yordam guruh kabi malakali tibbiy yordam etib kelgunga qadar ko’mak berishni
o’rganish Sizning birinchi yordam ko’rsatish malakasiga ega bo’lish borasidagi
maqsadingiz hisoblanadi.
Kimki, o’ziga (o’z-o’ziga yordam) yoki do’stiga (o’zaro yordam) yaralanganda,
suyak singanda, kuyganda, radioaktiv va zaharlovchi moddalar bilan
zararlanganda, birinchi yordam ko’rsata olsa, shuningdek bakterial moddalar bilan
zaharlangan joyda yordam ko’rsata olish qoidalarini bilgan holda jarohatning ogir
oqibatlarini oldini ola biladi va kam hollarda o’zini yoki o’zga inson hayotini
saqlab qoladi. Urush sharoitida birinchi yordam ko’rsatish qoidalarini bilish,
shuningdek tinchlik sharoitida ham, ya’ni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar
holatida, qishloq xo’jalik ishlarida, uyda, ko’chada ham foydalidir.
DAVOLANISHGA MUHTOJ YARADORLAR VA BEMORLARNI
SARALASH QOIDALARI
Avvalgi urushlardan farq qilib ommaviy qirgin
qurollari ishlatiladigan
hozirgi zamon urushida qisqa fursat ichida juda ko’plab kishilarga terapiya
xizmatini ko’rsatish kerak bo’ladi. Bir vaqtning o’zida turli xil darajada yaralangan
ko’plab kishilarni qabul qilishda ularni saralashning ahamiyati katta.
Davolanishga muhtoj yarador va bemorlar batalon
va alohida batalonda
(Omedb), hamda gospitallarda saralanadi. Saralashdan maqsad yarador va
bemorlardan bir vaqtning o’zida bir xil tibbiy yordamga muhtoj bo’lganlarini,
so’ngra bir tibbiy bosqichga ko’chiriladiganlarini ajratib olishdir.
Tibbiy terapiya
xizmati uchun saralash birmuncha yangi vazifa. Chunki birinchi jahon urushida
zaharlovchi moddalar ishlatilganini hisobga olmaganda bu xizmat turi hali ko’plab
terapiya yordamiga muhtoj kishilarni bir vaqtda qabul
qilish tajribasiga ega emas
edi.
Tibbiy saralash quyidagi qoidalarta asosan olib boriladi: dastavval boshqalar
uchun xatarli, alohida davolanishi, shuningdek ust-boshi va terisi tozalanishi kerak
bo’lgan kishilar saralanadi. Bular: nurlanishdan kuchli zararlangan,
kimyoviy va
biologik quroldan shikastlangan, yuqumli kasalliklarga
uchragan yarador va
bemorlardir. Ular tegishli davolanish muassasalariga alohida qilib yotqiziladi.
Keyingi saralash usuli yarador va bemorlarni zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj
yoki muxtoj emasligini aniqlashdan iborat. Bunda tibbiy yordamga zarurati
bo’lmagan, keyinrok davolansa ham bo’ladigan
yoki maxsus tibbiy yordam
ko’rsatilishi lozim bo’lgan malakali shifokorlar, asbob-uskuna, tahlilxona, yarador
va bemorlar keyingi bosqichga ko’chiriladilar. Eng ko’p (30—50%)
jabrlanganlarga kechiktirmasdan yordam ko’rsatish kerak. Bular qatoriga kuchli
nurlanish
olganlarning uchdan bir qismi, zaxarlovchi moddalar va biologik
quroldan zararlanganlarning uchdan ikki qismi va ba’zi
ruhiy va somatik
xastaliklarga chalingan bemorlar kiritiladi.