hayoti uchun tahlikali asoratlarning oldinv oladilar va keyingi tibbiy bosqichga
tayyorlaydilar.
Shifokor ko’rsatadigan birinchi tibbiy yordam tibbiy saralash bilan birga
olib boriladi va ana shu jarayon davomida yarador va bemorlarning kiyim-boshlari,
tanasining ochiq joylarida nurlanish darajasi o’lchab-ko’rilib, atrofdagilar uchun
xatarli bemorlar ajratib olinadi. Zaharli va nurlovchi moddalar bilan
zararlan.ganlarning ust-boshlari tozalanib, yuqumli kasallikka chalinganlar aloxida
joylashtirilady. Saralash jarayonida shifokor yarador
va bemorlarni bir necha
guruhga ajratadi: ba’zilariga o’sha erning o’zida, boshqalariga keyingi bosqichda
yordam ko’rsatiladi, yana bir guruhi shu erda tibbiy yordam olgach safga qaytadi.
Shifokor tomonidan yarador va bemorlarga ko’rsatiladigan tibbiy yordam zudlik
bilan va biroz keyinroq o’tkazilishi mumkin. Nafas olish qiyinlashganda, yurak
faoliyati zaiflashganda, shokda, kollapsda, zahar ta’sirida o’pka shishganda, koma
holatida, tutqanokda, kuchli ogriq va to’xtovsiz qusishda, odam ichiga zaharlovchi
va nurlbvchi moddalar tushganda hamda boshqa hayot uchun tahlikali vaziyatlarda
shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatiladi. Yarador va bemorlarni bosqichdan
boskichga ko’chkrib tibbiy yordam berish va davolashni davom ettirish uchun
tibbiy hujjatlar to’ldirib borilishi kerak. Dastlabki tibbiy hujjat shifokor tomonidan
polk tnbbiy punktida to’ldirilib, unda dastlabki tashhis va zaxarlanish turi yozilgan
bo’ladi. Bu hujjatga keyingi bosqichlarda ko’rsatilgan muolajalar qayd etib
boriladi. Shifokorning birinchi tibbiy yordamidan so’ng hujjatlar to’ldirilgach
davolashni davom ettirishi kerak bo’lgan bemorlar keyingi boskichga (alohida
tibbny.batalon yoki gospitalg1. ko’chiriladi.
Alohida tibbiy batalon. Bunday batalon o’z navbatida yarador va bemorlarga
mutaxassis terapevtlar yordam ko’rsatadigan birinchi tibbiy bosqich hisoblanadi.
Bu erda yarador
va bemorlar qabul qilinib, tibbiy hujjatlar to’ldiriladi, so’ng
palatalarga joylashtiriladi. Qo’shimcha saralash o’tkazish lozim bo’lsa,
zararlanganlar yaxshilab yuvintiriladi, yuqumli kasalliklar bilan ogriganlar va
talvasaga tushib, bezovta bo’lgan kishilar alohida xonalarga qo’yiladi. Alohida
tibbiy batalonda yarador va bemorlarga malakali tibbiy yordam ko’rsatilgach,
davolashni davom ettirish lozim bo’lsa, keyingi bosqichga ko’chiriladi. Bundan
tashkari, ushbu batalonda 7— 10 kun ichida tuzalib, safga qaytadigan yarador va
bemorlar hamda ahvoli ogirligi tufayli ko’chirib bo’lmaydigan jangchilar
davolanishadi. Alohida tibbiy batalonning gospital bo’limidagi
terapevt ahvoli
ogir, jarohati tufayli jarrohlik amaliyoti ko’llangan bemorlarda ichki a’zolar
kasalliklariga chalingan bemorlarni davolaydi, Hayot uchun taxlikali holatlarni
(asfiksiya, tutqanoq, tutishi, kollaps, o’pka shishi) bartaraf etish, rivojlanishi
mumkin bo’lgan turli asoratlarning oldini olish va bemorlarning tezrok sogayib
ketishlari uchun zarur malakali terapiya yordamini ko’rsatish tadbirlari ikki
guruhga bo’linadi.
Birinchisi yarador va bemor hayoti uchun xavfli (talvasaga tushish, iprit
bilan zaharlanganda badanda kelib chyquvchi chidab bo’lmas
darajada qichishish
va b. q.) yoki nogiron qilib qo’yuvchi holatlarda (ko’zga zaharli modda tushishi va
h. k.), zudlik bilan ko’rsatiladigan tibbiy yordam bo’lsa, ikkinchisi keyingi
bosqichga qoldirsa ham bo’ladigan muolajalar hisoblanadi. Sharoit taqozo ztsa,
malakali tibbiy yordam bekamuko’st ko’rsatiladi. Lekin yarador va bemorlar juda
ko’p, buning ustiga jangovar sharoit noqulay bo’lganda yordam ko’lami qiskarib,
zudlik bilan bajarilishi kerak bo’lgan tibbiy choralargina amalga oshiriladi. Harbiy-
dala terapiya gospitali — ixtisoslashgan terapiya yordami ko’rsatuvchi asosiy
davolash muassasasi hisoblanadi. Odatda u gospitallar tarkibida bo’lib, zaharlar,
fosforli zaharlovchi moddalar qo’llangan joyga yaqinrok ko’chirilishi mumkin.
Harbiy-dala terapiya gospitalida aniq tashhis qo’yilib yarador va bemorlar
gospitallar uchun belgilangan muddat ichida davolanib chikishlari kerak. Bu erda
ham uzoq davolanishi kerak bo’lgan yarador va bemorlar keyingi bosqichga
ko’chirishga tayyorlanadi, yuqumli kasalliklar gospitaliga jo’natiladi, harbiy-tibbiy
ekspertiza o’tkaziladi.
Maxsuslashgan terapevtik yordam ham malakali tibbiy yordamning davomi
hisoblanadi. Barcha maxsus jihozlarga ega gospitallarda
mutaxassis-shifokorlar
bemor ka-salligiga qarab, turli davolash muolajalarini o’tkazadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: