Harbiy sharoitda terapevtik yordam. Harbiy dala sharoiti haqida
umumiy tushuncha. Harbiy sharoitda yaradorlarga terapevtik
yordam ko’rsatish tartibi va bosqichlari. Terapevtik yordamga
muxtoj bo’lgan bemorlarni asosiy kontingenti
.
Ommaviy qirgin qurollari ishlatiladigam ozirgi zamon urush sharoitida
yaradorlarga va bemorlarga terapiya xizmatini tashkil etish axamiyatli bo’lib, u
borgan sari murakkablashadi. Chunki bunda terapevtik yordamga muhtoj
bo’lganlarning aksariyati bevosita ana shu jangovar qurollar zarbiga uchragan
bo’ladi.
Bunda o’tkir nur kasalligi, zaharli moddalar va biologik quroldan
zararlanganlar, kontuziyaga uchraganlar, shuningdek bir necha qurol birga ta’sir
qilib qanchadan-qancha odamlar sarosimaga tushib kolib, yadro quroli portlashidan
zaxarlanganlar. Mavjud ma’lumotlarga ko’ra o’tkir nur kasalligiga duchor
bo’lganlarning 30 foizidan ko’progi terapiya yordamiga muhtoj bo’lar ekan.
Shubhasiz, kimyoviy va biologik quroldan jabr ko’rganlarga terapiya xizmatini
tashkil etish yana ham murakkab bo’ladi. Masalan, zaharlovchi moddalar ta’siriga
uchragan kishilarning 60—70 foiziga terapiya xizmatini ko’rsatish uchun
atrofdagilar uchun xatarli bo’lgan yarador va bemorlarni aloxidalab ko’yish zarur.
Shu bilan birga kimyoviy va biologik qurol ta’sirida jabrlanganlardan
ko’pchiligining ust-boshi va badanini tozalash ham kerak.
DAVOLANIShGA MUHTOJ YaRADORLAR VA BEMORLARNI
SARALASh QOIDALARI
Avvalgi urushlardan farq qilib ommaviy qirgin qurollari ishlatiladigan
hozirgi zamon urushida qisqa fursat ichida juda ko’plab kishilarga terapiya
xizmatini ko’rsatish kerak bo’ladi. Bir vaqtning o’zida turli xil darajada yaralangan
ko’plab kishilarni qabul qilishda ularni saralashning ahamiyati katta.
Davolanishga muhtoj yarador va bemorlar batalon va alohida batalonda
(Omedb), hamda gospitallarda saralanadi. Saralashdan maqsad yarador va
bemorlardan bir vaqtning o’zida bir xil tibbiy yordamga muhtoj bo’lganlarini,
so’ngra bir tibbiy bosqichga ko’chiriladiganlarini ajratib olishdir. Tibbiy terapiya
xizmati uchun saralash birmuncha yangi vazifa. Chunki birinchi jahon urushida
zaharlovchi moddalar ishlatilganini hisobga olmaganda bu xizmat turi hali ko’plab
terapiya yordamiga muhtoj kishilarni bir vaqtda qabul qilish tajribasiga ega emas
edi.
Tibbiy saralash quyidagi qoidalarta asosan olib boriladi: dastavval boshqalar
uchun xatarli, alohida davolanishi, shuningdek ust-boshi va terisi tozalanishi kerak
bo’lgan kishilar saralanadi. Bular: nurlanishdan kuchli zararlangan, kimyoviy va
biologik quroldan shikastlangan, yuqumli kasalliklarga uchragan yarador va
bemorlardir. Ular tegishli davolanish muassasalariga alohida qilib yotqiziladi.
Keyingi saralash usuli yarador va bemorlarni zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj
yoki muxtoj emasligini aniqlashdan iborat. Bunda tibbiy yordamga zarurati
bo’lmagan, keyinrok davolansa ham bo’ladigan yoki maxsus tibbiy yordam
ko’rsatilishi lozim bo’lgan malakali shifokorlar, asbob-uskuna, tahlilxona, yarador
va bemorlar keyingi bosqichga ko’chiriladilar. Eng ko’p (30—50%)
jabrlanganlarga kechiktirmasdan yordam ko’rsatish kerak. Bular qatoriga kuchli
nurlanish olganlarning uchdan bir qismi, zaxarlovchi moddalar va biologik
quroldan zararlanganlarning uchdan ikki qismi va ba’zi ruhiy va somatik
xastaliklarga chalingan bemorlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |