Harbiy sharoitda terapevtik yordam. Harbiy dala sharoiti haqida umumiy tushuncha. Harbiy sharoitda yaradorlarga terapevtik yordam ko’rsatish tartibi va bosqichlari. Terapevtik yordamga muxtoj bo’lgan bemorlarni asosiy kontingenti


TERAPIYA XIZMATIGA MUHTOJ BO’LGAN KUPLAB YARADORLAR



Download 442,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana27.03.2022
Hajmi442,71 Kb.
#513332
1   2   3   4   5
Bog'liq
Harbiy sharoitda yaradorlarga terapevtik yordam ko’rsatish (1)

TERAPIYA XIZMATIGA MUHTOJ BO’LGAN KUPLAB YARADORLAR 
VA
BEMORLARGA TIBBIY YORDAM KO’RSATISHNI TASHKIL ETISH 
Yaradorlarga va bemorlarga ko’rsatiladigan tibbiy yordam turlari xilma-xil 
bo’ladi. 
Birinchi tibbiy yordam
jang maydonida, ya’ni kishilar talafot ko’rgan 
joyda o’z-o’ziga va bir-biriga yordam berish tarzida ko’rsatiladi. 
Shifokorgacha bo’lgan yordam batalon tibbiy punktida (BTP) ko’rsatilsa, 
polk tibbiy punktida (PTP) yarador va bemorlarni ilk bor shifokor ko’radi. Maxsus 
tibbiy batalon va gospitallarda malakali terapiya yordami ko’rsatilsa, gospitallarda 
ixtisoslashtirilgan terapiya yordami va davolash ishlari olib boriladi, 
Juda ko’plab yarador va bemorlarga bir vaqtda yordam berish zarur 
bo’lganda tibbiy xizmat ko’lami qisqaradi. Bunday sharoitda mazkur boskichda 
ko’rsatib, ulgurilmagan tibbiy yordam keyingi bosqichda davom ettiriladi. Yarador 
va bemorlarga birinchi tibbiy yordam jang maydonida o’z-o’ziga va bir-biriga 
yordam ko’rinishida, shuningdek tibbiy xodimlar (sanitarlar) tomonidan 
ko’rsatiladi. Bu tibbiy yordam zamirida yarador va bemorlar hayotini saqlab 
qolish, jiddiy asoratlar kelib chikishining oldini olish, ular axvolini engillashtirish 
yotadi. Bunda harbiylarning tibbiy ashyolari (kimyoviy zaharlarga qarshi dorilar) 
va tibbiy vositalardan foydalaniladi.Jangovar holatlarda birinchi terapiya 
yordamini ko’rsatish yarador va bemorlarga dorilar yuborish (in’ekstiya qilish), 
sun’iy nafas oldirish, kiyimlar va terini zaharlovchi, nurlovchi moddalardan 
tozalash, shikastlanganlarga gazniqob kiydirib, bexatar joyga olib chiqishdan 
iborat. 
Shifokorgacha bo’lgan yordamni jang maydonida batalon feldsheri 
ko’rsatadi. Feldsher asfiksiya, shok holatidagi, tutqanoq tutgan, yurak faoliyati 
izdan chiqqan kishilarga zarur tibbiy yordam beradi. Shuningdek u atrofdagilar 
uchun xatarli bo’lgan yarador va bemorlarning ust-boshi va terisini qisman 
tozalashi, yuqumli kasalliklar bilan ogriganlarni aniqlab, ularni alohida jo’natishi 
kerak. Bu bosqichda bakteriologik va. Kimyoviy, nurlovchi vositalar bilan 
zararlanganlarda kelib chiqadigan noxush holatlarning oldini olish choralarini 
ko’radi. Shifokorgacha ko’rsatiladigan tibbiy yordam yarador va bemorlarga 
antidotlar, ogriqni qoldiruvchi vositalar, qusishga qarshi, yurak faoliyatini 
yaxshilovchi dorilar yuborish, ko’z, burun va ogiz bo’shligini chayqash, me’daga 
zaharlovchi va nurlovchi moddalar tushganda uni zondsiz chayish, yarador va 
bemorlarga kislorod berish, sun’iy nafas oldirishdan iborat. 
Polk tibbiy punkti (PTP) barcha yarador va bemorlarga, shu jumladan 
terapiya tibbiy yordamiga muhtoj bo’lganlarga zarur yordam ko’rsatishda muhim 
o’rin tutadi. Bu erda yarador va bemorlarga shifokorlar yordam ko’rsatib, ular 


hayoti uchun tahlikali asoratlarning oldinv oladilar va keyingi tibbiy bosqichga 
tayyorlaydilar. 
Shifokor ko’rsatadigan birinchi tibbiy yordam tibbiy saralash bilan birga 
olib boriladi va ana shu jarayon davomida yarador va bemorlarning kiyim-boshlari, 
tanasining ochiq joylarida nurlanish darajasi o’lchab-ko’rilib, atrofdagilar uchun 
xatarli bemorlar ajratib olinadi. Zaharli va nurlovchi moddalar bilan 
zararlan.ganlarning ust-boshlari tozalanib, yuqumli kasallikka chalinganlar aloxida 
joylashtirilady. Saralash jarayonida shifokor yarador va bemorlarni bir necha 
guruhga ajratadi: ba’zilariga o’sha erning o’zida, boshqalariga keyingi bosqichda 
yordam ko’rsatiladi, yana bir guruhi shu erda tibbiy yordam olgach safga qaytadi. 
Shifokor tomonidan yarador va bemorlarga ko’rsatiladigan tibbiy yordam zudlik 
bilan va biroz keyinroq o’tkazilishi mumkin. Nafas olish qiyinlashganda, yurak 
faoliyati zaiflashganda, shokda, kollapsda, zahar ta’sirida o’pka shishganda, koma 
holatida, tutqanokda, kuchli ogriq va to’xtovsiz qusishda, odam ichiga zaharlovchi 
va nurlbvchi moddalar tushganda hamda boshqa hayot uchun tahlikali vaziyatlarda 
shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatiladi. Yarador va bemorlarni bosqichdan 
boskichga ko’chkrib tibbiy yordam berish va davolashni davom ettirish uchun 
tibbiy hujjatlar to’ldirib borilishi kerak. Dastlabki tibbiy hujjat shifokor tomonidan 
polk tnbbiy punktida to’ldirilib, unda dastlabki tashhis va zaxarlanish turi yozilgan 
bo’ladi. Bu hujjatga keyingi bosqichlarda ko’rsatilgan muolajalar qayd etib 
boriladi. Shifokorning birinchi tibbiy yordamidan so’ng hujjatlar to’ldirilgach 
davolashni davom ettirishi kerak bo’lgan bemorlar keyingi boskichga (alohida 
tibbny.batalon yoki gospitalg1. ko’chiriladi. 
Alohida tibbiy batalon. Bunday batalon o’z navbatida yarador va bemorlarga 
mutaxassis terapevtlar yordam ko’rsatadigan birinchi tibbiy bosqich hisoblanadi. 
Bu erda yarador va bemorlar qabul qilinib, tibbiy hujjatlar to’ldiriladi, so’ng 
palatalarga joylashtiriladi. Qo’shimcha saralash o’tkazish lozim bo’lsa, 
zararlanganlar yaxshilab yuvintiriladi, yuqumli kasalliklar bilan ogriganlar va 
talvasaga tushib, bezovta bo’lgan kishilar alohida xonalarga qo’yiladi. Alohida 
tibbiy batalonda yarador va bemorlarga malakali tibbiy yordam ko’rsatilgach, 
davolashni davom ettirish lozim bo’lsa, keyingi bosqichga ko’chiriladi. Bundan 
tashkari, ushbu batalonda 7— 10 kun ichida tuzalib, safga qaytadigan yarador va 
bemorlar hamda ahvoli ogirligi tufayli ko’chirib bo’lmaydigan jangchilar 
davolanishadi. Alohida tibbiy batalonning gospital bo’limidagi terapevt ahvoli 
ogir, jarohati tufayli jarrohlik amaliyoti ko’llangan bemorlarda ichki a’zolar 
kasalliklariga chalingan bemorlarni davolaydi, Hayot uchun taxlikali holatlarni 
(asfiksiya, tutqanoq, tutishi, kollaps, o’pka shishi) bartaraf etish, rivojlanishi 
mumkin bo’lgan turli asoratlarning oldini olish va bemorlarning tezrok sogayib 
ketishlari uchun zarur malakali terapiya yordamini ko’rsatish tadbirlari ikki 
guruhga bo’linadi. 
Birinchisi yarador va bemor hayoti uchun xavfli (talvasaga tushish, iprit 
bilan zaharlanganda badanda kelib chyquvchi chidab bo’lmas darajada qichishish 
va b. q.) yoki nogiron qilib qo’yuvchi holatlarda (ko’zga zaharli modda tushishi va 
h. k.), zudlik bilan ko’rsatiladigan tibbiy yordam bo’lsa, ikkinchisi keyingi 
bosqichga qoldirsa ham bo’ladigan muolajalar hisoblanadi. Sharoit taqozo ztsa, 


malakali tibbiy yordam bekamuko’st ko’rsatiladi. Lekin yarador va bemorlar juda 
ko’p, buning ustiga jangovar sharoit noqulay bo’lganda yordam ko’lami qiskarib, 
zudlik bilan bajarilishi kerak bo’lgan tibbiy choralargina amalga oshiriladi. Harbiy-
dala terapiya gospitali — ixtisoslashgan terapiya yordami ko’rsatuvchi asosiy 
davolash muassasasi hisoblanadi. Odatda u gospitallar tarkibida bo’lib, zaharlar, 
fosforli zaharlovchi moddalar qo’llangan joyga yaqinrok ko’chirilishi mumkin. 
Harbiy-dala terapiya gospitalida aniq tashhis qo’yilib yarador va bemorlar 
gospitallar uchun belgilangan muddat ichida davolanib chikishlari kerak. Bu erda 
ham uzoq davolanishi kerak bo’lgan yarador va bemorlar keyingi bosqichga 
ko’chirishga tayyorlanadi, yuqumli kasalliklar gospitaliga jo’natiladi, harbiy-tibbiy 
ekspertiza o’tkaziladi. 
Maxsuslashgan terapevtik yordam ham malakali tibbiy yordamning davomi 
hisoblanadi. Barcha maxsus jihozlarga ega gospitallarda mutaxassis-shifokorlar 
bemor ka-salligiga qarab, turli davolash muolajalarini o’tkazadilar. 

Download 442,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish