Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida



Download 315 Kb.
bet1/3
Sana24.02.2017
Hajmi315 Kb.
#3274
  1   2   3


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”



2010 yil 2 sentyabrdagi № 193-son Qarori

Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini boshqarish va tashkil etish tuzilmasini yanada takomillashtirish, nogironlarni sifatli tibbiy tekshirishdan o’tkazish hamda samarali tibbiy-ijtimoiy va kasb bo’yicha reabilitatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini Yuqori malakali, halol ishlovchi tibbiyot kadrlari bilan mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi PQ-1252-son qaroriga muvofiq Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tuzilmasiga berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilar Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

hayot faoliyati cheklanganligini ekspertizadan o’tkazish, nogironlik guruhini, sabablari, boshlangan vaqti va muddatlarini aniqlash bo’yicha tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (keyingi o’rinlarda TMEK deb yuritiladi) faoliyatiga rahbarlik qilish;

ekspertizalar natijalarini, davolash-profilaktika muassasalari tomonidan taqdim etilgan tibbiy hujjatlarni va fuqarolarni tibbiy tekshirishdan o’tkazish natijalarini doimiy o’rganish asosida nogironlikning holatini, uning o’zgarishini va unga sabab bo’lgan omillarni tizimli tahlil qilish;

nogironlik profilaktikasi sohasida kompleks dasturlarni ishlab chiqishda, nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb bo’yicha reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish va ularni ijtimoiy himoya qilishda qatnashish;

TMEK vrach-ekspertlari lavozimiga tanlash va tavsiya qilish bo’yicha Malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish, TMEK mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarida idoraviy mansub TMEKga metodik yordam ko’rsatish.

Belgilansinki, davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to’lash shartlari Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi xodimlariga joriy etiladi.

3. Quyidagilar:

bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari ro’yxati 1-ilovaga muvofiq;

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tibbiy-mehnat ekspertiza xizmatining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;

ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Belgilansinki:

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshlig’i O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrug’i bilan lavozimga tayinlanadi;

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari raislari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijro etuvchi direktori taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining qarori bilan tayinlanadi;

TMEK muassasalari taqdim etilgan tibbiy hujjatlarda va tibbiy-maslahat komissiyalarining dastlabki tashxislariga shubha qilingan taqdirda fuqarolarni bepul takroriy tekshirishlar o’tkazish uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan, ushbu qarorga 1-ilovada ko’rsatilgan shahar va tuman shifoxonalariga biriktiriladi;

ixtisoslashtirilgan, tumanlararo, tuman va shahar tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tibbiy tekshirishdan o’tkazish natijalari bo’yicha faqat kollegial asosda qarorlar qabul qiladi;

bosh TMEK darajasida ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tumanlar (shaharlar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari qarorlari yuzasidan shikoyat qilish holatlari, shuningdek tibbiyot xodimlariga, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari xodimlariga va ularning yaqin qarindoshlariga mansub xodimlarni nogiron deb e’tirof etish holatlari ko’rib chiqiladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari TMEK bo’linmalarini belgilangan talablarga javob beradigan, fuqarolarning borishi uchun qulay bo’lgan binolar va xonalarda joylashtirishda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga har tomonlama yordam bersinlar.

5. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tuzilmasida 3 nafar xodimdan iborat bo’lgan TMEK xizmati faoliyatini nazorat qilish bo’limi tashkil etilsin, tegishli ravishda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni ko’paytirilsin.

Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari xizmati faoliyatini nazorat qilish bo’limiga, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi mutaxassislarini jalb etgan holda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatini doimiy nazorat qilib borish, o’tkazilgan tekshirishlarning to’g’riligi va asoslanganligini, shu jumladan, davolash-profilaktika muassasalaridan taqdim etilgan boshlang’ich tibbiy hujjatlarning to’g’riligi va ishonchliligini o’rganish yo’li bilan tekshirishlarni amalga oshirish vazifalari yuklansin.

6. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq:

tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining noto’g’ri xulosa chiqarganligi uchun asos bo’lgan tibbiy hujjatlarda qasddan soxta ma’lumotlar ko’rsatgan shaxslar, shuningdek soxta xulosalar bergan yoki nogironlik guruhini qasddan noto’g’ri belgilagan vrachlar va ekspertlar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar;

hujjatlarni soxtalashtirish va nogironlik to’g’risida asoslanmagan xulosalar byerishga yo’naltirilgan boshqa xatti-harakatlar natijasida to’langan pensiya va nafaqalar summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aybdor shaxslar hisobidan to’liq miqdorda undirib olinadi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko’rsatib o’tilgan qoida buzilishlarida aybdor bo’lgan shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlarning huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborilishini ta’minlasin.

7. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga bajarilayotgan vazifalarga qo’shimcha ravishda quyidagilar yuklansin:

nogironlikning holati va sabablarini tizimli asosda chuqur tahlil qilish, nogironlikning oldini olish bo’yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil qilish;

reabilitatsiya markazlari va davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda nogironlarni tibbiy-ijtimoiy hamda kasb bo’yicha reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

nogironlarga faol hayotiy faoliyat, o’qish va mehnat faoliyati imkoniyatlarini olishda ko’maklashish.

8. Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi huzurida bir hafta muddatda Malaka komissiyasi tashkil etsin, unga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining vrach-ekspertlar lavozimiga tanlash va tavsiya etishni amalga oshirish, shuningdek har uch yilda kamida bir marta tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari vrachlarini egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan muntazam ravishda attyesttsiyadan o’tkazish funksiyalarini yuklasin;

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining tibbiyot oliy o’quv muassasalari nyegizida maxsus kasb-hunar ta’limi dasturlarini joriy etish yo’li bilan barcha darajalardagi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari vrachlari malakasining oshirilishini har byesh yilda kamida bir marta majburiy, muntazam ravishda ta’minlasin.

9. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Respublika tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi buyurtmanomalariga binoan, 2011 yildan boshlab, Davlat byudjeti paramyetrlarida ushbu qarordan kelib chiqadigan tadbirlarni amalga oshirishga va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari xizmatining moddiy-texnika bazasini, shu jumladan, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tuzilmasini maqbullashtirish natijasida bo’shaydigan mablag’lar hisobiga mustahkamlashga mablag’larni nazarda tutsin. Bunda tumanlararo (zarurat bo’lganda qishloq tumanlari) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini joylarga borib tekshirishlar o’tkazish uchun transport vositalari bilan ta’minlash nazarda tutilsin;

ikki hafta muddatda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari muassasalari tomonidan dastlabki tashhis o’tkazish uchun zarur bo’lgan tibbiy va yordamchi asbob-uskunalarning namunaviy ro’yxatini, shuningdek tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari muassasalarini ko’rsatib o’tilgan asbob-uskunalar bilan namunaviy ro’yxatga muvofiq jihozlash jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

10. Vazirlar Mahkamasining "Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" 2008 yil 8 avgustdagi 175-son qarori 1-bandining byeshinchi xatboshi (O’zbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 8-son, 44-modda) hamda ushbu qarorga 4 va 5-ilovalar o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o’zgartirishlar va qo’shimchalar to’g’risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 2 sentyabrdagi

193-son qaroriga



1-ilova

Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari ro’yxati

T/r

Tibbiy-mehnat

ekspert komissiya-

lari nomi


Xizmat ko’rsatish

hududi


Tibbiy-mehnat ekspert

komissiyalarini davolash-

profilaktika muassasalariga

biriktirish

QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI

1.

Bosh TMEK

Qoraqalpog’iston Respublikasi


Qoraqalpog’iston Respublikasi ko’p tarmoqli tibbiyot markazi va mintaqaviy reabilitatsiya markazi

2.

Amudaryo tumani TMEK

Amudaryo tumani

Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasi (keyingi o’rinlarda TTB deb ataladi)

3.

Kegayli tumanlararo TMEK

Kegayli, Nukus va Qorao’zak tumanlari


Kegayli, Nukus va Qorao’zak TTB (tegishli hududlar bo’yicha)

4.

Qo’ng’irot tumanlararo TMEK

Qo’ng’irot, Qonliko’l va Mo’ynoq tumanlari

Qo’ng’irot, Qonliko’l va Mo’ynoq TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


5.

Nukus shahar TMEK

Nukus shahri


Nukus shahar tibbiyot birlashmasi (keyingi o’rinlarda SHTB deb ataladi)

6.

Xo’jayli tumanlararo TMEK


Xo’jayli va Shumanay tumanlari, Taxiatosh shahri

Xo’jayli va Shumanay TTB, Taxiatosh SHTB (tegishli hududlar bo’yicha)

7.

CHimboy tumanlararo TMEK

CHimboy va Taxtako’pir tumanlari

CHimboy va Taxtako’pir TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


8.

Ellikqal’a tumanlararo TMEK

Ellikqal’a, To’rtko’l va Beruniy tumanlari

Ellikqal’a, To’rtko’l va Beruniy TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


9.

Ftiziatriya TMEK

Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati sil kasalliklari dispanserlari (tegishli hududlar bo’yicha)

ANDIJON VILOYATI

10.

Bosh TMEK

Andijon viloyati

Andijon viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi va Andijon viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi


11.

Andijon shahar TMEK


Andijon shahri


Andijon SHTB


12.

Andijon tumanlararo TMEK


Andijon va Oltinko’l tumanlari


Andijon va Oltinko’l TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


13.

Asaka tumanlararo TMEK

Asaka shahri, Asaka, Marhamat va Buloqboshi tumanlari


Asaka SHTB, Asaka, Marhamat va Buloqboshi TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


14.

Izboskan tumanlararo TMEK


Izboskan va Paxtaobod tumanlari


Izboskan va Paxtaobod TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


15.

Qo’rg’ontyepa tumanlararo TMEK


Qo’rg’ontyepa, Jalolquduq va Xo’jaobod tumanlari, Qorasuv va Xonobod shaharlari


Qo’rg’ontyepa, Jalolquduq va Xo’jaobod TTB, Qorasuv va Xonobod SHTB (tegishli hududlar bo’yicha)


16.

Shahrixon tumanlararo TMEK

Shahrixon, Bo’z, Baliqchi va Ulug’nor tumanlari


Shahrixon, Bo’z, Baliqchi va Ulug’nor TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


17.

Psixiatriya TMEK


Andijon viloyati


Andijon viloyat psixonevrologiya dispanseri


18.

Ftiziatriya TMEK


Andijon viloyati


Andijon viloyat sil kasalliklari dispansyeri


BUXORO VILOYATI

19.

Bosh TMEK

Buxoro viloyati

Buxoro viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi va Navoiy viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi

T/r

Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari nomi

Xizmat ko’rsatish hududi


Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini davolash-profilaktika muassasalariga biriktirish

20.

Buxoro tumanlararo TMEK

Buxoro va Jondor tumanlari


Buxoro va Jondor TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


21.

Buxoro tumanlararo TMEK


Buxoro va Kogon shaharlari, Kogon va Qorovulbozor tumanlari

Buxoro va Kogon SHTB, Kogon va Qorovulbozor TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


22.

Qorako’l tumanlararo TMEK

Qorako’l va Olot tumanlari


Qorako’l va Olot TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


23.

Romitan tumanlararo TMEK

Romitan va Pyeshku tumanlari


Romitan va Pyeshku TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


24.

Shofirkon tumanlararo TMEK

Shofirkon, Vobkyent va G’ijduvon tumanlari

Shofirkon, Vobkyent va G’ijduvon TTB (tegishli hududlar bo’yicha)

25.

Psixiatriya TMEK


Buxoro viloyati


Buxoro viloyat psixiatriya shifoxonasi

26.

Ftiziatriya TMEK


Buxoro va Navoiy viloyatlari


Buxoro va Navoiy viloyatlari sil kasalliklari dispansyerlari (tegishli hududlar bo’yicha)

JIZZAX VILOYATI

27.

Bosh TMEK

Jizzax viloyati

Jizzax viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi va Jizzax viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi

28.

G’allaorol tumanlararo TMEK

G’allaorol, Forish va Baxmal tumanlari

G’allaorol, Forish va Baxmal TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


29.

Jizzax tumanlararo TMEK

Jizzax shahri va Jizzax tumani

Jizzax SHTB va Jizzax TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


30.

Do’stlik tumanlararo TMEK


Do’stlik, Mirzacho’l, Zafarobod, Paxtakor va Arnasoy tumanlari

Do’stlik, Mirzacho’l, Zafarobod, Paxtakor va Arnasoy TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


31.

Zomin tumanlararo TMEK

Zomin, Zarbdor va YAngiobod tumanlari


Zomin, Zarbdor va YAngiobod TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


QASHQADARYO VILOYATI

32.

Bosh TMEK

Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi va Qashqadaryo viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi

33.

Dyehqonobod tumanlararo TMEK

Dyehqonobod, Qamashi va G’uzor tumanlari

Dyehqonobod, Qamashi va G’uzor TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


34.

Qarshi tumanlararo TMEK

Qarshi shahri, Koson va Nishon tumanlari

Qarshi SHTB, Koson va Nishon TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


35.

Qarshi tumanlararo TMEK

Qarshi, Mirishkor, Muborak va Kasbi tumanlari

Qarshi, Mirishkor, Muborak va Kasbi TTB (tegishli hududlar bo’yicha)

36.

Kitob tumanlararo TMEK

Kitob va SHahrisabz tumanlari


Kitob va SHahrisabz TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


37.

Chiroqchi tumanlararo TMEK

Chiroqchi va Yakkabog’ tumanlari

Chiroqchi va Yakkabog’ TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


38.

Ftiziatriya TMEK

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari sil kasalliklari dispansyerlari (tegishli hududlar bo’yicha)

39.

Psixiatriya TMEK


Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari psixonyevrologiya dispansyerlari (tegishli hududlar bo’yicha)

NAVOIY VILOYATI

40.

Bosh TMEK

Navoiy viloyati

Navoiy viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi va Navoiy viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi

41.

Zarafshon tumanlararo TMEK

Tomdi va Uchquduq tumanlari, Zarafshon shahri

Tomdi va Uchquduq TTB, Zarafshon SHTB (tegishli hududlar bo’yicha)

42.

Qiziltyepa tumanlararo TMEK

Qiziltyepa va Konimyex tumanlari


Qiziltyepa va Konimyex TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


T/r

Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari nomi

Xizmat ko’rsatish hududi


Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini davolash-profilaktika muassasalariga biriktirish

43.

Navbahor tumanlararo TMEK

Navbahor va Nurota tumanlari

Navbahor va Nurota TTB (tegishli hududlar bo’yicha)

44.

Navoiy tumanlararo TMEK

Navoiy shahri va Karmana tumani


Navoiy SHTB va Karmana TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


45.

Xatirchi tuman TMEK

Xatirchi tumani


Xatirchi TTB


46.

Psixiatriya TMEK


Navoiy viloyati


Navoiy viloyat psixonyevrologiya dispansyeri

NAMANGAN VILOYATI

47.

Bosh TMEK

Namangan viloyati

Namangan viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi va Namangan viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi

48.

Namangan tumanlararo TMEK

Namangan shahri, Namangan tumani


Namangan SHTB va Namangan TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


49.

Pop tumanlararo TMEK

Pop va CHust tumanlari

Pop va CHust TTB (tegishli hududlar bo’yicha)

50.

To’raqo’rg’on tumanlararo TMEK

To’raqo’rg’on va Mingbuloq tumanlari

To’raqo’rg’on va Mingbuloq TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


51.

Uchqo’rg’on tumanlararo TMEK

Uchqo’rg’on va Norin tumanlari

Uchqo’rg’on va Norin TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


52.

Chortoq tumanlararo TMEK

Chortoq va Uychi tumanlari

Chortoq va Uychi TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


53.

Yangiqo’rg’on tumanlararo TMEK

Yangiqo’rg’on va Kosonsoy tumanlari


Yangiqo’rg’on va Kosonsoy TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


SAMARQAND VILOYATI

54.

Bosh TMEK

Samarqand viloyati

Samarqand viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi va Samarqand viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi

55.

Oqdaryo tumanlararo TMEK

Oqdaryo va Ishtixon tumanlari

Oqdaryo va Ishtixon TTB (tegishli hududlar bo’yicha)

56.

Bulung’ur tumanlararo TMEK

Bulung’ur va Jomboy tumanlari


Bulung’ur va Jomboy TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


57.

Narpay tumanlararo TMEK

Narpay, Kattaqo’rg’on va Paxtachi tumanlari

Narpay, Kattaqo’rg’on va Paxtachi TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


58.

Payariq tumanlararo TMEK

Payariq va Qo’shrabot tumanlari

Payariq va Qo’shrabot TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


59.

Pastdarg’om tumanlararo TMEK

Pastdarg’om va Nurobod tumanlari, Kattaqo’rg’on shahri

Pastdarg’om va Nurobod TTB, Kattaqo’rg’on SHTB (tegishli hududlar bo’yicha)

60.

Samarqand tumanlararo TMEK

Samarqand shahri va Samarqand tumani


Samarqand SHTB va Samarqand TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


61.

Urgut tumanlararo TMEK

Urgut va Tayloq tumanlari

Urgut va Tayloq TTB (tegishli hududlar bo’yicha)

62.

Psixiatriya TMEK


Samarqand viloyati

Samarqand viloyat psixonyevrologiya dispansyeri

63.

Ftiziatriya TMEK


Samarqand viloyati


Samarqand viloyat sil kasalliklari dispansyeri

SURXONDARYO VILOYATI

64.

Bosh TMEK

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi va Qashqadaryo viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi

65.

Angor tumanlararo TMEK

Angor, Muzrabot va Sherobod tumanlari


Angor, Muzrabot va Sherobod TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


66.

Denov tumanlararo TMEK

Denov, SHo’rchi va Oltinsoy tumanlari

Denov, SHo’rchi va Oltinsoy TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


67.

Qiziriq tumanlararo TMEK

Qiziriq, Bandixon va Boysun tumanlari

Qiziriq, Bandixon va Boysun TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


68.

Qumqo’rg’on tumanlararo TMEK

Qumqo’rg’on va Jarqo’rg’on tumanlari

Qumqo’rg’on va Jarqo’rg’on TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


T/r

Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari nomi

Xizmat ko’rsatish hududi


Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini davolash-profilaktika muassasalariga biriktirish

69.

Sariosiyo tumanlararo TMEK

Sariosiyo va Uzun tumanlari

Sariosiyo va Uzun TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


70.

Termiz tumanlararo TMEK

Termiz shahri va Termiz tumani


Termiz SHTB va Termiz TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


SIRDARYO VILOYATI

71.

Bosh TMEK

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi va Jizzax viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi

72.

Guliston tumanlararo TMEK

Guliston shahri, Guliston, Sayxunobod va Sirdaryo tumanlari

Guliston SHTB, Guliston, Sayxunobod va Sirdaryo TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


73.

Mirzaobod tumanlararo TMEK

Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlari

Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


74.

Yangiyer tumanlararo TMEK

Yangiyer va SHirin shaharlari, Xovos va Boyovut tumanlari

Yangiyer va SHirin SHTB, Xovos va Boyovut TTB (tegishli hududlar bo’yicha)

TOSHKENT VILOYATI

75.

Bosh TMEK

Toshkent viloyati

Toshkent viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi va Toshkent viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi

76.

Oqqo’rg’on tumanlararo TMEK

Oqqo’rg’on, Quyi Chirchiq va CHinoz tumanlari

Oqqo’rg’on, Quyi Chirchiq va CHinoz TTB (tegishli hududlar bo’yicha)

77.

Olmaliq tumanlararo TMEK

Olmaliq shahri, Bo’ka, Piskent va O’rta Chirchiq tumanlari

Olmaliq SHTB, Bo’ka, Piskent va O’rta Chirchiq TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


78.

Angren tumanlararo TMEK

Angren va Ohangaron shaharlari, Ohangaron tumani

Angren va Ohangaron SHTB, Ohangaron TTB (tegishli hududlar bo’yicha)

79.

Byekobod tumanlararo TMEK

Byekobod shahri va Byekobod tumani

Byekobod SHTB va Byekobod TTB (tegishli hududlar bo’yicha)

80.

Chirchiq tumanlararo TMEK

Chirchiq shahri, Bo’stonliq va Qibray tumanlari

Chirchiq SHTB, Bo’stonliq va Qibray TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


81.

Yuqori Chirchiq tumanlararo TMEK


Yuqori Chirchiq va Parkyent tumanlari


Yuqori Chirchiq va Parkyent TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


82.

Yangiyo’l tumanlararo TMEK

Yangiyo’l shahri va Yangiyo’l tumani

Yangiyo’l SHTB va Yangiyo’l TTB (tegishli hududlar bo’yicha)

83.

Zangiota tuman TMEK

Zangiota tumani


Zangiota TTB


84.

Psixiatriya TMEK


Toshkent viloyati

Toshkent viloyat psixonyevrologiya dispansyeri

FARG’ONA VILOYATI

85.

Bosh TMEK


Farg’ona viloyati


Farg’ona viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi va Farg’ona viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi

86.

Bag’dod tumanlararo TMEK

Bag’dod, Buvayda va Uchko’prik tumanlari

Bag’dod, Buvayda va Uchko’prik TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


87.

Qo’qon tumanlararo TMEK

Qo’qon shahri va Dang’ara tumani

Qo’qon SHTB va Dang’ara TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


88.

Quva tumanlararo TMEK


Quva va Toshloq tumanlari, Quvasoy shahri

Quva va Toshloq TTB, Quvasoy SHTB (tegishli hududlar bo’yicha)


89.

Marg’ilon tumanlararo TMEK

Marg’ilon shahri, Qo’shtyepa va YOzyovon tumanlari

Marg’ilon SHTB, Qo’shtyepa va YOzyovon TTB (tegishli hududlar bo’yicha)

90.

Rishton tumanlararo TMEK

Rishton, Oltiariq va So’x tumanlari


Rishton, Oltiariq va So’x TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


91.

O’zbekiston tumanlararo TMEK

O’zbekiston, Byeshariq va Furqat tumanlari

O’zbekiston, Byeshariq va Furqat TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


T/r

Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari nomi

Xizmat ko’rsatish hududi


Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini davolash-profilaktika muassasalariga biriktirish

92.

Farg’ona tumanlararo TMEK

Farg’ona shahri va Farg’ona tumani


Farg’ona SHTB va Farg’ona TTB (tegishli hududlar bo’yicha)

93.

Psixiatriya TMEK


Farg’ona viloyati


Farg’ona viloyat psixonyevrologiya dispansyeri

94.

Ftiziatriya TMEK


Farg’ona viloyati


Farg’ona viloyat sil kasalliklari dispansyeri

XORAZM VILOYATI

95.

Bosh TMEK

Xorazm viloyati

Xorazm viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi va Xorazm viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi

96.

Urganch tumanlararo TMEK

Urganch shahri va Urganch tumani

Urganch SHTB va Urganch TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


97.

Hazorasp tumanlararo TMEK

Hazorasp va Bog’ot tumanlari, Pitnak shahri

Hazorasp va Bog’ot TTB, Pitnak SHTB (tegishli hududlar bo’yicha)


98.

Xiva tumanlararo TMEK

Xiva, Qo’shko’pir, YAngiariq va Xonqa tumanlari

Xiva, Qo’shko’pir, YAngiariq va Xonqa TTB (tegishli hududlar bo’yicha)

99.

Shovot tumanlararo TMEK

Shovot, Gurlan va YAngibozor tumanlari

Shovot, Gurlan va YAngibozor TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


TOSHKENT SHAHRI

100.

Bosh TMEK

Toshkent shahri

Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi

101.

Mirzo Ulug’bek tumanlararo TMEK

Mirzo Ulug’bek va Hamza tumanlari


Mirzo Ulug’bek va Hamza TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


102.

Sobir Rahimov tuman TMEK

Sobir Rahimov tumani

Sobir Rahimov TTB

103.

Sirg’ali tumanlararo TMEK

Sirg’ali, Mirobod va Byektyemir tumanlari

Sirg’ali, Mirobod va Byektyemir TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


104.

Uchtepa tumanlararo TMEK

Uchtepa va CHilonzor tumanlari


Uchtepa va CHilonzor TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


105.

Shayxontohur tumanlararo TMEK

Shayxontohur va YAkkasaroy tumanlari

Shayxontohur va YAkkasaroy TTB (tegishli hududlar bo’yicha)


106.

Yunusobod tuman TMEK

Yunusobod tumani


Yunusobod TTB


107.

Psixiatriya TMEK

Toshkent shahri

Birinchi Toshkent shahar psixonyevrologiya dispansyeri

108.

Ftiziatriya TMEK


Toshkent shahri

Birinchi Toshkent shahar sil kasalliklari dispansyeri

Download 315 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish