Bundan tashqari, mehnat usullarini egallash (bu politexnik ta’lim vazifalaridan biridir)
didaktikaning asosiy prinsipiga bo`ysundirilgan va o`z mantiqiga ega bo`lgan ma’lum bir
sistema bo`yicha amalga oshishi kerak. Agar mehnat usullarini egallashni fan asoslari
bo`yicha ayrim
fanlar vazifasiga kiritilsa, ular ana shu fanlarning tuzilishi mantiqiga
bo`ysunadi.
Nihoyat, mehnat ob’ektlarini tanlashda fizika, matematika va boshqa fanlarning
o`qituvchilari eng avval shu ob’ektlar o`tilayotgan tema bilan bog’liq bo`lishiga harakat
qilishadi, mehnat jarayonining mazmuni esa ikkinchi planga o`tib qoladi. Natijada amaliy
mashg’ulotlar uchun ob’ektlar tanlash juda cheklangan va texnologiya ta’limi
sistemasi
talablariga javob bera olmaydigan bo`lib qoladi.
Shunday qilib, o`quvchilarni hozirgi zamon sanoati va qishloq xo`jaligi ishlab
chiqarishining muxim tarmoqlari bilan tanishtirish fan asoslari bo`yicha fanlar doirasi bilan
chegaralanmasligi kerak. Xuddi shuning uchun ham maktab o`quv planida texnologiya ta’limi
bo`yicha maxsus fan bor.
Ta’lim jarayonining politexnik yo`nalishiyi ta’minlash uchun ayrim konkret ishlab
chiqarish jarayonlari misolida hozirgi zamon sanoati yoki qishloq xo`jalik ishlab
chiqarishining umumiy asoslari o`rganiladigan didaktik vaziyatni vujudga keltirish talab
qilinadi.
Texnologiya ta’limi bosqichlari orasidagi izchillik politexnik
prinsip uchun katta
ahamiyatga ega. Masalan, ustaxonalardagi mashg’ulotlarda o`smirlar quyi sinflarda
o`zlashtirgan qator politexnik malakalarni qo`llashi va takomillashtirishi juda muhimdir.
Chunonchi, qog’ozni rejalashda chizg’ich, go`niya va qalamdan foydalanish malakasini
yog’och va metallni rejalashda qo`llash kerak. Bu jihytdan o`kuvchilarning andaza rejalash
malakalari juda foydali bo`ladi. O`kuvchilar qog’ozni, gazlamani va listli metallni qaychi
bilan qirqish orasida ko`pgina umumiylik topadilar. Modellashtirish jarayonida o`quvchilar
yana shu ish bo`yicha quyi sinflarda olgan bilimlarini qo`llashi va hokazolar uchun
cheklanmagan imkoniyatlar vujudga keladi.
I—IV sinflarda ustaxona mashg’ulotlari bilan mehnat darslarining bog’lanishi o`z
xarakteriga ko`ra
bir tomonlamadir, ya’ni V—VII sinflardagi o`qitish metodikasi I—IV
sinflardagi texnologiya ta’limi mazmunini xisobga olgan holda tuzilishi kerak.
Ustaxonalardagi mashg’ulotlar bilan fan asoslari bo`yicha fanlar orasidagi bog’lanish buidan
farqli ravishda ikki tomonlamadir: bunday bog’lanish natijasida fan asoslari bo`yicha fanlar
konkret mazmun bilan boyiydi, mehnat esa fan asoslarining qonunlari pozisiyasidan
tushuniladi. Shunday qilib, didaktik bog’lanishlarni ta’minlash fan asoslari bo`yicha fanlarni
o`qitishning ham, ustaxonalarda mashg’ulotlar o`tkazish politexnik saviyasini oshirish uchun
ham muhimdir.
Didaktik bog’lanishning bir maromda amalga oshirilishi fan asoslari bo`yicha
bilimlarni muvaffaqiyatli o`zlashtirish uchun ham, texnologiya ta’limi amalga oshirish uchun
ham zarurdir. Ammo bu ikkala holda ham didaktik bog’lanishning yo`nalishi mutlako bir xil
degan so`z emas.
Masalan, fizika, ximiya va matematika darslarida ishlab chiqarish jarayonlari va
hodisalaridan tabiatning u yoki bu qonuni amaliy qo`llanilishini ko`rsatish
uchun
foydalanildi. Bunda ishlab chiqarish jarayonining, hodisaning darsda o`rganilgan
qonunning amaliy qimmatini tasdiqlaydigan sifati qarab chiqiladi.
O’quvchilar, ma’lum fanlarni tayyorlashda o`rgangan mehnat malakalari shunga
o`xshash ko`pgina fanlarni tayyorlashlari uchun asos bo`lishini tushunishlari kerak. Shu
maqsadda har bir yangi operasiyani (ish turini) o`rganishga kirishilar ekan, o`qituvchi bu
operasiyani bajarish usuli bilan bir nechtagina konkret misollar orqali tanishishlarini, amalda
esa o`rganilayotgan ana shu operasiya juda ko`p qo`llanilishini ta’kidlash lozim.
O’quvchilarga mazkur operasiyani qo`llab tayyorlanadigan detallar (buyumlar)dan o`zlari
misollar keltirishlarini tavsiya etish mumkin. yog’och va metallga qo`lda ishlov berish
tugallanadigan VII sinfda bu tema bo`yicha maxsus suhbat o`tkazish, o`quvchilarga
tayyorlashda ma’lum operasiyani (kesish, arralash, qirqish va hokazolarii) qo`llashlariga
to`g’ri kelgan hamma fanlarni aytib chiqishni taklif qilish kerak.
Politexnik ta’lim nuqtai nazaridan har xil kasblarga
doir mehnat usullari
(operasiyalari)ning izchilligini ko`rsatish ham muhimdir. Hozirgi zamon sanoat ishlab
chiqarishining xarakterli xususiyatlaridan biri mehnat qurollarining tez almashinuvi, yangi
mashinalarning va shunga ko`ra yangi kasblarning vujudga kelishidir.
Shunday qilib, ustaxonalardagi mashg’ulotlarda har bir texnik ob’ektga, ishlab
chiqarish jarayoniga o`z holicha emas, balki boshqa o`xshash ob’ektlar, o`xshash jarayonlarga
bog’liqlikda hozirgi zamon ishlab chiqarishi asosini biror jihatdan xarakterlovchi zanjirning
bir xalkasi sifatida qaralishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: