Nazorat savollari
1.
Mehnat ta’lim metodikasi fani va uning vazifasi?
2.
Ta’limni unumli mehnat bilan qushib olib borish haqida mutaffakirlar fikri?
3.
Politexnik ta’limni mohiyati nima?
4.
Politexnik ta’limning mehnat ta’limda xis etilishi?
2-Mavzu. Maktab o`quv rejasida texnologiya ta’liming qo`yilishi
uning tarixiy taraqqiyoti.
Reja:
O`rta Osiyoda yoshlarga texnologiya ta’limi berishning maqsadi.
Maktab islohatida texnologiya ta’limi vazifalari.
Texnologik tayyorgarligining asosiy yo`nalishlari.
Tayaach iboralar:
O`zbekistonda
texnologiya ta’liming rivojlanishi,unumli mehnat, ijodkorlik,
mehnatsevarlik, kasbga yo`llash
1.O`rta Osiyoda yoshlarga texnologiya ta’limi berishning maqsadi
Mamlakatimizda Ulug’ Oktyabr sosialistik revolyusiyasi g’alaba qozongandan keyin
o`sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga texnologiya ta’liming ko`p qirrali ta’siridan to`la
foydalanish sharoitlari vujudga keldi. Bu haqda sovet maktabining rivojlanish tarixi ishonchli
dalolat beradi. Masalan, Sovet hokimiyatining xalq maorifi haqidagi dastlabki dekretlarining
biri — «Yagona mehnat maktabi haqida nizom»da mexnatga o`qitishning, ta’limning, shaxsni
har tomonlama kamol toptirishning eng muhim faktorlaridan biri sifatida qaraladi.
Maktabning tashkil topishi jarayonda xalq maorifi xodimlari orasida munozaralar
bo`ldi. O`qituvchilar va metodistlarning bir gruppasi maktabning turmush bilan bog’lanishini
eng yaxshi ta’minlash uchun maktab o`quv planiga texnologiya ta’limi mustaqil fan sifatida
kiritish zarur deb hisobladilar. Boshqa bir qismi bunga e’tiroz bildirib, odatdagi fan asoslari
bo`yicha fanlarni o`qitish jarayonida ham mehnatga o`rgatish mumkin, deb hisobladilar. Ana
shu ikki xil fikrni o`qituvchi va metodistlarning uchinchi gruppasi mutlaqo rad etdi va ular
mexnat ta’limi maktab sistemasida markaziy o`rinni egallashi kerak degan fikrni yoqlab
chiqdilar. Bu gruppa vakillari 20-yillarda xalq maorifi organlari xodimlari orasida birmuncha
muddat ko`pchilikni tashkil qildi. Natijada o`qitishning kompleks, biroz keyinroq esa proekt
(loyiha) sistemasi paydo bo`ldi; proekt sistemaga binoan matematika, fizika, biologiya va
boshqa o`quv fanlariga oid bilim elementlari o`quvchilarga beriladigan mehnat topshiriqlari
atrofiga gruppalasha boshladi. Masalan, bog’da o`ra qazish topshirig’ini olgan o`quvchilar uni
bajarish uchun qancha tuproq chiqaribtashlanishini hisoblashlari (matematika), o`ra konturini
belgilashlari (chizmachilik), tuproq xarakteri bilan tanishishlari (geografiya) kerak edi. O`quv
jarayonini bunday tashkil etishda o`quvchilarni fan asoslaridan sistemali bilimlar bilan
qurollantirishning iloji yo`qligi mutlaqo ravshan. Texnologiya ta’liming o`zi ham hech narsa
yutmagan, chunki u aniq sistemasiz olib borilgan, vaqtincha tasodifiy topshiriqlar bilan
bog’liq bo`lgan.
Maktab ishidagi mazkur kamchiliklarni bartaraf qilishda VKP (b) Markaziy
Komitetining 1931 yil 5 sentyabrdagi «Boshlang’ich va o`rta maktab haqida», 1932 yil 25
avgustdagi «Boshlang’ich va o`rta maktablarning o`quv programmalari va rejimi
to`g’risida»gi qarorlari g’oyat katta rol o`ynadi, bu qarorlardan keyin maktablarda fan
asoslarini fanli o`qitish tiklandi. O`quv planiga boshqa o`quv fanlari bilan bir qatorda
texnologiya ta’limi ham mustaqil fan bo`lib kirdi. Bu esa mexnat ta’limi jarayoniga yangi
imkoniyatlar ochib berdi. Shunga qaramay dastlabki paytlarda maktablarni maxsus
tayyorlangan mehnat o`qituvchilari bilan ta’minlashning, texnologiya ta’limi uchun
qanoatlanarli moddiy baza yaratishning, texnologiya ta’limi bilan fan asoslarnni o`qitish
orasida bog’lanishni amalga oshirishning imkoni bo`lmadi. 1937 yilda maktablarda mustaqil
o`quv fani sifatidagi texnologiya ta’limi tugatildi.
Keyingi yillarda o`quvchilarning mehnat tarbiyasi asosan sinfdan tashqari, maktabdan
tashqari va ijtimoiy foydali ishlar jarayonida amalga oshirildi.
Urushdan keyingi yillarda mamlakatimiz jamoatchiligining e’tibori yana o`rta
maktabda texnologiya ta’limi muammosiga qaratildi. 1952 yilda maktabda politexnik ta’lim
va mehnat tarbiyasini rivojlantirish zarurligini ko`rsatdi. Agar shungacha maktab asosan oliy
o`quv yurtlarining rezervi hisoblangan bo`lsa, shundan keyin yildan-yilga maktabni
bitiruvchilar soni ortib bordi va ularning hammasi ham oliy o`quv yurtlariga kira olmay qoldi.
Maktabni tamomlaganlarning katta qismi bevosita moddiy ishlab chiqarish sohasida ishlashga
qo`shilishi kerak edi. 1954 yilda texnologiya ta’limi o`rta maktab o`quv planiga o`sib
kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish vositalaridan biri sifatida kiritildi. Shundan keyin
yuqori sinflarda umumiy o`rta ta’limni kasbga tayyorlash bilan qo`shib olib borish
imkoniyatlari o`rganila boshlandi. Masalan, 1958-59 o`quv yili O’qrainadagi 5659 ta o`rta
maktabda 508 mingdan ko`proq o`quvchiga taxminan 200 xil kasb o`rgatildi. Boshqa
respublikalarda ham shunday tajriba to`plandi.
1958 yilda «Maktabning turmush bilan aloqasini mustahkamlash va xalq maorifini
rivojlantirish to`g’risida»gi qonunni qabul qildi. Bu qonunda, xususan, hamma o`quvchilarni
ijtimoiy foydali mehnatga qo`shish haqida, ta’limni unumli mehnat bilan bog’lash haqida,
maktabning xayot bilan, kommunistik qurilish praktikasi bilan aloqasi xaqnda gapiriladi.
qonunda o`rta maktablarning yuqori sinflarida umumiy ta’lim bilan kasb bo`yicha
tayyorgarlikni qo`shish xam nazarda tutildi. Kasb bo`yicha tayyorgarlikni zarur sharoitlar,
avvalo, tegishli moddiy baza va malakali kadrlar mavjud joylarda amalga oshirish mumkin
bo`ldi. Lekin hamma maktablarda xam bunday sharoitlar mavjud emas edi. Shu sababli 1966
yilda Maktab haqidagi qonunning 4-moddasiga o`quvchilar kasb bo`yicha tayyorlanishi
uchun zarur sharoitlar mavjud maktablardagina kasb bo`yicha tayyorlanadilar-deb juz’iy
tuzatish kiritdi.
1961 yil, «siyosiy ish markaziga jamiyatning hamma a’zolaridan mexnatga ijodiy
munosabatni rivojlantirishni qo`yadi. Jamiyat farovonligi uchun mehnat qilish har bir
insonning sharafli burchidir». o`quvchilarning mehnat tarbiyasi, politexnik ta’limi va kasb
tanlashi bo`yicha maktab oldida turgan vazifalar ko`rsatiladi.
Yuqoridagi sabablarga ko`ra texnologiya ta’limiga katta ahamiyat berilmoqda. Bu
xO’qumatning qator qarorlarida o`z aksini topgan. Masalan, «Umumiy ta’lim maktablarining
o`quvchilariga ta’lim, tarbiya berishni va ularni mexnatga tayyorlashni yanada
takomillashtirish haqida» (1977 y.), «Maktab o`quvchilarining mehnat tarbiyasini, ta’limini,
ularni kasb tanlashga o`rgatishni yaxshilash xamda ularning ijtimoiy foydali, unumli
mexnatini tashkil etish to`g’risida» (1984 y.) kabi qarorlarini ko`rsatish mumkin.
1984 yil aprel aprel oyida ma’qullagan «Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh
qilishning asosiy yo`nalishlari» o`quvchilar mehnat tayyorgarligining samaradorligini oshirish
g’oyalari bilan sug’orilgan.
Isloxotga ko`ra o`quvchilarning mehnat tayyorgarligiga ajratilgan o`quv vaqti deyarli
ikki marta orttirilgan. Maktabda umumiy kasbkorlik joriy etilmoqda, shu tufayli o`quvchilar
o`z mehnat faoliyati boshlanishiga qadar ommaviy kasblardan birini egallash imkoniga ega
bo`ladi. Kasb tanlash ishlariga talablar ortmoqda. Bu muxim masalani xal qilish uchun VIII—
IX sinflarda yangi «Ishlab chiqarish asoslari. Kasb tanlash» o`kuv fani joriy etiladi. Bu fan
o`quvchilarning politexnik ta’limini amalga oshirishda ham muhim rol o`ynaydi. Ta’limni
unumli mehnat bilan qo`shib olib borish quyi sinflardan boshlanadi, yuqori sinflarda esa
unumli mehnat o`quvchilar mexnat faoliyatining asosiy formasi bo`lib qoladi.
1997 yilda O`zbekiston xO’qumati “Ta’lim tug’risidagi” qonun qabul
qilindi, bunda “Umumiy o`rta ta’lim maktablarining o`quv rejasida texnologiya
ta’limi o`quv faniga 1-4-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7-sinflarda haftasiga 2 soatdan
va 8-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan, hammasi bo`lib 408 soat vaqt ajratilgan.
O`quvchilarni mehnatga tayyorlash jaryonida kasb-hunarga yo`naltirishni yanada
kuchaytirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, yog’ochga, metallga va gazlamaga ishlov
berish texnologiyasi, pazandachilik asoslari, qishloq xo`jalik asoslari, badiiy mehnat
texnologiyasi va mashina elementlari yo`nalishlari bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarni
egallashlari ko`zda tutilgan.
5-7-sinflarda
o`quvchilarning
ijtimoiy-estetik
didi
va
dunyoqarashini
kengaytiradigan, oilaviy hayot va turmushda kerak bo`ladigan yuqorida ko`rsatilgan
o`quv kurslari o`quvchilarda milliy madaniyat va an’analarga mehr-muhabbat uyrotadi. 8-9-
sinflarda kasb-hunarlarga yo`nal-tirish kursi ta’lim oluvchilarning ijtimoiy dunyoqarashini
kengaytiradi, kasb-hunar ta’limi yo`nalishlarini ongli ravishda tanlashlariga ko`maklashadi.
Shunday qilib, umumiy ta’lim maktabi islohoti o`quvchilar mehnat tayyorgarligini
yangi, yanada yuqori darajaga ko`taradi, bu esa hozirgi yO’qsak rivojlangan ishlab
chiqarishning sosialistik korxonalardagi mehnatkashlarga qo`yadigan talablariga javob
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |