O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/159
Sana27.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#513096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   159
Bog'liq
Технология фанини укитиш укитиш методикаси

Nazorat savollari 
1.
Mehnat ta’lim metodikasi fani va uning vazifasi? 
2.
Ta’limni unumli mehnat bilan qushib olib borish haqida mutaffakirlar fikri? 
3.
Politexnik ta’limni mohiyati nima? 
4.
Politexnik ta’limning mehnat ta’limda xis etilishi?


2-Mavzu. Maktab o`quv rejasida texnologiya ta’liming qo`yilishi 
uning tarixiy taraqqiyoti. 
Reja: 
O`rta Osiyoda yoshlarga texnologiya ta’limi berishning maqsadi. 
Maktab islohatida texnologiya ta’limi vazifalari. 
Texnologik tayyorgarligining asosiy yo`nalishlari. 
Tayaach iboralar: 
O`zbekistonda 
texnologiya ta’liming rivojlanishi,unumli mehnat, ijodkorlik, 
mehnatsevarlik, kasbga yo`llash 
1.O`rta Osiyoda yoshlarga texnologiya ta’limi berishning maqsadi 
Mamlakatimizda Ulug’ Oktyabr sosialistik revolyusiyasi g’alaba qozongandan keyin 
o`sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga texnologiya ta’liming ko`p qirrali ta’siridan to`la 
foydalanish sharoitlari vujudga keldi. Bu haqda sovet maktabining rivojlanish tarixi ishonchli 
dalolat beradi. Masalan, Sovet hokimiyatining xalq maorifi haqidagi dastlabki dekretlarining 
biri — «Yagona mehnat maktabi haqida nizom»da mexnatga o`qitishning, ta’limning, shaxsni 
har tomonlama kamol toptirishning eng muhim faktorlaridan biri sifatida qaraladi. 
Maktabning tashkil topishi jarayonda xalq maorifi xodimlari orasida munozaralar 
bo`ldi. O`qituvchilar va metodistlarning bir gruppasi maktabning turmush bilan bog’lanishini 
eng yaxshi ta’minlash uchun maktab o`quv planiga texnologiya ta’limi mustaqil fan sifatida 
kiritish zarur deb hisobladilar. Boshqa bir qismi bunga e’tiroz bildirib, odatdagi fan asoslari 
bo`yicha fanlarni o`qitish jarayonida ham mehnatga o`rgatish mumkin, deb hisobladilar. Ana 
shu ikki xil fikrni o`qituvchi va metodistlarning uchinchi gruppasi mutlaqo rad etdi va ular 
mexnat ta’limi maktab sistemasida markaziy o`rinni egallashi kerak degan fikrni yoqlab 
chiqdilar. Bu gruppa vakillari 20-yillarda xalq maorifi organlari xodimlari orasida birmuncha 
muddat ko`pchilikni tashkil qildi. Natijada o`qitishning kompleks, biroz keyinroq esa proekt 
(loyiha) sistemasi paydo bo`ldi; proekt sistemaga binoan matematika, fizika, biologiya va 
boshqa o`quv fanlariga oid bilim elementlari o`quvchilarga beriladigan mehnat topshiriqlari 
atrofiga gruppalasha boshladi. Masalan, bog’da o`ra qazish topshirig’ini olgan o`quvchilar uni 
bajarish uchun qancha tuproq chiqaribtashlanishini hisoblashlari (matematika), o`ra konturini 
belgilashlari (chizmachilik), tuproq xarakteri bilan tanishishlari (geografiya) kerak edi. O`quv 
jarayonini bunday tashkil etishda o`quvchilarni fan asoslaridan sistemali bilimlar bilan 
qurollantirishning iloji yo`qligi mutlaqo ravshan. Texnologiya ta’liming o`zi ham hech narsa 
yutmagan, chunki u aniq sistemasiz olib borilgan, vaqtincha tasodifiy topshiriqlar bilan 
bog’liq bo`lgan. 
Maktab ishidagi mazkur kamchiliklarni bartaraf qilishda VKP (b) Markaziy 
Komitetining 1931 yil 5 sentyabrdagi «Boshlang’ich va o`rta maktab haqida», 1932 yil 25 
avgustdagi «Boshlang’ich va o`rta maktablarning o`quv programmalari va rejimi 
to`g’risida»gi qarorlari g’oyat katta rol o`ynadi, bu qarorlardan keyin maktablarda fan 
asoslarini fanli o`qitish tiklandi. O`quv planiga boshqa o`quv fanlari bilan bir qatorda 
texnologiya ta’limi ham mustaqil fan bo`lib kirdi. Bu esa mexnat ta’limi jarayoniga yangi 
imkoniyatlar ochib berdi. Shunga qaramay dastlabki paytlarda maktablarni maxsus 
tayyorlangan mehnat o`qituvchilari bilan ta’minlashning, texnologiya ta’limi uchun 
qanoatlanarli moddiy baza yaratishning, texnologiya ta’limi bilan fan asoslarnni o`qitish 
orasida bog’lanishni amalga oshirishning imkoni bo`lmadi. 1937 yilda maktablarda mustaqil 
o`quv fani sifatidagi texnologiya ta’limi tugatildi. 
Keyingi yillarda o`quvchilarning mehnat tarbiyasi asosan sinfdan tashqari, maktabdan 
tashqari va ijtimoiy foydali ishlar jarayonida amalga oshirildi. 
Urushdan keyingi yillarda mamlakatimiz jamoatchiligining e’tibori yana o`rta 
maktabda texnologiya ta’limi muammosiga qaratildi. 1952 yilda maktabda politexnik ta’lim 
va mehnat tarbiyasini rivojlantirish zarurligini ko`rsatdi. Agar shungacha maktab asosan oliy 
o`quv yurtlarining rezervi hisoblangan bo`lsa, shundan keyin yildan-yilga maktabni 
bitiruvchilar soni ortib bordi va ularning hammasi ham oliy o`quv yurtlariga kira olmay qoldi. 


Maktabni tamomlaganlarning katta qismi bevosita moddiy ishlab chiqarish sohasida ishlashga 
qo`shilishi kerak edi. 1954 yilda texnologiya ta’limi o`rta maktab o`quv planiga o`sib 
kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish vositalaridan biri sifatida kiritildi. Shundan keyin 
yuqori sinflarda umumiy o`rta ta’limni kasbga tayyorlash bilan qo`shib olib borish 
imkoniyatlari o`rganila boshlandi. Masalan, 1958-59 o`quv yili O’qrainadagi 5659 ta o`rta 
maktabda 508 mingdan ko`proq o`quvchiga taxminan 200 xil kasb o`rgatildi. Boshqa 
respublikalarda ham shunday tajriba to`plandi. 
1958 yilda «Maktabning turmush bilan aloqasini mustahkamlash va xalq maorifini 
rivojlantirish to`g’risida»gi qonunni qabul qildi. Bu qonunda, xususan, hamma o`quvchilarni 
ijtimoiy foydali mehnatga qo`shish haqida, ta’limni unumli mehnat bilan bog’lash haqida, 
maktabning xayot bilan, kommunistik qurilish praktikasi bilan aloqasi xaqnda gapiriladi. 
qonunda o`rta maktablarning yuqori sinflarida umumiy ta’lim bilan kasb bo`yicha 
tayyorgarlikni qo`shish xam nazarda tutildi. Kasb bo`yicha tayyorgarlikni zarur sharoitlar
avvalo, tegishli moddiy baza va malakali kadrlar mavjud joylarda amalga oshirish mumkin 
bo`ldi. Lekin hamma maktablarda xam bunday sharoitlar mavjud emas edi. Shu sababli 1966 
yilda Maktab haqidagi qonunning 4-moddasiga o`quvchilar kasb bo`yicha tayyorlanishi 
uchun zarur sharoitlar mavjud maktablardagina kasb bo`yicha tayyorlanadilar-deb juz’iy 
tuzatish kiritdi. 
1961 yil, «siyosiy ish markaziga jamiyatning hamma a’zolaridan mexnatga ijodiy 
munosabatni rivojlantirishni qo`yadi. Jamiyat farovonligi uchun mehnat qilish har bir 
insonning sharafli burchidir». o`quvchilarning mehnat tarbiyasi, politexnik ta’limi va kasb 
tanlashi bo`yicha maktab oldida turgan vazifalar ko`rsatiladi. 
Yuqoridagi sabablarga ko`ra texnologiya ta’limiga katta ahamiyat berilmoqda. Bu 
xO’qumatning qator qarorlarida o`z aksini topgan. Masalan, «Umumiy ta’lim maktablarining 
o`quvchilariga ta’lim, tarbiya berishni va ularni mexnatga tayyorlashni yanada 
takomillashtirish haqida» (1977 y.), «Maktab o`quvchilarining mehnat tarbiyasini, ta’limini, 
ularni kasb tanlashga o`rgatishni yaxshilash xamda ularning ijtimoiy foydali, unumli 
mexnatini tashkil etish to`g’risida» (1984 y.) kabi qarorlarini ko`rsatish mumkin. 
1984 yil aprel aprel oyida ma’qullagan «Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh 
qilishning asosiy yo`nalishlari» o`quvchilar mehnat tayyorgarligining samaradorligini oshirish 
g’oyalari bilan sug’orilgan. 
Isloxotga ko`ra o`quvchilarning mehnat tayyorgarligiga ajratilgan o`quv vaqti deyarli 
ikki marta orttirilgan. Maktabda umumiy kasbkorlik joriy etilmoqda, shu tufayli o`quvchilar 
o`z mehnat faoliyati boshlanishiga qadar ommaviy kasblardan birini egallash imkoniga ega 
bo`ladi. Kasb tanlash ishlariga talablar ortmoqda. Bu muxim masalani xal qilish uchun VIII—
IX sinflarda yangi «Ishlab chiqarish asoslari. Kasb tanlash» o`kuv fani joriy etiladi. Bu fan 
o`quvchilarning politexnik ta’limini amalga oshirishda ham muhim rol o`ynaydi. Ta’limni 
unumli mehnat bilan qo`shib olib borish quyi sinflardan boshlanadi, yuqori sinflarda esa 
unumli mehnat o`quvchilar mexnat faoliyatining asosiy formasi bo`lib qoladi. 
1997 yilda O`zbekiston xO’qumati “Ta’lim tug’risidagi” qonun qabul 
qilindi, bunda “Umumiy o`rta ta’lim maktablarining o`quv rejasida texnologiya 
ta’limi o`quv faniga 1-4-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7-sinflarda haftasiga 2 soatdan 
va 8-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan, hammasi bo`lib 408 soat vaqt ajratilgan. 
O`quvchilarni mehnatga tayyorlash jaryonida kasb-hunarga yo`naltirishni yanada 
kuchaytirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, yog’ochga, metallga va gazlamaga ishlov 
berish texnologiyasi, pazandachilik asoslari, qishloq xo`jalik asoslari, badiiy mehnat 
texnologiyasi va mashina elementlari yo`nalishlari bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarni 
egallashlari ko`zda tutilgan. 
5-7-sinflarda 
o`quvchilarning 
ijtimoiy-estetik 
didi 
va 
dunyoqarashini 
kengaytiradigan, oilaviy hayot va turmushda kerak bo`ladigan yuqorida ko`rsatilgan 
o`quv kurslari o`quvchilarda milliy madaniyat va an’analarga mehr-muhabbat uyrotadi. 8-9-
sinflarda kasb-hunarlarga yo`nal-tirish kursi ta’lim oluvchilarning ijtimoiy dunyoqarashini 
kengaytiradi, kasb-hunar ta’limi yo`nalishlarini ongli ravishda tanlashlariga ko`maklashadi. 


Shunday qilib, umumiy ta’lim maktabi islohoti o`quvchilar mehnat tayyorgarligini 
yangi, yanada yuqori darajaga ko`taradi, bu esa hozirgi yO’qsak rivojlangan ishlab 
chiqarishning sosialistik korxonalardagi mehnatkashlarga qo`yadigan talablariga javob 
beradi. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish