O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


 Sug’urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

3. Sug’urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari 
Iqtisodiyotning umumiy nazariyasida ham, sug’urta fanida ham “sug’urta 
bozori” va “sug’urta xo’jaligi” yangi tushunchalardir. Shunga qaramay aytish 
mumkinki, “sug’urta bozori” tushunchasi o’ziga nisbatan bir muncha umumiy 
hisoblangan “sug’urta xo’jaligi” tushunchasining pog’onalaridan biri bo’lib, 
sug’urta xizmatlari oldi-sotdisi bilan bog’liq. “Sug’urta xo’jaligi” sug’urta 
sohasidagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatish, sotish va iste’mol qilish bilan bog’liq 
munosabatlar yig’indisidan iborat. Umumjahon xo’jaligi miqyosida “jahon 
sug’urta xo’jaligi” atamasini qo’llash mumkin. Ana shu ma’noda “sug’urta 
xo’jaligi” sug’urta tashkilotlarining ta’sis etilishi, tashkiliy tuzilmasi, faoliyati, 
boshqaruvi bilan bog’liq munosabatlarni, shuningdek, sug’urta tashkilotlarining 
yoki sug’urta bozorining boshqa turdagi subyektlarining sug’urtaga oid faoliyatini 
davlat tomonidan tartibga solish munosabatlarini, iqtisodiy munosabatlarda 
sug’urtadan foydalanish shart-sharoitlari va asoslarini ifoda etadi. Xorijiy 
adabiyotda bu borada tegishli ravishda “sug’urta iqtisodiyoti” va “jahon sug’urta 
iqtisodiyoti” tushunchalari ishlatiladi. 
Iqtisodiyot hamda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi nuqtai nazaridan 
sug’urta bozorini xaridorlar – sug’urtalanuvchilarning sug’urta xizmatlariga 
bo’lgan talablari va sotuvchilar – sug’urta tashkilotlarining sug’urta himoyasi 
bo’yicha takliflari nisbati bilan boshqariladigan iqtisodiy makon yoki tizim 
sifatida tasavvur etish mumkin. Sug’urta himoyasiga talab ikki bosh omil bilan: 
xo’jalik yurituvchi subyektning va alohida fuqaroning risk-menejmentining 
elementi sifatidagi sug’urtaga nisbatan bo’lgan talabi va shuningdek, 
sug’urtalovchilarning sug’urta xizmatini sotib olish orqali o’z talabini qondirishga 
imkon yaratadigan sotib olish layoqati bilan belgilanadi. Ijtimoiy qayta ishlab 
chiqarishga xos bo’lgan ehtimoldagi xavf sifatida xatar iqtisodiy munosabatlar 
yuksalishi bilan sug’urta xizmatlariga bo’lgan talabning kuchayishiga olib keladi. 
Ayni vaqtda davlat ijtimoiy sug’urta va ta’minot tizimi orqali taqdim etiladigan 
sug’urta himoyasining qisqarishi ham shuningdek, sug’urta xizmatlariga 
talabning oshishiga sabab bo’ladi. 
Sug’urta bozori – ma’lum bir pul munosabatlari sohasi bo’lib, unda savdo-
sotiq obyekti sifatida sug’urta himoyasi qatnashadi hamda unga talab va taklif 
shakllanadigan maxsus ijtimoiy-iqtisodiy tarmoq hisoblanadi. Sug’urta bozori 
keng ma’noda sug’urta xizmatlarining oldi-sotdisi yuzasidan vujudga keladigan 
iqtisodiy munosabatlar yig’indisini aks ettiradi. Sug’urta bozorining obyektiv 
asosini kutilmagan tabiiy, texnogen va baxtsiz hodisalar oqibatida etkazilgan 


241 
zararni bartaraf etish yo’li bilan ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini 
ta’minlash hisoblanadi. Qolaversa, sug’urta bozori iqtisodiyotni qo’shimcha 
moliyalashtirishda ham muhim o’rin tutadi. Sug’urta bozori faoliyat yuritishining 
asosiy sharti bo’lib sug’urta xizmatlariga jamiyat ehtiyojining mavjudligi va 
ushbu ehtiyojni qondira oladigan sug’urta tashkilotlarini mavjud bo’lishi 
hisoblanadi. Faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta bozori turli tarmoq bo’limlarini 
biriktirgan murakkab, integratsiyalashgan tizimni o’zida aks ettiradi. 
Sug’urta bozori ishtirokchilari sifatida sotuvchilar, xaridorlar va vositachilar 
hamda ularning uyushmalari qatnashadilar. Sotuvchilar toifasini sug’urta va qayta 
sug’urta tashkilotlari tashkil etadi. Xaridorlar sifatida u yoki bu sotuvchi bilan 
sug’urta shartnomasini rasmiylashtiruvchi sug’urtalanuvchilar - jismoniy va 
yuridik shaxslar ishtirok etadilar. Sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi 
vositachilar bo’lib, o’z harakatlari bilan sug’urta shartnomalarini tuzishga 
ko’maklashuvchi sug’urta agentlari va sug’urta brokerlari hisoblanadi. 
Sug’urta bozorida taklif etilayotgan o’ziga xos tovar - sug’urta xizmati 
hisoblanadi. Uning xarid qiymati bo’lib sug’urta qoplamasi shaklini ifodalovchi 
sug’urta himoyasini ta’minlash hisoblanadi. Sug’urta xizmatining narxi sug’urta 
tarifida aks ettiriladi. U talab va taklifga asoslangan raqobat asosida shakllanadi. 
Rivojlangan va rivojlanayotgan sug’urta bozorlarining muammosi 
sug’urtalanuvchilar tomonidan zarur darajada sotib olish layoqatiga ega 
bo’lmaslikda ifodalanishi mumkin. Bu muammoning hal etilishi bir jihatdan 
aholining sotib olish layoqatining o’sishiga va xo’jalik yurituvchi subyektlarning 
moliyaviy barqarorligiga, ikkinchi jihatdan davlat tomonidan umummilliy 
darajada mamlakat makroiqtisodiyoti miqyosida sug’urta xizmatlarini sotib olish 
layoqatini o’stirishga qaratilgan muayyan chora-tadbirlarga bog’liq. 
Mutaxassislar diqqatni sug’urta xizmatlariga talab subyektiv xususiyatga ega 
ekanligiga qaratadilar, ya’ni sug’urta himoyasi bilan ta’minlanishga ongli talab 
ko’p jihatdan iste’molchining ana shunday xizmat mavjud ekanligidan, uning 
iste’mol sifatlaridan, samarasidan, bahosidan bexabarligi va shu kabi sabablarga 
ko’ra amalga oshmay qolishi mumkin. Bu holat sug’urta tashkilotlaridan 
“sug’urta riskini qoplashga doir yashirin talabni ochishga” qaratilgan marketing 
tadbirlarini o’tkazishni taqozo qiladi. 
Sug’urta xizmatlarining taklif etilishi etarli darajada ixtisoslashgan va 
moliyaviy barqaror, ehtimoldagi sug’urtalanuvchilarning talablarini qondirishga 
layoqatli sug’urta tashkilotlarining mavjud bo’lishi orqali ta’minlanadi. 
Investorlarning sug’urta tashkilotiga qiziqishi, sug’urta tariflarini hisoblab chiqish 
uchun zarur statistik va axborot bazasining mavjudligi, moliya bozorining 
sug’urta tashkilotlarining investitsiyalarining qaytarilishini va daromadliligini 
kafolatlaydigan darajada samarali faoliyat ko’rsatishi, shuningdek, sug’urta 


242 
tashkilotlarida malakali menejerlarning va sug’urta xizmati anderraytingi 
bo’yicha mutaxassislarning mavjudligi sug’urta bozorini shakllantirishning 
muhim omili bo’lib hisoblanadi. 
Sug’urta xizmatlari bozori faoliyat turiga qarab umumiy sug’urta xizmatlari 
bozori va hayotni sug’urta qilish bozoriga bo’linadi. O‘zbekiston Respublikasida 
sug’urta xizmatlari bozori 2002-yilning oxirlariga qadar universal tusga ega 
bo’lgan, ya’ni sug’urta tashkilotlari bir paytning o’zida ham umumiy, ham 
hayotni sug’urtalash turlarini amalga oshirib kelgan. 2002-yilning 27-noyabrida 
qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 413-son qaroriga asosan “Sug’urta 
faoliyati klassifikatori” tasdiqlandi. Unga muvofiq sug’urta tashkilotlarining 
faoliyati ikkiga ajratildi: umumiy sug’urta va hayotni sug’urta qilish sohasi. 
Umumiy sug’urta xizmatlari hayot sug’urtasidan tashqari barcha sug’urta 
xizmat turlarini qamrab oladi. Hozirgi kunda umumiy sug’urta xizmatlari 
bozorida faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta tashkilotlari “Sug’urta faoliyati 
klassifikatori”ning umumiy sug’urta tarmog’iga oid barcha sug’urta klasslari 
doirasida sug’urta xizmatlarini ko’rsatayapti. Umumiy sug’urta xizmatlari 
bozorini tavsiflovchi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish