O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

11-MAVZU: UY XO’JALIKLARI MOLIYASI 
REJA: 
1.
 
Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo’jaliklari moliyasi. 
2.
 
Uy xo’jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o’ziga xos 
xususiyatlari. 
3.
 
Uy xo’jaliklari daromadlari. 
4.
 
Uy xo’jaliklari xarajatlari. 
5.
 
Jamg’armalarni shakllantirish va ishlatish. 
1.
 
Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo’jaliklari moliyasi 
Uy-xo’jaliklari moliyasi davlat moliyaviy tizimning ajralmas tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Bozor munosabat-lari tizimida uy xo’jaliklarining moliyaviy 
ahamiyati 
uning 
iqtisodiy 
jihatdan 
qanday 
maqsadlarni 
bajarishga 
mo’ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir tomondan, uy xo’jaliklari ishlab chiqarish 
omillarining (mehnat, yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning)
xususiy egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda o’zlarining daromadlar manbalari 
va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir tomondan esa, uy 
xo’jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar sifatida 
maydonga chiqadi va demak, bozor talabini aniqlab beradi. Bir vaqtning o’zida,
uy xo’jaliklari jamiyat yalpi daromadining bir qismini jamg’aradi, real va 
moliyaviy aktivlarni sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok 
etadi, soliq to’lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy fond-
larini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. 
Odatda, “uy xo’jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan (kishilar 
to’plamidan) iborat bo’lgan institutsi-onal birlikni ifodalash uchun foydalaniladi. 
Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya 
etilgan Milliy hisoblar tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) 
uy xo’jaligini yagona yashash maydonida birgalikda yashayotgan, umumiy 
fondga o’zlarining daromadlari va boyliklarini to’liq yoki qisman berayotgan va 
ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini 
umumiy tarzda (birgalikda) iste’mol qilayotgan kishilarning katta bo’lmagan 
guruhi, deb ta’riflaydi
70

Ayrim hollarda o’zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo’jaligi” atamasining 
“xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga yo’l qo’yilmoqda. Shunga 
mos ravishda “uy xo’jaligi moliyasi” iborasining o’rniga “xonadon moliyasi” va 
“oila moliyasi” iboralari ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida 
ishlatilmoqda. Shu munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo’jaligi”dan 
70
Bu to’g’rida batafsil qarang: Финансово-кредитний енциклопедический словар / Под обшч. ред. А.Г.Грязновой. – М.: 
2002. с. 299. 


256 
farq qilish lozim. Eng avvalo, “uy xo’jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga 
nisbatan kamroq darajada cheklangan xarakterga ega ekanligini qayd etib o’tmoq 
kerak. Masalan, o’zlarining o’g’il-lariga tegishli bo’lgan joyda (binoda) 
yashayotgan keksa ota-onalar uy xo’jaligining a’zolari bo’lsalar-da, uning oilasi 
bo’la olmaydi. Xuddi shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy 
egasining uy xo’jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi 
va h.k. Boshqacha aytganda, uy xo’jaligi qarindosh bo’lmaganlarni ham o’z 
ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo’lishi mumkin. 
Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy 
xo’jaligining iqtisodiy mazmunini tushunishda oilaviy aloqalar asosiy omil bo’la 
olmaydi. Buning ustiga, uy xo’jaligining miqdoriy tarkibi ham o’ziga xos bo’lgan 
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan belgilanadiki, 
birgalikda yashayotgan va umumiy xo’jalikni yuritayotgan shaxslar guruhi ham 
va bir vaqtning o’zida, o’zining iste’molini mustaqil ravishda ta’min-layotgan 
yagona bir shaxs ham uy xo’jaligi bo’lib hisoblanishi mumkin. Uy xo’jaligini 
xo’jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi 
quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog’i lozim: 

birgalikda (bir joyda) yashash; 

umumiy byudjetning mavjudligi; 

iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish. 
Uy xo’jaliklari moliyasi moliyaviy tizimning muhim elementi hisoblanadi. 
Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo’jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg’arish 
uchun pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va 
foydalanishga tegishli bo’lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana 
shuni e’tiborga olgan holda uy xo’jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish 
mumkin: 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish