O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


 Qayta sug’urta qilishning mohiyati va turlari



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

4. Qayta sug’urta qilishning mohiyati va turlari 
Qayta sug’urtalash tarixi sug’urtadan ancha keyin boshlangan, chunki qayta 
sug’urtalash, ta’bir joiz bo’lsa, sug’urtalovchilarni sug’urtalashdir. O‘rta asrlar 
oxirida dengiz yuklarini sug’urtalashning rivojlanishi bilan sug’urtalovchilarning 
qayta sug’urtaga bo’lgan ehtiyojlari orta boshladi. Birinchi yuridik ahamiyatga 
ega bo’lgan qayta sug’urtalash shartnomasi Genuyada 1370-yili ikki savdogar 
orasida tuzilgan
62.
shartnoma Genuyadan Bryuggega dengiz orqali jo’natilgan 
sug’urta obyektini qayta sug’urtalashdan iborat edi. 
Yevropada XIX asrda sanoat rivojlanishi bilan qayta sug’urtalashga bo’lgan 
ehtiyojni faqat etarli moliyaviy resurslari va chet el mamlakatlarida sho’’ba 
korxonalari mavjud bo’lgan sug’urtalovchilar qondirish qobiliyatiga ega bo’lgan. 
Keyinchalik fakultativ qayta sug’urtalash shartnomalari, risklarni to’liq yoki 
qisman qoplash shartnomasi ishlab chiqildi va joriy etildi. Bunday shartnoma 
birinchi bo’lib 1821-yilda tuzilgan. 
Qayta sug’urta operatsiyalari XIX asrning o’rtalarida alohida tadbirkorlik 
turiga aylandi. 1846-yilda Keln qayta sug’urta jamiyati tashkil etildi. Dastlab, 
qayta sug’urta sug’urtalovchining sug’urta shartnomalari bo’yicha javobgarligida 
ishtirok etishdan iborat bo’lgan bo’lsa, o’tgan davrlar mobaynida u 
tavakkalchilikni ikkilamchi taqsimlovchi kuchli mexanizmga aylandi va keng 
miqyosdagi turlarga hamda shakllarga ega bo’ldi. 
Qayta sug’urta sug’urta faoliyatini va sug’urta operatsiyalarining moliyaviy 
barqarorligini ta’minlovchi zaruriy mexanizm hisoblanadi. Ma’lumki, sug’urta 
ehtimollar nazariyasiga asoslangandir. Ko’p hollarda sug’urta tashkilotlari 
to’laqonli muvozanatlashgan risklar portfelini yaratish imkoniyatiga ega 
bo’lmaydi. Bunga sabab sug’urtalangan obyektlar miqdori ko’p emas yoki portfel 
tarkibida katta yoki xavfli risklar joylashganligidir. Bundan tashqari amaliyotdan 
ma’lumki, har qanday sug’urta tashkiloti, hatto risklarni sug’urtaga qabul qilishda 
ularni yaxshi o’rganib chiqqan taqdirda ham, odatda sug’urta shartlari turli 
xatarlarni qoplaganligi uchun, sug’urtalangan obyektlarga suv toshqini, bo’ron, 
zilzila kabi tabiiy ofatlar va yong’in natijasida birdaniga zarar etishi mumkin. 
Sug’urtalovchining mablag’lari va hatto barcha aktivlari uning sug’urtalanuvchi 
oldida portfel bo’yicha javobgarligining uncha katta qismini tashkil etmaydi, 
62
Кристофор П.: “Введение в перестрахование”. “Аникл”, 2002. -14 б. 


248 
lekin yuqoridagi ko’rsatilgan ofatlar esa uning moliyaviy holatiga katta ta’sir 
ko’rsatish bilan birga, hatto inqirozga yuz tutishiga olib kelishi mumkin. 
Sug’urtaga qabul qilingan risklar bo’yicha sug’urta summasini tenglashtirish 
va sug’urta portfeli muvozanatini ta’minlash, sug’urtalovchining moliyaviy 
imkoniyatlariga asoslanib, sug’urta summalari bo’yicha javobgarliklarni to’g’ri 
taqsimlashda va sug’urta operatsiyalarini moliyaviy mustahkamligini va 
rentabelligini ta’minlash maqsadida qayta sug’urta tizimi tashkil etilganligini 
ta’kidlash kerak. 
Qayta sug’urtalash orqali sug’urtalovchi o’zining faoliyatiga xavf soladigan 
quyidagi 3 ta riskning oldini oladi: 
i.
tasodifan yuzaga keladigan zararlar xavfi: 
-
sug’urta hodisasi ro’y berishining aniqligi; 
-
tabiiy ofat natijasida juda ko’p polislar bo’yicha bitta riskdan 
sug’urtalovchi majburiyatlarining yuzaga kelishi. 
ii.
davr xavfi: 
-
pulning qadrsizlanishi natijasida sug’urtalovchi to’plagan sug’urta 
mukofotlarining sug’urta qoplamasini to’lashga yetmasligi; 
-
texnologiyaning taraqqiy etishi natijasida belgilangan sug’urta stavkasi va 
sug’urta shartlarining olingan majburiyatga to’g’ri kelmasligi. 
iii.
xatolik xavfi: 
-
sug’urta ta’riflarini noto’g’ri hisoblash (statistika axborotlarini noto’g’ri 
talqin qilish). 
Har bir sug’urta tashkilotining maqsadi mana shu risklarning oldini olish va 
qayta sug’urtalash imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish hisoblanadi. 
Qayta sug’urtalashning iqtisodiy mohiyati sug’urta tashkilotlari tasarrufida 
dastlabki tashkil etilgan jamg’armani qayta taqsimlashdir, ya’ni bevosita 
sug’urtada sug’urtalovchi sug’urta mukofotlari hisobidan jamg’arma tashkil 
qiladi. Qayta sug’urtalashda esa yangi jamg’arma tashkil etilmasdan, sug’urta 
korxonalari tashkil etgan jamg’armani yo’naltirish va qayta taqsimlash bilan 
jamg’arma tashkil etiladi. Risklarning va jamg’armalarning ikkilamchi 
taqsimlanishi, ya’ni qayta sug’urtalash sug’urtanuvchiga ma’lum bo’lmasligi 
mumkin. Bunday qayta taqsimlanish ikkinchi darajali bo’lib, bu jarayon 
sug’urtalovchi va qayta sug’urtalovchi o’rtasida ro’y beradi. Bunday fikrlarni 
Kristofer Pfayffer
63,
Shaxov V.V
64
, Folkner Xenke
65,
U. Konkelar
66
o’zlarining 
ilmiy ishlarida ko’rsatib o’tganlar. Jamg’armalarning qayta taqsimlanishi sug’urta 
63
Кристофор Пфайффер “Введение в перестрахование” Анкил 2002. 3 б.
64
Шахов В.В. “Введение в страхование”. Москва, Финанси и Статистика 1992. 150 б. 
65
Фолкнер Хенке “Вопросу надзора над перестраховочними предприятиями” ИНРЕ 1996, №3. 14 б. 
66
У.Кноке “Основние аспекти надзора за деятелностно перестраховочних компании” ИНРЕ 1996, №2 17б.


249 
tashkilotlari uchun yangi sug’urta turlarini yaratish va rivojlantirishga hamda 
sug’urta operatsiyalarini kengaytirishga sharoit yaratadi. 
Mutaxassislar sug’urta bozorini tahlil qilib, uni bevosita sug’urta bozori va 
qayta sug’urta bozoriga ajratishadi. Bevosita sug’urta bozori – bu sug’urta 
tashkilotlari bilan ularning mijozlari o’rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy 
munosabatlardir. Biroq, bitta sug’urta tashkiloti har doim ham sug’urtalanuvchiga 
ishonarli sug’urta himoyasini ta’minlab bera olmaydi, ayniqsa agar gap sug’urta 
qiymati va xavfi katta bo’lgan obyektlar haqida ketganda. Shuning uchun ham 
sug’urta tashkilotlari muvozanatlashgan sug’urta portfelini yaratish, moliyaviy 
barqarorligini oshirish va zimmasiga olgan majburiyatlarni to’liq bajarish uchun 
qayta sug’urtalash bozori xizmatlariga murojaat etadi. 
Har bir sug’urta tashkilotining mijozi shuni bilishi kerakki, uning oldida 
sug’urta qoplamasini to’lashda, u bilan shartnoma tuzgan sug’urta tashkiloti 
javobgar bo’ladi. Zero O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 959-
moddasida ko’rsatilgandek: “Qayta sug’urtalashda sug’urta tovoni yoki sug’urta 
pulini to’lash uchun asosiy sug’urta shartnoma bo’yicha sug’urtalovchi javobgar 
bo’lib qolaveradi”. Bundan ko’rinib turibdiki, qayta sug’urtalovchi 
sug’urtalovchiga, faqat, ulushi miqdorida zararni qoplashga kafolat beradi va 
sug’urtalanuvchi bilan munosabatda bo’lmaydi. Ba’zan, sug’urta tashkiloti 
reklama sifatida sug’urta qildiruvchiga risklari mashhur va ishonchli qayta 
sug’urta tashkilotlarida sug’urtalashini ma’lum qiladi. Lekin, bu holat sug’urta 
tashkilotiga sug’urta qoplamasini to’lab bera olmaganda, qayta sug’urtalovchidan 
to’g’ridan-to’g’ri qoplamasini talab qilish huquqini bermaydi. 
Qayta sug’urta operatsiyalari faoliyati faqat qayta sug’urtalashga 
ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotlari yoki bevosita o’rnatilgan talablarga 
javob beradigan sug’urta tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 
Rivojlangan mamlakatlarda sug’urta tashkilotlari ixtisoslashgan qayta sug’urta 
tashkilotlari xizmatidan foydalanadi. Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi 
sug’urta bozorida ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotlari tashkil etilmagan. 
Hozirda O‘zbekistonda qayta sug’urtalash ishlari, bevosita, belgilangan tartibda 
sug’urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Qayta sug’urta, so’zsiz, sug’urta tizimida muhim ahamiyatga ega. 
Sug’urtalanuvchi nuqtai nazaridan, sug’urtalovchining qayta sug’urtalashda ishtirok 
etishi yuqori sifatli sug’urta xizmatlarini taqdim etishga, zararlarni o’z vaqtida va 
to’liq qoplashga ko’mak beradi. U sug’urtalovchining ishonchlilik darajasini 
oshiradi va shu bilan birga mijoz bilan o’zaro munosabatlarini samarali bo’lishini 
ta’minlaydi. 
Sug’urta sug’urtalashga riskni qabul qilish bilan bog’liq iqtisodiy 
munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish). Sug’urtalovchi 


250 
muvozanatlashgan sug’urta portfelini yaratish va sug’urta operatsiyalarining 
moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskning bir 
qismini o’zaro kelishilgan holda boshqa sug’urtalovchiga berishi (riskni 
ikkilamchi joylashtirish) mumkin. Qayta sug’urta aktiv (riskni berish) va passiv 
(riskni qabul qilib olish) ko’rinishga ega. Bundan tashqari, qayta sug’urta nisbiy 
va nonisbiy shaklda bo’ladi. Ayrim holatlarda, qayta sug’urta operatsiyalari qayta 
sug’urta brokeri - ikkita tomon, ya’ni sug’urta tashkiloti va qayta sug’urta 
tashkiloti o’rtasida vositachilik qiluvchi shaxslar tomonidan ham amalga 
oshirilishi mumkin. 
Qayta sug’urta munosabatlarining uzoq rivojlanish davomida uning yangi shakl 
va turlari paydo bo’ldi. Eng qadimiy qayta sug’urta shartnomasi shakllaridan biri 
fakultativ qayta sug’urta shartnomasidir.
Fakultativ qayta sug’urtalashda sug’urtalovchi riskni, xohlasa qayta 
sug’urtalashga beradi, xohlasa o’zida olib qoladi va mos ravishda qayta 
sug’urtalovchi xohlasa riskni o’ziga oladi, xohlasa olmaydi
67.
Obligatorli qayta sug’urtalash bir martalik qayta sug’urtalashdan farqli, unda 
tomonlarning 
munosabatlari 
mustahkamlanadi. 
Obligatorli 
qayta 
sug’urtalashning asosiy jihati ekstsedent qayta sug’urtalash va ulush xajmini 
aniqlash bilan bog’liq. 
Obligatorli qayta sug’urtalash shartnomasiga asosan sug’urta tashkiloti 
o’ziga qabul qilgan riskni qayta sug’urtalash shartnomasiga asosan qayta sug’urta 
tashkilotiga berishi shart, o’z navbatida qayta sug’urtalovchi bu riskni qabul 
qilishi shart. Obligatorli qayta sug’urtalashda sug’urta tashkilotining sug’urta 
mukofotlarini, sug’urta tariflarini, sug’urta xodisalarini oldini olish va sug’urta 
qoplamalarini to’lash huquqi o’zida qoladi. Lekin, ularning hammasi 
sug’urtalovchining va qayta sug’urtalovchining manfaatlarini ko’zda tutgan holda 
bo’lishi kerak. 
Obligatorli qayta sug’urta shartnomasi bo’yicha qayta sug’urta 
to’lovlarining hammasi sug’urta mukofotidan foizlar hisobida to’lanadi. 
Obligatorli qayta sug’urtalash shartnomasi noaniq muddatga tuzilib ikki 
tomonning roziligi bilan bekor qilinishi mumkin. Bunday shartnoma sug’urta 
tashkiloti uchun foydalidir, chunki bunda hamma qabul qilingan risklar qayta 
sug’urta himoyasiga ega. Obligatorli qayta sug’urta fakultativ qayta sug’urtadan 
farqli, u sug’urta portfelining katta qismini o’z ichiga oladi. Obligatorli qayta 
sug’urta shartnomasi fakultativ qayta sug’urta shartnomasidan ancha arzonroq. 
Shuning hisobiga xalqaro qayta sug’urta bozorida ushbu qayta sug’urta turi katta 
salmoqni tashkil etadi. 
67
Гомелля В. Рубин Ю. “Страховой портфел”. Москва 1994. 347 б.


251 
Obligatorli qayta sug’urtadan farqli, fakultativ qayta sug’urtada qayta 
sug’urtalovchi o’ziga qabul qilayotgan risk haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ladi. 
Ushbu shartnoma bo’yicha bir martalik bitimlar amalga oshiriladi. Fakultativ qayta 
sug’urta shartnomasi tomonlarga to’liq erkinlik beradi. 
Sug’urta tashkilotining qayta sug’urtalovchiga fakultativ qayta sug’urtalash 
bo’yicha berayotgan taklifida risk haqida quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak: 

sug’urta tashkilotining nomi va manzili; 

qayta sug’urta turi: proportsional yoki noproportsional; 

riskning joylashgan joyi; 

sug’urta manfaati; 

shartlar-sug’urtalangan xavflar (qaysi risklardan sug’urtalanadi va 
qaysilaridan sug’urtalanmaydi (istisnolar) to’liq ko’rsatiladi); 

umumiy sug’urta summasi, qoplamaning qaysi valyutada to’lanishi, 
stavkalar; 

franshiza; 

qayta sug’urtalovchiga mukofot, qayta sug’urta komissiyasi va boshqa 
xarajatlar; 

fakultativ qayta sug’urtaning boshlanishi va tugash sanasi; 

taklif qilingan ulush; 

zararning oldini olish imkoniyati va choralari; 

ekspert xulosasi; 

bevosita sug’urtadagi sug’urtalovchining ulushi. 
Odatda fakultativ qayta sug’urtalash jarayoni sekin kechadi, chunki qayta 
sug’urtalovchi riskni obdon o’rganguncha bir muncha vaqt ketadi. Qayta 
sug’urtalovchi riskni o’rganib bo’lib, sug’urta tashkilotiga o’zi qabul qila oladigan 
ulush miqdorini aytadi. Yirik qayta sug’urtalovchilar o’zlarining fakultativ qayta 
sug’urtalash bo’linmalariga ega. Fakultativ qayta sug’urtalashda qayta 
sug’urtalovchining vazifasi bevosita sug’urta tashkilotining imkoniyatini 
kengaytirish bilan cheklanib qolmasdan, balki riskni baholash, sug’urta 
shartnomalari shartlarini belgilash, zararni oldini olish va ushbu masalalar 
bo’yicha maslahat berishdan ham iborat. Fakultativ qayta sug’urta sug’urtalovchi 
va qayta sug’urtalovchiga ko’p qulayliklar yaratishi bilan birga kamchiliklarga 
ham ega. Fakultativ qayta sug’urtaning asosiy kamchiliklari quyidagilardan 
iborat: 
1)
qayta sug’urtaga berilayotgan risk bo’yicha ma’muriy ishlar hajmining 
ko’pligi; 
2)
riskni joylashtirishda sug’urtalovchining har bir qayta sug’urtalovchi 
bilan aloqada bo’lishiga ketadigan ko’p vaqt; 


252 
3)
sug’urtalovchi sug’urtalanuvchidan birdaniga uning moliyaviy 
imkoniyatlaridan katta riskni qabul qila olmaydi; 
4)
fakultativ qayta sug’urtalovchi tomonidan o’rnatiladigan komission haq 
nisbatan kamroq bo’ladi. 
Yuqoridagi sanab o’tilgan kamchiliklarga qaramasdan fakultativ qayta 
sug’urta quyidagi sabablarga ko’ra amalda qo’llaniladi: 
5)
oddiy sug’urta shartnomalariga to’g’ri kelmaydigan maxsus risklarni 
qayta sug’urtalashda; 
6)
obligatorli qayta sug’urtalash shartnomasida qayta sug’urtalash limitidan 
oshgan summani qayta sug’urtalashda; 
7)
shartnoma bo’yicha risklarning zarar xavfi juda yuqori bo’lganda va qayta 
sug’urtalovchining javobgarligini cheklashda; 
8)
bozorning boshqa sug’urta tashkilotlari band etgan segmentida sug’urta 
tashkilotining teng ishtirok etishi. 
9)
sug’urta 
qildiruvchi 
faoliyatining 
yangi 
yo’nalishlarini 
sug’urtalayotganda sug’urtalovchining moliyaviy imkoniyatlarni oshirishda; 
10)
sug’urtalovchiga sug’urtaga qabul qilish amaliyotini baholashda; 
11)
alohida ahamiyatga ega bo’lgan risklarni sug’urtalashda qayta 
sug’urtalovchining tajriba va salohiyatidan foydalanish. 
Qayta sug’urta qilish operatsiyalari nisbiy va nonisbiy shaklda amalga 
oshiriladi. Nonisbiy qayta sug’urta qilishga nisbatan nisbiy qayta sug’urtalash 
ancha ilgari paydo bo’lgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda nisbiy qayta 
sug’urtalashni, ba’zan, an’anaviy qayta sug’urtalash ham deb atash qabul 
qilingan. 
Nisbiy qayta sug’urta qilishning asosiy mohiyati shundaki, qayta sug’urta 
tashkilotining riskni taqsimlashdagi ulushi sug’urta tashkiloti aniqlagan nisbat 
asosida oldindan aniqlanadi. Ushbu nisbatga qarab, qayta sug’urtalash 
mukofotining va sug’urta tashkilotining tegishli ulushi aniqlanadi. Nisbiy qayta 
sug’urta qilishning prinsipi “qayta sug’urtalovchi sug’urta tashkilotining riskini 
bo’ladi”, degan fikrdan iborat. 
Qayta sug’urta shartnomasining asosiy shartlari O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining 959-moddasida o’z ifodasini topgan. Xususan, unda qayd 
etilishicha “sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi o’z zimmasiga olgan 
sug’urta tovonini yoki sug’urta pulini to’lash xavfi uning tomonidan to’liq yoki 
qisman boshqa sug’urtalovchida (sug’urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta 
sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalanishi mumkin
68
”. Qayta sug’urta 
qilish shartnomasini tuzgan sug’urta shartnomasi (asosiy shartnoma) bo’yicha 
sug’urtalovchi keyingi shartnomada sug’urta qildiruvchi hisoblanadi. 
68
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. – T.: Adolat, 2002.


253 
Qayta sug’urta qilishda sug’urta tovonini yoki sug’urta pulini to’lash uchun 
asosiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta qildiruvchi oldida ushbu shartnoma 
bo’yicha sug’urtalovchi javobgar bo’lib qolaveradi. 
Biroq asosiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalanuvchi hisoblangan 
sug’urta tashkiloti sug’urta hodisasi yuz berishidan oldin tugatilgan taqdirda, 
uning ushbu shartnoma bo’yicha huquq va majburiyatlarining qayta sug’urta 
qilingan qismi qayta sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchiga o’tadi. 
Ikki yoki bir nechta qayta sug’urta qilish shartnomalarini ketma-ket tuzishga 
yo’l qo’yiladi. Bunday shartnomalarning har biri keyingi qayta sug’urta qilish 
shartnomasiga nisbatan asosiy sug’urta shartnomasi deb hisoblanadi. 
Xalqaro amaliyotda sug’urta tashkilotlari va ixtisoslashgan qayta sug’urta 
tashkilotlari o’rtasida vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi qayta sug’urta 
brokerlari muhim rol o’ynaydi. Shuni inobatga olgan holda O‘zbekiston 
Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunida qayta sug’urta 
brokeri tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “O‘z nomidan va qayta 
sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urta qildiruvchi tariqasida ishtirok 
etuvchi sug’urtalovchining topshirig’iga binoan qayta sug’urta qilish shartnomasi 
tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo’yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs 
qayta sug’urta brokeri hisoblanadi”
69
. Biroq, 2019-yil 1-yanvar holatiga 
O‘zbekiston Respublikasida birorta ham qayta sug’urta bilan shug’ullanadigan 
brokerlik idoralari tashkil etilmagan. Holbuki, xalqaro qayta sug’urta bozorlarida 
qayta sug’urta brokerlarining faoliyati keng taraqqiy etganligini inobatga olsak, 
bunday tashkilotlarning keyinchalik milliy sug’urta bozorimizda tashkil etilishiga 
shubha qilmasa ham bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2007-yil 15-sentyabrda amalda bo’lgan 
“Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga qo’shimcha va o’zgartirishlar, shu 
jumladan yangi 8
1
modda kiritilgan. Bu moddada sug’urta hamda qayta sug’urta 
brokerlarining huquq va majburiyatlari yoritilgan. Quyida sug’urta hamda qayta 
sug’urta brokerlarining huquq va majburiyatlarini keltirib o’tamiz: 
Sug’urta va qayta sug’urta brokerlari quyidagi huquqlarga ega: 

sug’urtaning (qayta sug’urta qilishning) har qanday turi bo’yicha 
vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish; 

sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda
sug’urtalovchini (qayta sug’urtalovchini) tanlash; 

sug’urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining miqdorlari, 
sug’urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to’g’risida, shuningdek 
69
O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga qo’shimcha va o’zgarishlar kiritish 
to’g’risida. – Xalq so’zi, 2007-yil 15- sentyabr. 


254 
sug’urtalovchining to’lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir 
boshqa ko’rsatkichlar haqida ma’lumotlar olish; 

ekspert va maslahat xizmatlari ko’rsatish. 
Sug’urta va qayta sug’urta brokerlari qonun hujjatlariga hamda o’zlari 
tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishlari mumkin. 
Sug’urta va qayta sug’urta brokerlari: 

sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; 

sug’urta shartnomasini tuzish va ijro etish bo’yicha to’liq, ishonchli 
hamda xolisona axborotni mijozlarning so’rovlariga ko’ra taqdim etishi; 

mijozning tijorat sirini va boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumotlarni 
oshkor qilmasligi shart. 
Sug’urta va qayta sug’urta brokerlarining zimmasida qonun hujjatlariga 
hamda o’zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi 
mumkin.
Qayta sug’urta qilish shartnomalari bir tomondan sug’urta tashkilotlari 
o’rtasida o’zaro tuzilishi yoki ikkinchi tomondan, sug’urta tashkiloti va 
ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkiloti o’rtasida tuzilishi mumkin. Dastlab, 
sug’urta tashkiloti o’zining moliyaviy qobiliyatini mustahkamlash maqsadida 
qabul qilib olingan riskning bir qismini boshqa sug’urta tashkilotida yoki 
ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotida sug’urtalash to’g’risida qaror qabul 
qiladi. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida sug’urtalovchi 
ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotiga murojaat qiladi. Agar qayta sug’urta 
tashkiloti riskni qayta sug’urta qilishga rozilik bildirsa, ular o’rtasida qayta 
sug’urtalash shartnomasi tuziladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shartnoma 
shartlarida, unda ishtirok etuvchi tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, 
olingan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan javobgarlik, shartnomani kuchga 
kirishi, amal qilish va bekor etilishi qoidalari mujassam bo’lishi kerak. 
Shuningdek, shartnomada qayta sug’urtalash mukofoti miqdori va javobgarlik 
hajmi ko’rsatilishi zarur.
Qayta sug’urta qilish shartnomalari ba’zi o’ziga xos belgilariga ega bo’lib, 
ushbu holat uni boshqa turdagi shartnomalardan farqlaydi. Shuning uchun ham 
qayta sug’urta sohasini nazariy jihatdan qaysi sug’urta tarmog’iga kiritish yoxud 
uni mustaqil sug’urta sohasi sifatida qarash ancha bahs munozarani talab qiladi. 
Agar sug’urta hodisasi ruy bersa, bu haqda sug’urta korxonasi qayta sug’urta 
korxonasiga darhol xabar qilishi kerak. O‘z navbatida, qayta sug’urta korxonasi 
shartnomada ko’zda tutilgan qoplamani to’lashi shart. Qayta sug’urta korxonasi 
shartnoma buyicha o’z majburiyatlarini to’la-tukis bajarsa, u holda shartnoma 
bajarilgan hisoblanadi.


255 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish