224
chiqarishning rivojlanishi, sanoatning yangi bosqichga ko’tarilishi turli texnogen
tusdagi xavflarning vujudga kelishiga olib kelgan.
Jamiyatning barcha jabhalari taraqqiy etishi barobarida fuqarolarning bir
maromda hayot kechirishlariga va korxonalarning barqaror faoliyat ko’rsatishiga
salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar ham kengaya boshladi. Mana bir misol.
Sanoatning tez sur’atlar bilan rivojlanishi tabiat va jamiyat o’rtasidagi
muvozanatning buzilishiga, birinchi galda, ekologik
vaziyatning tang ahvolga
tushib qolishiga sabab bo’ldi. To’g’ri, insoniyat tabiatning injiqliklariga ko’nikib
yashashga o’rgangan, ammo, shu bilan bir qatorda tabiiy ofatlar, yong’in va
boshqa noxush hodisalar ro’y berishi oqibatida yuzaga kelgan zararlar,
yo’qotishlarning o’rnini qoplash vositalarini izlab topishga ham harakat qilgan.
Hatto, insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida hayot kechirgan
ajdodlarimiz bunday ko’ngilsiz hodisalar ro’y berishi natijasida ko’rilishi mumkin
bo’lgan zararlar va nobudgarchiliklardan saqlanish choralarini ko’rganlar. Ana
shunday choralardan biri sifatida qurg’oqchilikdan saqlanish maqsadida suv
omborlari va oziq-ovqat zaxiralarini yaratganlar. Har ehtimolga qarshi zaxiralarni
yaratish va oldindan ko’rib bo’lmaydigan hamda
insoniyatning ongi bilan
boshqarib bo’lmaydigan ko’ngilsiz hodisalar sodir bo’lishi oqibatida yuzaga
kelgan zararlarning o’rnini qoplash hozirgi zamon sug’urta munosabatlarining
asosini tashkil etadi.
Tabiiy ofatlar, yong’in va boshqa noxush hodisalar yuz berishi
natijasida
etkazilgan zararlarning o’rnini qoplashda sug’urta muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy adabiyotlarda sug’urta tushunchasiga turlicha ta’riflar keltirilgan.
Ulardan eng keng tarqalgani “yuridik va jismoniy shaxslarning badallari
hisobidan maxsus pul jamg’armasini tashkil etish va turli noxush hodisalarning
sodir bo’lishi natijasida ana shu shaxslarning hayoti
va faoliyatiga etkazilgan
zararlarni mazkur jamg’arma hisobidan qoplash bilan bog’liq iqtisodiy
munosabatlarga sug’urta deyiladi”
58
. 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunida
sug’urtaga quyidagicha ta’rif berilgan: “Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy
shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari
hisobidan muayyan voqea (sug’urta hodisasi) yuz
berganda ushbu shaxslarga
sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li
bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi”
59
.
Ko’rinib turibdiki, yuridik va jismoniy shaxslar xizmat haqi sifatida
to’laydigan sug’urta mukofotlari hisobidan maxsus maqsadga mo’ljallangan pul
fondlari tashkil etiladi. Bu pul fondlari sug’urta tashkilotlarining tasarrufida
58
Ермасов С.В., Ермасов Н.Б. Страхование: Учебное пособие для вузов. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2004. – 5 с.
59
O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuni.// Xalq so’zi, 2002-yil, 28-may.
225
bo’ladi. Sug’urta tashkiloti yuridik hamda jismoniy shaxslar o’rtasida tuzilgan
sug’urta shartnomasiga asosan sug’urta hodisasi sodir bo’lishi natijasida
etkazilgan zararlarni qoplaydi.
Sug’urta hodisasi sodir bo’lishi natijasida etkazilgan zararlar, faqat, sug’urta
tashkiloti bilan tegishli sug’urta shartnomasini tuzgan yoki sug’urta polisini olgan
yuridik va jismoniy shaxslarga shartnomada ko’rsatilgan xavf-xatarlar sodir
bo’lgan taqdirdagina qoplanadi. Demak, sug’urta qoplamasini olish uchun yuridik
yoki jismoniy shaxs sug’urta mukofotini to’lagan va shu asnoda pul fondini
shakllanishida ishtirok etgan bo’lishi kerak.
Sug’urta quyidagi ikkita tarmoqqa ajratilgan:
- hayotni sug’urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog’lig’i, mehnat
qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog’liq manfaatlarini sug’urta qilish,
bunda
shartnoma bo’yicha sug’urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda
sug’urta pullarining sug’urta shartnomasida ko’rsatib o’tilgan oshirilgan foizni
o’z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to’lovlarini (annuitetlarni) qamrab
oladi);
- umumiy sug’urta (shaxsiy, mulkiy sug’urta, javobgarlikni sug’urta qilish
hamda hayotni sug’urta qilish sohasiga taalluqli bo’lmagan boshqa sug’urta
turlari).
Har bir sug’urta tarmog’i sug’urta risklari va majburiyatlarining umumiy
xususiyatlariga qarab sug’urta klasslariga bo’linadi. Hayotni sug’urta qilish
tarmog’i 4 ta va umumiy sug’urta sohasi 17 ta klassni o’z tarkibiga oladi. Har bir
sug’urta klassi umumiy xususiyatlariga qarab bitta yoki bir nechta sug’urta
turlarini (mahsulotlarini) o’z ichiga oladi. Sug’urta tarmoqlariga oid sug’urta
klasslarining to’liq nomlanishi 2002- yil 27-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug’urta
xizmatlari bozorini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 413-sonli qarori bilan tasdiqlangan
“Sug’urta faoliyati klassifikatori”da keltirilgan.
Sug’urta majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda
O‘zbekistonda majburiy sug’urtaning quyidagi turlari amalga oshiriladi:
harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar
hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug’urtasi;
soliq organlari xodimlarining davlat majburiy sug’urtasi;
davlat sud ekspertlarining hayoti va sog’lig’ini davlat tomonidan majburiy
sug’urta qilish;
sudyalarning hayoti va sog’lig’ini davlat tomonidan majburiy sug’urta
qilish;
Hukumat kafolati ostida kiritilayotgan va Davlat byudjeti mablag’lari
hisobidan qurilayotgan obyektlardagi qurilish risklarini majburiy sug’urtasi;
226
xavfli ishlab chiqarish obyektiga ega korxonalarning xavfli ishlab
chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda
boshqa shaxslarning hayoti,
sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar etkazganlik uchun
fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish;
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta
qilish;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish;
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish.
Majburiy sug’urta qonun asosida joriy etiladi. Majburiy davlat sug’urtasi
davlat byudjeti mablag’lari hisobidan, majburiy sug’urta esa yuridik yoki
jismoniy shaxsning o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug’urta qilish, fuqarolarni
baxtsiz hodisalardan sug’urta qilish, xorijga chiquvchi fuqarolarni sug’urta qilish,
tibbiy sug’urta, uzoq muddatli hayotni sug’urtalash, yuklarni sug’urtalash kabi
sug’urta turlari ixtiyoriy shaklda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: