“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
115
izohlanadi. Qayd etilgan holat bevosita oila hayotida ro‘y berayotgan turli xil o‘zgarishlarga, ham salbiy,
ham ijobiy hodisalarga sabab bo‘lmoqda.
Ikkala jins vakillari haq-huquqlarining amalda tenglashib borayotganligi xotin-qizlarning erkaklar –
yigitlar oldida o‘zini tutishi va o‘z navbatida yigitlarning qizlarga, erkaklarning ayoliga bo‘lgan munosabatlari,
xushomad qilishlarida o‘z aksini topmoqda. Ayniqsa, Yevropa xalqlarida nikoh oldi sovchilik instituti
yo‘qolib, uning o‘rniga o‘z xohishi bilan o‘ziga nikoh sherigini tanlash an’anasi barqarorlashdi. Lekin ayni
holat saqlanib qolgan mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda oila institutiga munosabat boshqacharoq,
ya’ni an’analarga sodiqlik saqlanib qolgan. Sovchilikning ahamiyati shundaki, bunda o‘rtada turganlar, kelin-
kuyov oilasini tanigan, bilgan, surishtirgan odamlar bo‘lgani sababli ham ular yosh oilaning mustahkam
bo‘lishidan juda manfaatdordirlar, shuning uchun haqiqiy o‘zbekona mezonlar, “teng-tengi bilan” tamoyili
asosida, sovchilar yordamida qurilgan nikohlar aksariyat holatlarda mustahkam bo‘ladi.
Islomda oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Bu xususiyatlar musulmonchilik
talablaridan kelib chiqqan bo‘lib, insonni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash haqidagi umumiy g‘oya bilan bog‘liq.
Musulmon oilalarida kuyov va kelinning avlod-ajdodlarining kelib chiqishini o‘rganish, jismoniy va ma’naviy
poklikka e’tibor berish an’anaga aylangan. Islomiy ma’naviyatda bolani oilada axloqiy tarbiyalash haqidagi
qarashlar insoniylik, ezgulik va yaxshlikka da’vat etgani uchun ham umuminsoniy mazmunga egadir. Shunga
ko‘ra, islom musulmonlargagina xos diniy qadriyat bo‘lib qolmay, balki umuminsoniy qadriyatdir. Milliy
mustaqillik natijasida dinga va diniy qadriyatlarga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi va u oilada bolalarni
axloqiy tarbiyalashning muhim omillaridan biriga aylanib, oilada tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga
yordam bermoqda.
Sharq mutafakkirlari o‘z ilmiy meroslarida oila va oilada farzand tarbiyasi masalalariga katta e’tibor
berganlar[2.32b].
Oiladagi sog‘lom muhit ham muhim o‘rin egallaydi.
Oilada bola tarbiyasi masalasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy qarashlarida ham mavjuddir. Uning
aytishicha, “Ota-onalar ikki xil: tug‘ilish otasi va ta’lim berish otasi: birinchisi jismoniy hayot sababli,
ikkinchisi ruhiy hayot sababli”. Shunga ko‘ra ularni uzviy birlikda olib qarash tarbiya ishida muhim
ahamiyatga molikdir. Uning quyidagi so‘zlari anchayin ibratlidir: “Zamondan yaxshiroq ta’lim beruvchi
muallimni, insondan yaxshiroq ta’lim oladigan o‘quvchini ko‘rmadim”. Uning bu so‘zlaridan bir tomondan
ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal qiluvchi ta’sirini anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta’lim
natijasida kamolotga erishib borishi mumkinligini sezamiz.
Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig‘i otaning roliga alohida e’tibor beradi. “Agar oilada – deydi u,
oila boshlig‘i tajribasizlik, no‘noqlik qilsa, u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda bundan
yomon natijalar kelib chiqishi mumkin”. Bola yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, oila baxtli bo‘ladi. Oilaning eng muhim
vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-ona kim bo‘lishidan qat’iy nazar, bu vazifani mas’uliyat bilan ado
etishi lozim. Ibn Sino “Tadbiri al-manozil” asarida er va xotinning yaxshi sifatlarini sanab o‘tadi. Ularning
shaxsiy namunalari bola uchun o‘rnak bo‘lib, kelajak taqdirini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini
alohida uqtiriladi. Ibn Sino oilada bolani ma’naviy – axloqiy tarbiyalashda mehnatsevarlikning roliga alohida
urg‘u berib, ota-onalarni farzandlariga kasb-hunar o‘rgatishga chaqiradi, mehnatni ulug‘laydi. Mehnatsiz
hayot kechirishning bolaga bo‘lgan salbiy ta’sirini ko‘rsatib beradi.
Voyaga yеtmagan farzandlarini hali oq-qorani yaxshi ajrata olmaydigan, paytda uni o‘z xoliga tashlab
qo‘yish, tarbiyasiga e’tiborsizlik xunuk oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ularning yashash
sharoiti, ta’lim-tarbiya olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi bilan bog‘liq masalalarga jiddiy e’tibor
qaratishi lozim bo‘ladi. Bo‘sh vaqtning bir qismi ekran qarshisida o‘tar ekan, ularga turli milliy va umuminsoniy
qadriyatlarimizni o‘zida jo qilgan o‘zbek Sharq mutafakkirlari Muhammad ibn Muso al Xorazmiy, Abu Nasr
Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus,
Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarini ommaviy axborot vositalari
orqali namoyish etib borilsa, bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, ularning zamonaviy bilim va taraqqiyot
cho‘qqilarini egallashi, o‘z qobiliyat va iqtidorini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Bu jarayonda o‘sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish, ularni xalqimizning
Do'stlaringiz bilan baham: |