“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
117
mehr-muhabbat kabi go‘zal axloqiy qadriyatlarimizga qarshi bo‘lgan axloqsizlik va yovuzlikni o‘zida aks
ettirgan harakatdir.
Аyni paytda keng tarqalgan axloqsizlikni “madaniyat” deb atalishi, yoinki, ming yillik maʼnaviy qadriyat
va anʼanalarni bepisandlik bilan “eskilik sarqiti” deyilishi yoshlarning tarbiyasiga jiddiy xavf solmoqda.
Аslida xalqimizdan boshqalar o‘rnak olsa arzigulikdir. Ming yillik odob-axloq qonimizga singgan ezgu
qadriyatlarni boshqa anʼanalar bilan almashtirish ongli insonga xos bo‘lmagan odatdir.
Taniqli o‘zbek adibi Muso Toshmuhammad o‘gʼli Oybek shunday degan ekan: “O‘zbek xalqi azaldan
buyon madaniyat bulogʼining boshida bo‘lgan”.
Donishmand xalqimizda “kasalni davolashdan ko‘ra, uni oldini olgan maʼqul” degan naql bor. Bu
bejiz aytilmagan, yoshlarni noto‘gʼri yo‘lga kirib ketgandan so‘ng uni qaytarishdan ko‘ra, o‘sha yo‘lga
kirishidan oldin asrab qolish kerak degan xulosa chiqadi. Yaʼni, yoshlarning ongida gʼoyaviy bo‘shliq paydo
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ularni foydali mashgʼulotlarga, ilmiy to‘garaklarga jalb qilish, sport bilan
shugʼullanishi uchun zamin yaratish, yaxshiliklar qilishga o‘rgatish, muhimi Xudoni tanitish ana shunday
illatlar-u buzgʼunchi gʼoyalardan yiroq bo‘lishini taʼminlaydi.
Biz asli kimmiz, kimning farzandlarimiz, kimning avlodimiz, ajdodlarimiz qanday buyuk insonlar
bo‘lishgan… bularning barchasini har bir o‘gʼil-qizlarning ongiga singishi lozimki, biz o‘zgalarning
madaniyatiga qiziqmaylik, aksincha ular bizning odob-axloqimizni o‘rgansinlar!
Хulosa qilib aytganda, oilaviy tarbiya – yuksak axloqiy urf-odatlar va anʼanalarga asoslangan bo‘lib,
barkamol, har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish, aynan, oiladan boshlanadi.
Milliy va insoniy qadriyatlar turli yo‘nalishlarga ega: anʼanalar, marosimlar, urf-odatlar, taʼlimot
qoidalari, qarashlarni qamrab oladigan falsafiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, psixologik, pedagogik, tibbiy,
adabiy, meʼmoriy, sanʼat tarixi, diniy urf-odatlar, aqidaviy qoidalar, qarashlar, fikrlar, maqollar, matallar,
so‘zlar va boshqa milliy va umumbashariy durdonalardir.
Shu jihatdan, milliy va umuminsoniy qadriyatlar o‘z ichiga har bir tarixiy davrning shiori, murojaati,
nizomi, ko‘rsatmalari hamma uchun majburiy bo‘lgan qonun va tartib sifatida xizmat qilgan. Ular tartib
intizomlilikni, go‘zallikni va yaxshi fazilatlarni inson hayotiga va umum jamiyatga olib kirgan.
Milliy va umumbashariy qadriyatlar insonni ilmli qiladigan, poklaydigan, haqiqat yo‘liga yo‘naltiradigan,
donolikka chorlaydigan, qadrli, taʼsirchan, hamma uchun foydali, betakror, o‘rnak va muqaddas bo‘ladigan
hamma narsani o‘z ichiga oladi. Kelajakda inson hayotiga va jamiyatiga ajoyib durdonalarni yaratish uchun
go‘zallik va yaxshilik olib keladi. Oilaning barqarorligini va mustahkamligini taʼminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |