Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/273
Sana26.03.2022
Hajmi3,48 Mb.
#511277
TuriСборник
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   273
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
119
avaylash va ko‘paytirish burchimiz ekanligini, tabiatni avaylab-asrash tirik muhitni va insoniyatning o‘zini 
saqlab qolishning yagona yo‘li ekanligini bolalar ongiga singdirish lozim.
Qadim-qadim zamonlardan boshlab, atrof-olamni muhofaza qilish, ona tabiatimizni e’zozlash O‘rta 
Osiyo xalqlariga xos xususiyat bo‘lgan. Bu haqda qadimgi qo‘lyozmalar va ulug‘ allomalarimizning asarlari 
guvohlik beradi. Ularda suv, tabiat, o‘simliklar, hayvonlar va ularning atrof-muhit, tabiat bilan o‘zaro 
munosabatlari, aloqalari va boshqalar borasida qimmatli fikrlar yozib qoldirilgan, Garchand, u vaqtlarda 
ekologiya fan sifatida shakllanmagan bo‘lsa-da, lekin o‘sha davrlardayoq tabiat va undagi tabiiy muvozanat, 
tozalikning ahamiyati, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash zarurligi ta’kidlab o‘tilgan.
Eng mo‘tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz “Avesto” xalqimizning bebaho mulki sanaladi. Bu nodir kitob 
bundan o‘ttiz asr muqaddam shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy 
tarixiy merosidir. “Avesto”, ayni zamonda, bu qadim o‘lkada buyuk davlat, yuksak ma’naviyat va madaniyat 
bo‘ganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdir. 
“Avesto” tabiat va inson o‘rtasidagi munosabatlarni ma’naviy, ruhiy va axloqiy mezonlar orqali 
uyg‘unlashtiruvchi, kishini qurshab olgan olamni o‘rganishga chorlaguvchi falsafadir.
“Avesto”da noyob dorivor giyohlar haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Bundan tashqari, uy-joy, 
atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish, uni asrash to‘g‘risida tavsiyalar berilgan. Atrof-muhit, ko‘chalarni, 
butazorlar-u o‘tloqlarni, yеrni iflos qilgan kishilar jazolanganlar. Shuningdek, muhit tozaligini saqlash va 
kasalliklarni oldini olish maqsadida axlatlarni, ifloslangan joylarni tosh, tuproq, qum bilan ko‘mib tashlash 
buyurilgan. Asarda uy hayvonlarini to‘g‘ri parvarish qilish yo‘llari ham ko‘rsatilgan. 
Bundan tashqari, kitobda 17 xil suvning ta’rifi berilgan. Unda barcha suvlarning birikishi natijasida 
vujud mavjudligi ta’minlanadi, deyiladi. Albatta har bir davrning o‘z udumlari bo‘lgan. Chunonchi, Zardusht 
zamonidagi udumlardan biri “Sidranushlik” udumidir. Bu udumga ko‘ra, qiz bolalar 15 yoshda, o‘g‘il bolalar 
esa 17 yoshda dindorlarning maxsus tikilgan harir oq libosida yakka tangri Axuramazda nomi ila suv va 
otash yonida qasamyod etganlar. Bunday holatda qasamyod etganlar hargiz gustohlikka berilmaganlar, ona 
tabiat bag‘ridagi jonivor va o‘simliklarga ozor berishmagan va qo‘shnisining omonatiga xiyonat qilishmagan. 
Demak, zardushtlarda suv olov singari yorug‘lik, poklik, hayot, unib-o‘sish ramzi bo‘lgan.
Ular Xudoning asosiy vazifasi suvni nopoklikdan asrash va uning doimiy oqib turishini ta’minlashdan 
iborat deb tushunishgan. Shuning uchun ham ularda har qanday holatda tabiatni va suvni pok saqlash, 
asrab-avaylash, tejab sarflash haqidagi da’vatlar tez-tez uchrab turadi. Unda “Inson butun umri davomida 
suv, otash, er, havoni, umuman, dunyodagi jamiki narsani, pok, bus-butun va pokiza asrashga majburdir.
Yer, suv, olov, havoni e’zozlash qoidalarini buzgan har bir inson 400 qamchi urilib kaltaklanish jazosiga 
mahkum etilajak”, – deb yozilgan.
Ayrim milliy qadriyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlarga aylanib boradi. Atrof-olamni, hayvon va 
o‘simliklarni, qush va hasharotlarni asrash faqatgina insonnning o‘zini hududigina emas, balki butun yer 
kurrasida yashovchi insonlarga tegishlidir. Albatta, buning uchun ona tabiat bilan yaqinroq tanishib olish 
maqsadga muvofiq.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ota-onalar o‘rni o‘ta muhimdir. Ular bilan birgalikda olib borilgan 
tarbiyaviy ishlar samarali natija beradi. Shuning uchun tabiat haqidagi ta’limotni va ilk tushunchalarni ota-
onalar bolalarda yoshligidan boshlash kerak. Agar ota-onalar va tarbiyachi-pedagoglar hamkorlikda va o‘zaro 
aloqada bo‘lsa, bolalarni atrof-olamni asrash madaniyatini sezilarli ijobiy natija beradi.
Ota-onalarning tabiat haqidagi qarashlari va tushunchalari o‘sib kelayotgan farzand uchun atrof-olamni 
asrash madaniyatini shakllantirishda asosiy va muhim o‘rin tutadi. Afsuski, ko‘pgina oilalarda, asosan, 
iqtisodiy va shaxsiy manfaatlar birinchi o‘rinda bo‘lib, tabiatga va atrof-olamga nisbatan befarq yoki umuman 
e`tibor qaratmaydilar. Ota-onalarning tabiat haqidagi qarashlari va tushunchalari o‘sib kelayotgan farzand 
uchun atrof-olamni asrash madaniyatini shakllantirishda asosiy va muhim o‘rin tutadi.
Oilaning tabiatga yuqori axloqiy munosabatini rivojlantirishda oiladagi ekologik tarbiya alohida 
ahamiyatga ega. Sekin-asta bolalarda tabiat haqidagi tushunchalar shakllanadi, shaxsiy fazilatlar rivojlanadi. 
Bunda uzluksiz ekologik ta’limning asosi shakllanadi va ta’limning keyingi bosqichlarda mustahkamlanib 
boradi. 
So‘nggi paytlarda ekologiya mavzusi tobora dolzarb bo‘lib, ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda. Biz tez-
tez ekologik ofatlar, muammolar, ularning oqibatlari va sabablari haqida eshitamiz. Biroq, ko‘pchilik uchun 



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish