TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MAGISTRATURA BO‘LIMI
YURIDIK FAKULTETI
“FUQAROLIK JAMIYATI”
kafedrasi
Ijtimoiy gumanitar fanlar o‘qitish metodikasi (ma’naviayt asoslari)
yo‘nalishi 2-bosqich magistranti
Badalova Jamila Jamalovnaning
UZLUKSIZ TARBIYA KONSEPTUAL ASOSLARI
Fanidan
“Uzluksiz Tarbiya-Ijtimoiy Tarixiy Zarurat”
mavzusida tayyorlagan
REFERATI
Bajardi: J.Badalova
Qabul qildi: dots R.Norliyev
TERMIZ 2021
Reja:
1. Ta’lim va tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida.
2. Ta’lim va tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti.
3.Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari.
Tarbiyaviy ishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati. Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning yaratilishi ta’limni tubdan halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov o’zining bir qancha nutq va risolalarida istiqbolga erishishning yo’llari, tamoyillarini aniq va ravshan ko’rsatib bergan. Ayniqsa, “Istiqlol va ma’naviyat”, “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida”, “ Barkamol avlod orzusi ” kabi asarlarida jamiyatning ma’naviy jihatdan yangilanishi va rivojlanishi, tarbiya masalalari, ijtimoiy tarbiyaning aosiy negizlari bayon etilgan. Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo’lib, har xil tarzda izohlanib kelindi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sog’lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bog’liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o’rganilmoqda. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo’ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir.
Tarixdan ko’pgina allomalarimiz tarbiyaga katta ahamiyat berib jamiyatning asosiy vazifalaridan deb bilishgan . ‘’Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir’’ A.Avloniyning ushbu so’zlaridan ham tarbiya naqadar muhum ijtimoiy jarayon ekanligini bilib olishimiz mumkin. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti bo’lajak o’qituvchi-tarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va yo’llari hamda bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining o’rganish obyektini esa ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy ,jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo’lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi, bugungi kuntalabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, aynipaytda bu o’qituvchilarga katta mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o’qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog’i lozim. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh masalalaridan biri ham yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdan iborat etib belgilangan. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy, tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiyaviy ishlar tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib,ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat: - o’quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o’rganib, unga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish mahoratiga ega bo’lish ; - tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo’lgan metodlarni tanlab, ko’zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko’ra bilish ; - ilg’or tajribalarni tahlil qilish va uni o’z faoliyatida ijodiy foydalanish ; - tarbiyaviy ishlarning o’quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish ; - tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’z bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim. Darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bilan birga DTS lariga mosligiga e’tibor qaratish zarur bo’ladi. 1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o’rin tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba’zi bir talablarga ta’sir qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi. 2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama kamol topishini hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e’tiborni qaratish zarur bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilar yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda metodikaga tayanish maqsadga muvofiqdir. -Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy , jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir.
-Tarbiya katta avlod tomonidan yosh avlodga berilaigan hayotiy tajriba bo’lib yosh avlodning ijtimoiy hayotga moslashishi uchun muhum ahamiyat kasb etadi. Bunga misol qilib ‘’Agar katta avlod yo’qolib ketganida insoniyat yo’qolib ketmasdir balki lekin jamiyat rivojlanishi ancha sekinlashardi balki umuman yo’qolib ketishi ham mumkin’’ degan so’zlarni keltirishimiz mumkin. - Har qanday fanlarni o’qitishning maqsadi yosh avlodga to’g’ri tarbiya berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy qonuniyatlari asosida hosil bo’lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos bo’lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs tarbiyasi jarayoni bilan shug’ullanadigan tarbiyaviy ishlar metodikasi fani falsafa fani bilan bog’liqdir.SHuning dek bolalarga to’g’ri tarbiya berish sirlarini o’z chiga olgan pedagogika fani va bolalar ruxiy holati, diqqati, ong taraqqiyoti qonunlarini o’zlashtirgan psixologiya fanlari bn uzviy bog’liq hisoblanadi. Bundan tashqari anatomiya, fiziologiyadan ham foydalaniladi chunki o’quvchilarning organizmi haqidagi bilimlarni tarbiya jarayonida qo’llash tarbiya sifatini oshirishga hizmat qiladi.
Tarbiya ijtimoiy borliqning o‘ta murakkab shakllaridan bi-ridir. Shuning uchun ham u turli ijtimoiy funksiyalarni bajaradi. Mafkuraviy ishlar samaradorligini insonparvar, de-mokratik jamiyat talabi darajasiga ko‘tarmoq uchun avvalo ushbu jarayon tashkilotchilari tarbiya bajaradigan turli ijtimoiy funksiyalarning mohiyatini, ushbu funksiyalarning birini ikkinchisidan farq qiluvchi xususiyat va xossalarini aniq ajrata bilishlari zarur. Chunonchi, bir holatda tarbiya ajdodlarni avlodlarga, o‘tmishni bugunga, bugunni esa kelajakka bog‘lovchi vorislik vazifasini bajarsa, ikkinchi bir holatda ajdodlarimiz va avlodlarimiz to‘plagan ja’miki yaxshi fazi-latlar va xislatlar, qadriyatlarning to‘plami, yig‘indisi, ular to‘plagan tarixiy-ijtimoiy tajriba, barcha bilimlar va ilmlarni bilish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Uchinchi bir holatda tarbiya tarbiya beruvchi shaxsning professional maho-ratini ifodalaydi. Shuning uchun ham tarbiyani ba’zan mahorat, san’at deb ham talqin qiladilar. To‘rtinchi bir holatda tarbiya ajdodlarni avlodlarga bog‘lovchi vorislik funksiyasini bajaradi. Shuningdek, tarbiya insonning mustaqil shaxs bo‘lib ka-mol topishida hal qiluvchi omil, jamiyatning barcha sotsial institutlari, mafkuraviy muassasalar amalga oshirgan tarbiyaviy ishlarning natijasi, hosilasi deb ham sharhlanadi.
Tarbiya ma’lum bir maqsadga qaratilgan, aniq dastur, reja asosida amalga oshiriladigan ongli, mafkuraviy faoliyat hamdir. Xuddi shunday mafkuraviy ta’sir yordamida inson bolasining faoliyati, jamiyatdagi ma’lum bir sotsial guruh yoki tabaqa, sinf yoki shaxs, millat yoki elat, partiya yoki davlat, oila yoki kollektiv manfaati tomon burib yuboriladi. Lekin bundan inson shaxsi faqat mafkuraviy ta’sirning mahsuli degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki inson shaxsining kamol topishida hech qanday dastursiz, rejasiz, stixiyali ta’sirning (do‘stu-birodarlar, hamkasblar, qarindosh-urug‘lar suhbati, poyezd yoki samolyot, bozor yoki choyxonadagi gurung) ham ahamiyati katta bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bunday ta’sir ma’lum bir tuzma (sxema) yoki andoza asosida emas, erkin stixiyali, reglamentsiz sodir bo‘ladi. Shuning uchun inson shaxsni ma’lum bir maqsadga qaratilgan mafkuraviy ta’sirning mahsuli bo‘lish bilan birga stixiyali sodir bo‘ladigan tabiiy-ijtimoiy muhit ta’sirining ham natijasidir.
Fan va texnika taraqqiyoti yutuqlari turmush tarzimizning barcha jabhalariga tezkorlik bilan kirib borayotganligi oqiba-tida informatsiyalar oqimi uzluksiz ortib borayotir.(3-9) Bunday informatsiyalar ta’sirida jamiyatning turli sotsial insti-tutlari amalga oshirayotgan maqsadga muvofiq mafkuraviy ta’siridan ba’zan tabiiy-ijtimoiy muhitning stixiyali ta’siri ustunlik qilmoqda. Bunday tendensiya ayniqsa res-publikamiz bozor iqtisodiyoti tomon borayotgan hozirgi sharoitda ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Xuddi shuning uchun ham adolatli, in-sonparvar, demokratik jamiyat barpo etilayotgan O‘zbekiston sharoitida xalq, millat, davlat manfaatiga qaratilgan mafku-raviy ta’sirni, tabiiy-ijtimoiy muhitning stixiyali ta’-siridan ustunligini ta’minlamoq, jamiyatning barcha sotsial institutlari amalga oshirayotgan mafkuraviy tadbirlarni muvofiqlashtirish, ularni yagona maqsad - mamlakatimizda bun-yod etilayotgan insonparvar, demokratik jamiyat, huquqiy davlat manfaati tomon yo‘naltirish, umumdavlat, umumxalq ahamiyatiga ega bo‘lgan tarixiy zaruriyatdir.
Mamlakatimizda insonparvar, demokratik jamiyat, huquqiy davlatni barpo etish uchun ommaviy harakat avj olishi bilan ijtimoiy tarbiya jarayonini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib borayotir. Ushbu muammoga bag‘ishlangan turli munozaralar, bahslashuvlar bo‘lmoqda. Insonshunos olimlarimiz tomonidan bir qator sermazmun asarlar yaratildi, maqolalar e’lon qilindi. Lekin ijtimoiy tarbiya haqidagi fikr-muloha-zalar obyekti qilib aksariyat hollarda umumiy ta’lim maktab-lari, qolaversa maktabgacha tarbiya muassasalari olinayotir. Boshqacha qilib aytganimizda, ijtimoiy tarbiyaning obyekti qilib odamning inson bo‘lib shakllanishi jarayonining bolalik va o‘smirlik davrlari ajratib tahlil qilinayotir. Inson umrining xuddi shu davrlarida bo‘ladigan tarbiyaviy ta’sir haqida turli mulohazalar yuritilib, uning ongi va faoliyati shakllanishi jarayonining keyingi davrlari orasidagi aloqadorlikka, o‘zaro ta’sirga e’tibor berilmayotir. Inson umrining bolalik, o‘smirlik davrlaridagi tarbiyaviy ta’sir ja-rayoni bilan uning go‘daklik, yoshlik, yetuklik, keksalik davrlari-dagi o‘zaro aloqadorlik mexanizmini takomillashtirish tadqi-qotchilarimiz e’tiboridan chetda qolayotir. Nazariy tadqiqotlarimizda dialektik yaxlit yondashuvning yetishmasligi tarbiyaviy ishlar amaliyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Oqibatda jamiyatning turli sotsial institutlari amalga oshirayotgan tarbiyaviy ishlarda o‘zaro aloqadorlik mexanizmi ishdan chiqdi. Tarbiyaviy ishlarda hamkorlik, vorislik mexanizmini takomil-lashtirish, jamiyatning barcha sotsial institutlari mafkuraviy imkoniyatlarini muvofiqlashtirish, ularni bir maromda ishlatish yo‘llari, uslublari va usullari aniq belgilab berilmaganligi tufayli keyingi yillarda yaratilgan dasturlar, tavsiyalar, konsepsiyalarda olg‘a surilgan g‘oyalar, takliflar ommaning ma’naviy mulkiga aylanmadi, mehnatkashlarning ongi va faoliyati, turmush tarziga singib ketmadi. Amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning natijalari tarbiya jarayoni tashkilot-chilarining kundalik ish faoliyatidan, munosib o‘rin topmayotir. Boshqacharoq aytadigan bo‘lsak, ijod etilgan turli ilmiy-naza-riy taxminlar, tavsiyalar amalga tatbiq etilishi sekinlashib qolayotir. Buning asosiy sababini qayerdan izlashimiz lozim? Bizning fikrimizcha, buning asosiy sababi tarbiya borasida yara-tilayotgan ilmiy-nazariy taxminlarimiz, tavsiyalarimiz metodologik zaminlarining zaifligidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.MA’NAVIY TARBIYA KONSEPSIYASI
2.UZLUKSIZ MA’NAVIY TARBIYA FANI
3.WWW.ZIYO.NET
4.Sh.M.Mirziyoyev-Erkin Va Farovon Demokratik O’zbekiston Davlatini Birgalikda Barpo Etamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |