“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
122
Galdiyeva Mehribon Durdiyevna,
Toshkent davlat texnika universiteti
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
YOSHLARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASH jAMIYATNING
YUKSALISH GAROVI
Annototsiya.
Ushbu maqola yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash jamiyatni yuksalish garovi asosiga
bag‘ishlangan. Maqolada milliy tarbiya, ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar,
o‘quvchilarning bilimini oshirishda milliy tarbiya masalalari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
milliy tarbiya, mehr-oqibat, shaxs, milliy qadriyat, komil inson, ota-ona, yosh avlod,
oila, mahalla.
Аннотация.
Статья посвящена воспитанию молодежи в национальном духе, как залог прогресса
общества. В статье анализируются факторы, влияющие на эффективность отечественного
образования, воспитательной работы, вопросы национального образования в повышении уровня
знаний учащихся.
Ключевые слова:
национальное воспитание, доброта, личность, национальные ценности,
совершенный человек, родители, молодое поколение, семья, сообщество.
Annotation
.
This article is dedicated to education of young people in the national spirit as a guarantee
of the progress of society. The article analyzes the factors influencing the effectiveness of national education,
education, educational work, issues of national education in improving the knowledge of students.
Keywords
:
national upbringing, kindness, personality, national values, perfect person, parents, young
generation, family, community
Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, shubhasiz, oila, mahalla
va ta’lim muassasalarining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari,
ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari, avvalambor, oila bag‘rida, so‘ngra mahallada shakllanadi. Bolaning
xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik,
oliyjanoblik, mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori ham oila
sharoitida qaror topishi, tabiiydir.
Bolajonlik – xalqimizga xos azaliy qadriyat bo‘lib, farzand dunyoga kelishi ota-onaga ham, qarindosh-
urug‘larga ham katta quvonch baxsh etadi. Kelgan kishilar uy egalarini yangi mehmon bilan qutlab: “umri
bilan bergan bo‘lsin”, “baxtini ko‘ring”, deya yaxshi tilaklar bildirishadi.
Ota-ona farzandiga yaxshi niyat bilan ism qo‘yadi, shu kundan boshlab uning kelajagi va baxtini o‘ylaydi.
Farzandini axloq-odobga o‘rgatish, o‘qitish, katta bo‘lganda biror kasb-hunar egasi bo‘lishiga ko‘maklashish
ota-onaning zimmasidagi burchidir.
Qadimdan o‘g‘il bolalar ota yonida dastyor bo‘lib, uning hunarini egallagan, qizlar esa ona rusumini
tutib kelishgan.Sharqona tarbiyaga ko‘ra qiz bolalar bilan gaplashganda nafosat bilan sekin so‘zlashga
o‘rgatiladi. Kattalarga tik qarash hurmatsizlik, beodoblik sanalgan. Uyda keksalar yig‘ilganda ayollar yarim
ovozda so‘zlashishgan. Yoshi ulug‘larning hurmatini bajo keltirish esa ularga ko‘r-ko‘rona itoat qilish emas,
balki ularning turmush tajribalariga, bilimlariga hurmat belgisidir.
Qadimdan xalqimizning eng olijanob oilaviy an’analaridan biri kechalari ota-onalar bolalari bilan tancha
atrofida o‘tirib, tarbiya, odob-axloq haqida maroqli suhbatlar o‘tkazishlari bo‘lgan. Bunda ular o‘zbek xalq
ertaklari, dostonlari orqali, farzandlarini to‘g‘ri yo‘lga boshlaganlar. O‘zbek xalqining turmush tarziga
singib ketgan urf-odatlarimizning aksariyati kishini jismonan sog‘lom, e’tiqodli shaxs bo‘lib yetishishiga
xizmat qiladi.
Milliy tarbiya ko‘p qirrali, uzoq davom etadigan jarayondir. Odatda, bolaning fe’l-atvori, yurish-turishiga,
muomala madaniyatiga qarab ota-onasi kim, oilada qanaqa tarbiya ko‘rgani haqida hukm chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |