“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
124
Voyaga yetgan o‘g‘il-qizlarimiz mustaqil hayotga ana shu fazilatlari bilan kirib boradilar. Bu fazilatlari
ularning o‘zlarini ham, xalqimizni ham baxtli, farovon qiladi.
O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib
borilayotgan ishlar va uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch
kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirish ishiga katta ahamiyat berilgan. Buning uchun oila,
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning
ijtimoiy-pedagogik hamkorlikni yangi darajaga ko‘tariladi. O‘quvchilarmizni nafaqat yaxshi mutaxassis,
balki komil inson bo‘lishlari uchun ta’limni tarbiya bilan uzviy bog‘lagan holda olib borishmoqda. Ota-onaga
hurmat, ular oldida umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash, har qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik
fazilatlari va oilaviy munosabatlar ham oila muhitida shakllanadi. Ma’lumki, Sharqda, oila tushunchasi,
oila qurish va uning mustahkamligi, farovonligi va barqarorligini ta’minlash insonning o‘z millati, avlod-
ajdodlari, jamiyat oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi. Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa,
oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa,
yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas.
O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining qarindosh-
urug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi
o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir. Har bir oila ijtimoiy
munosabatlarni o‘ziga xos tarzda aks ettiradi. Oilaviy munosabatlar alohida olingan har bir holatda o‘ziga
xos tomonlarga ega bo‘ladi. Chunki, bu munosabatlar o‘ziga xos ma’naviy qiyofaga ega bo‘lgan kishilarning
o‘zaro ta’siri natijasidir. Shunga ko‘ra, oilaning bolaga ta’siri spetsifik, o‘ziga xos bo‘lgani uchun, uning
ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishi ham o‘ziga xos va takrorlanmasdir.
Ikkinchidan, bola o‘z ota-onalarining xatti-harakatlari, butun hayotiy faoliyatlarini kuzatib yuradi. Shu
tufayli narsa va hodisalarga ta’sir qilishga qodir bo‘lgan faoliyatning subyekti sifatida o‘z-o‘zini anglay
boshlaydi.
Uchinchidan, oila o‘ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo‘lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy his-
tuyg‘ular jamuljam bo‘ladi. Ana shu boisdan bola hissiyotini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Agar
oilada o‘zaro hurmat va ishonch bilan birga, yaxshi kayfiyat asosidagi sog‘lom muhit qaror topgan bo‘lsa,
bu bola ruhiyatiga, uning hissiyotiga ijobiy ta’sir etishi tabiiydir.
To‘rtinchidan, oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg‘ulari ham tarbiyalanadi.
Chunki bola yoshligidanoq hayotda g‘am-tashvishlar bilan quvonch-sevinchlar birga yurishligini anglab
borishi kerak. Ota-onalar bolalarida jamiyatda va oilada kerakli ekanliklarini ilk bor his qilishni uyg‘ota
olsalar, insondagi bebaho xislat bo‘lgan mehnat qilish quvonchidan bolani bahramand qilgan bo‘ladilar.
Beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning muhim
omili hisoblanadi. Chunki bola hayoti, asosan, uy sharoitida o‘tadi. Oila a’zolari o‘rtasida muomala
madaniyati oilaviy tarbiyada muhim rol o‘ynaydi. Ota-onalar ma’naviy jihatdan qanchalik boy bo‘lsa, ular
o‘z farzandlariga nisbatan shu qadar jiddiy va mas’uliyatli munosabatda bo‘ladilar. O‘zlaridagi mavjud
ma’naviy-axloqiy fazilatlarni farzandlari timsolida ko‘rishni har qanday ota-ona orzu qiladi. Oilada milliy
madaniyatni saqlash va rivojlantirish muhim rol o‘ynaydi. Agar ota-onalar jamiyatimiz tomonidan oilaga,
o‘sib borayotgan avlod tarbiyasiga qo‘yiladigan talabni bilsa, axloqiy tarbiya samarali bo‘ladi; milliy
tarbiyalash jarayonida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy o‘zbek an’analaridan
foydalaniladi; ota-onalar pedagogika va psixologiyaning zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda va
oilaviy tarbiya masalalari bo‘yicha sharq mutafakkirlarining boy madaniy me’rosidan foydalangani holda
o‘zining pedagogik ma’lumotini doimo oshirib boradi.
Ma’lumki, mamlakatimizda ta’lim va tarbiya o‘zaro uzviy bog‘liq sharqona tushunchalar sifatida
qaraladi. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmasligi davlatimizning ta’lim sohasidagi
siyosatida ham ustuvor tamoyil hisoblanadi. Inson tarbiyasining barcha jihatlari, tarkibiy qismlari farzandlar
ruhiyati va ma’naviyat olamiga oila davrasidagi suhbatlarda, o‘git-nasihatlarda, yaqqol xatti-harakatlar
vositasida singdirib boriladi. Mehr-muhabbat, ahillik, kamtarlik, hotamtoylik, mehmondo‘stlik singari
milliy xislatlar oila bag‘rida nish uradi va asta-sekin har bir oila a’zosining xulq-atvorida mujassamlashadi.
Bu borada mazkur tuzilmaning alohida faoliyat yo‘nalishi mavjud. Oiladagi nosog‘lom psixologik muhit
Do'stlaringiz bilan baham: |