“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
125
va oilaviy tarbiyadagi yo‘l qo‘yilayotgan nuqsonlar hamda ta’lim jarayonida kuzatilayotgan nuqsonlar,
bolalar va o‘smirlar yashayotgan mahallalar hayoti, ularning psixologik muhiti voyaga yetmaganlarda xulq
og‘ishining kelib chiqishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.
Ma’lumki, obyektiv shart-sharoitlar va ijtimoiy muhit voqea-hodisalari o‘smirning ongi, xohish-irodasiga
bo‘ysunmagan holda ta’sir etadi va uning ongi, dunyoqarashi, shaxs sifatida shakllanish va xulq-atvori
mazmunini belgilab beradi. I.Pavlovning ta’kidlashicha, inson va hayvon xulq-atvori mazmuni nafaqat nerv
sistemasining tug‘ma xususiyatlari, balki organizmga doimo ta’sir etib turuvchi tashqi ta’sirlar, ya’ni doimiy
ravishda berib boriladigan tarbiya yoki ta’lim jarayoniga ham bog‘liq bo‘ladi. Bir qator tadqiqotchilarning
ta’kidlashlaricha, inson odobli yoki odobsiz, oliyjanob yoki egoist, jinoyatchi yoki sog‘lom xulqli bo‘lib
tug‘ilmaydi. Shaxsdagi u yoki bu xildagi xususiyatlar va ustanovkalar kishining ijtimoiy hayot faoliyati, uni
qurshab olgan obyektiv shart-sharoitlar va voqea-hodisalar ta’sirida vujudga keladi. Ushbu shart-sharoitlar va
obyektiv munosabatlar xarakteri individning shaxs sifatida shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Demak,
aytish mumkinki, shaxs xususiyatlarining shakllanishi nafaqat inson organizmining nasliy xususiyatlariga,
balki, eng avvalo, u aloqada bo‘lgan ijtimoiy muhitga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
Ijtimoiy turmush shart-sharoitlari pirovard natijada inson xulq-atvorining shakl va tamoyilini belgilab
beradi. Ma’lumki, voyaga yetmaganlarda xulq og‘ishining kelib chiqishi va ijtimoiy muhit o‘rtasida o‘ziga
xos ta’sir doirasi mavjuddir. Ushbu o‘zaro ta’sir mexanizmi nazarimizda uch xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Birinchidan, nosog‘lom ijtimoiy muhit bilan shaxsning o‘zaro aloqalari o‘smirlarda ijobiy qarashlarning
salbiylashuviga olib kelsa, ikkinchidan, shaxs va nosog‘lom ijtimoiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro aloqa kishiga
ijtimoiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan muayyan yo‘l-yo‘riqni, xususan, g‘ayriqonuniy vazifalarni bajarish
bo‘yicha rollarni taqsim etadi. Uchinchidan esa, g‘ayriqonuniy yo‘l-yo‘riqlar va rollar taqsimoti o‘smirda
asta-sekin ijtimoiy muhit talab va me’yorlariga nisbatan deformatsiyalashuvning kelib chiqishiga sabab
bo‘ladi. Ushbu deformatsiyalashuv shaxs xulqida o‘ziga xos o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Shuning
uchun ham xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning aksariyat qismi ijtimoiy muhitga nisbatan
deformatsiyalashuv pog‘onasida bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasida yoshlar tarbiyasi ijtimoiy siyosatning
asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, mamlakatda uning bir qator mexanizmlari ishlab chiqilgan.
Ta’lim tizimida uzluksiz olib borilayotgan islohotlar esa yoshlar ijtimoiy faolligini ta’minlashga xizmat
qiladi. Ular orasida boshqaruvning milliy mexanizmi bo‘lgan mahalla, jamiyatning asosi oila va ta’lim
muassasi hamkorlikdagi faoliyati va uning muvofiqlashtirib turuvchi – Oila-mahalla-ta’lim muassasasi
hamkorligini mustahkamlash va jamoat kengashining alohida o‘rni bor. Birinchi Prizdentimiz Islom Karimov
ta’kidlaganidek, Oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir.
Xulosa qilib aytganda, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda, avvalo, ko‘plab islohotlar
amalga oshirilayotganligini inobatga oladigan bo‘lsak, bu borada hali o‘z yechimini kutayotgan masalalar
ham mavjud. O‘z o‘rnida ushbu masalalarni hal etishda buyuk ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan nodir
qo‘lyozmalarda yozilgan ilmiy meroslardan to‘g‘ri va samarali foydalanish maqsadga muvofiq. Zero,
bizning bosh maqsadimiz yoshlarmizni shu yurt, shu millat taqdiri bilan yashaydigan yetuk insonlar qilib
tarbiyalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |