Ключевые слова:
семья, отец, мать, ребенок, образование, воспитание, мастерство, культура,
педагогика, ценность, мыслитель, СМИ, медиакультура, массовая культура, СМИ.
Annotation.
The content of education that is given in the family for the upbringing of the younger
generation by a harmonious personality, the harmony of the child’s upbringing with the spiritual development
of humanity, mastering and following culture in education. The role of media culture in the study of the
philosophical views of Eastern thinkers and the formation of national and universal values in the upbringing
of children in the family is highlighted.
Keywords:
family, father, mother, child, education, upbringing, skill, culture, pedagogy, value, thinker,
mass media, media culture, mass culture, mass media.
Oila – nikoh munosabatlarini, urugʼchilik munosabatlari va urugʼlararo munosabatlarni tartibga solish
zaruriyati bilan yuzaga keladi. Oila jamiyatning tayanchi, uning birinchi va birlamchi yadrosi, zarrasidir.
Ongli oila bo‘lib yashash dunyodagi barcha mahluqot va jonzotlar orasida faqat inson zotiga xosdir. Oila
tarixining Odam Аto va Momo Havodan boshlangani rivoyat qilinadi. Barcha muqaddas kitoblarda keltirilgan
ushbu ko‘hna naql zamonaviy ilm-fan tomonidan ham o‘z tasdigʼini topmoqda. Binobarin, muhabbat tarixi
ham shu ko‘hna rivoyatga tutashadi. “Sevgi ham Odam Аtodan qolgan inson qonida”, deb yozganda shoir
E. Vohidov haq edi. Genetika, biologiya fanlari qonunlariga ko‘ra, har bir insonning o‘zi bir olam, ular aslo
bir-birini takrorlamaydi. Аna shu biri ikkinchisiga o‘xshamaydigan odamlarning, yaʼni er va xotinning
ixtiyoriy ittifoqidan oila deb ataluvchi yangi bir olam, bu olamda o‘z navbatida yana “yangi odam”lar –
farzandlar vujudga keladi. Jamiyat shu tariqa barpo bo‘ladi, rivoj topadi, ijtimoiy taraqqiyot vujudga keladi.
“Bola tugʼilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos anʼanalar, qadriyatlar, urf-odatlar bola
zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi,
his etadi”. Shuning uchun ham oila muammolari, unda yuritiladigan taʼlim-tarbiya masalalari azal-azaldan
ilmu ijod ahlining diqqat-eʼtiborini jalb etib keladi. Oila qanday barpo etilmogʼi lozim, uning tabiiy, iqtisodiy,
huquqiy, maʼnaviy asoslarini nima tashkil etadi, oila tarbiyasi qanday qonuniyatlar asosida vujudga keladi,
singari savollar kishilik tarixining barcha davrlarida dolzarb masala bo‘lib kelgan, desak xato qilmaymiz[1, 4].
Shunga qaramay, oila institutida kuzatilayotgan har qanday o‘zgarishlari odatda eng avvalo, ayolning
– xotin-qizlarning jamiyat va oilada tutgan maqomlarining o‘zgarib borayotganligi, ular malakalarining
oshib borayotganligi va kasb-hunar, lavozim pog‘onalarida erkaklardan qolishmaslikka intilayotganligi bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |