Ключевые слова:
этикет, обычаи, интеллектуальная молодёжь, интеллект, восприятие.
Annotation.
The article provides information on the need to influence the human psyche through family
relations, the need to ensure the balance of morality, customs, intelligence and intelligence in young people.
The psychological foundations of teaching young people family relations are scientifically highlighted.
Keywords:
еtiquette, customs, intellectual youth, intellect, perception.
Yoshlarimizning aksariyat qismi davr ruhini to‘g‘ri his etmoqda. Hozirgi zamon intellektual yoshlar
asridir. Yigit-qizlardagi yangi g‘oyalar, texnika, texnologiyani egallashga bo‘lgan intilish, ularni yaratish
yo‘lidagi harakatlar ko‘nglimizni to‘ldirmoqda. Ayni paytda, yoshlarda aql va farosatning mutanosibligini
ta’minlashga bo‘lgan ehtiyoj jamiyat barqarorligini ta’minlovchi omil sifatida baholanishi mumkin.
Shuningdek, yoshlarda ijtimoiy-siyosiy faollikning ortib borayotgani, ijtimoiy mo‘ljal fenomeniga bo‘lgan
intilishning kuchayishi, jamiyatdagi ayrim salbiy nuqsonlarni bartaraf etish yo‘lidagi sa’y-harakatlar mamlakat
va millat taraqqiyotining omili sifatida tan olinmoqda.
“Turmush qurgan yoshlar orasida hayotni yengil-yelpi tasavvur qilish, oila muqaddas ekanini tushunib
yetmaslik holatlari ham, afsuski, uchrab turibdi. Yosh oilalar orasida arzimas sabablar bilan ajralishlar
ko‘payib bormoqda. Begunoh bolalar yetim bo‘lib, mehr va e’tiborga eng tashna vaqtida ota-ona tarbiyasidan
chetda qolmoqda.” Sh.Mirziyoyev.
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
111
Darhaqiqat, oila muhitida shaxsning har jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur bo‘lgan
omillar, chunonchi, oila xo‘jaligini boshqarish jarayonida oila a’zolari o‘rtasida yuzaga keluvchi huquqiy,
iqtisodiy, psixologik, ekologik, estetik va hokazo mazmundagi oilaviy munosabat, muomala, aloqa aralashuvi
uning ijtimoiylashuvi, ya’ni, ijtimoiy munosabatlarni yuritish jarayonida erkin, mustaqil harakat qilish
layoqatini, qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar mavjuddir.
Inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Mamlakatimizning jahon miqyosida tutgan o‘rni,
uning iqtisodiy va intellektual salohiyati, fan va madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi xalqimizning
turmush darajasi bilan belgilanadi. Xalq turmush darajasining asosiy negizi esa oiladir. Oila inson deb
ataluvchi binoning faqat poydevorini qo‘yish bilan cheklanmasdan, balki uning so‘nggi g‘ishti qo‘yilguncha
javobgardir. Ota-ona san’atkor, bola san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o‘zidir.
Ma’naviy boy va axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, chuqur bilimli, jismonan baquvvat, har
tomonlama kamol topgan shaxs ham, avvalo, sog‘lom turmush tarzi qaror topgan oilada shakllanadi.
Oilaning jamiyat va ijtimoiy hayotdagi mavqeyi shu oila tarbiyachisi – ayol bilan belgilanadi. Zero, yangi
avlod tarbiyachisi sanalgan ayol uning ongi, tafakkuri oilada shakllanib, milliy mafkuraning ilk tushunchalari
ham ulg‘ayib voyaga yetgan oilada tarkib topadi. Shuni nazarda tutgan holda, oilada onaning ma’naviy-ruhiy
odobi, namunali xulq-atvori, yaxshi tarbiya ko‘rganliklari, bolaga tarbiya berishdagi tajriba va talabchanliklari
bolalarning yoshligidanoq baodob bo‘lib o‘sishida muhim o‘rin tutadi. Bunda ayniqsa, onaning roli va vazifasi
juda muhim. O‘z bolasi oldida uning kelajagi uchun bevosita mas’uliyatini, javobgarligini ham aqlan, ham
ruhan his yetishi lozim. Ona eng avvalo bola tarbiyasi bilan bog‘liq bilimlarni egallagan bo‘lishi, sabr-toqatli,
saranjom-sarishta, ilmli, farosatli va fidoyi qalb fazilatlarga ega bo‘lishi zarur. Ona o‘z mehrini, qalb-qo‘rini
to‘g‘ri singdira olsagina bolaning kelajakda komil inson bo‘lib tarbiya topishiga imkon yaratiladi. Ba’zan
onalarning e’tiborsizligi, farzandlariga to‘g‘ri tarbiya bera olmaslik tarbiyada nuqsonlarni keltirib chiqaradi.
Bu xususda Rizouddin Ibn Faxruddinning quyidagi fikrlarini keltirish o‘rinlidir: “Bolalarga tarbiya bera
olmagan xotindan foyda o‘rniga ulug‘ zararlar ko‘rilur. Zero, bunday xotinlar xalq orasida vabo urug‘laridan
zararli bo‘lgan insonlar yetishtirur”.
Haqiqatan ham, bunday onalar xalq uchun, jamiyat uchun zararli bo‘lgan insonlarning yetishib chiqishiga
sababchi bo‘ladilar. Bunday oilalarda tarbiya topgan farzandlar kelajakda oilasiga, mahallasiga, jamiyatga
moddiy va manaviy ziyon yetkazadi va ko‘plab ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Bularning oldini
olish uchun esa onalarning bola tarbiyasidagi tarbiyaviy imkoniyatlarini o‘stirish va yanada takomillashtirish
hamda pedagogik bilimlarni singdirish lozim.
O‘zbek oilasida ayol oqilaligi, donoligi, er bilan munosabatda bosiqligi, nazokati, tadbirkorligi,
shirinso‘zligi, ziyrakligi, keskin vaziyatni anglab, ixtiloflarning oldini ola bilishi, tejamkorligi, bolajonligi
bilan qadrlanadi. Oilada muhitni ko‘pincha ayol belgilaydi. Tadbirkor, nazokatli ayol johil erni ham
to‘g‘ri yo‘lga solib ro‘zg‘orga fayz-u baraka, osoyishta muhit, pokizalik baxsh yetadi. Er oilani iqtisodiy
ta’minlashdan tortib, barcha og‘ir yumushlarni bo‘yniga olar ekan, xotin zimmasiga ovqat pishirishdan
tortib, bola parvarishigacha bo‘lgan juda nozik did talab qiladigan ishlar tushadi va bajarishni o‘z burchi
deb biladi. O‘zbek oilalarida er-xotin orasidagi bunday munosabat ortiqcha shov-shuvsiz, tabiy ravishda
amalga oshiriladi.
O‘zbek xalqida qiz bolani go‘zal axloqli qilib tarbiyalash oilaning muhim vazifasi hisoblangan va bu
an’ana sifatida avloddan avlodga o‘tib kelgan. Qiz bola yoki xotin tomonidan qilingan noo‘rin harakat nafaqat
oila a’zolari, balki jamoa tomonidan ham qoralangan. Maishiy turmushga oid an’analar juda tor ma’noga
ega bo‘lib ko‘rinsa-da, xalqning milliy xarakteri, madaniyat darajasi, turmush sharoitlariga jiddiy ta’sir etishi
mumkin. Shuningdek, kiyinish madaniyati va pazandachilikka xos bo‘lgan an’analar, turli marosimlar, to‘y-
hashamlar bilan bog‘liq bo‘lgan an’analar ham shunday ta’sirchandir. Zotan, bu an’analar oilada farzandlarni
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda muhim vosita sifatida xizmat qilib keladi. Ayniqsa, insonparvarlik an’anasi
o‘ziga xos mavqe va fazilat kasb etib, o‘zbekona, sharqona tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, bu ota-onasiz
yetim bolalarni asrab olish, ularga oliy insoniylik g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ota-onalik mehr-u muhabbati bilan
parvarish qilib, kasal va xastalarni borib ko‘rish, ko‘ngli o‘ksik yetimlarga g‘amxo‘rlik qilish, azador oilalarga
ta’ziya bildirish kabilarda ko‘rinadi. Bunday o‘ziga xoslikni boshqa xalqlarda uchratish qiyin. Zero, bunday
xususiyatlar bolalar tarbiyasiga ham o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |