“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
113
o‘zlari ham bevosita o‘z turmushlarida ushbu qoidalarga amal qilib, oilalarining jannatmakon bo‘lishini
ta’minlashlari kerak.
Xalqimizda kelin bo‘layotgan qizlarning nasl-nasabi, yetti pushtini surishtirishdek odat mavjud bo‘lib,
Amir Temur ham bu odatga doimo amal qilib yashadi.
Amur Temur o‘zining “Tuzuki Temuriy”asarida shunday yozadi: “O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni
uylantirmoq tashvishida kelin so‘rmoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat ishlari bilan teng ko‘rdim. Kelin
bo‘lmishning nasl-nasabi, yetti pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sog‘lik-salomatligini, jismonan
kamolotini aniqladim. Kelin bo‘lmishning nasl-nasabi, odob-axloqi, sog‘lom va baquvvatligi bilan boshqa
qusurlardan xoli bo‘lsa, el-yurtga katta to‘y-tomosha berib, kelin tushirdim”
66
.
Ma’lumki, qizlarning o‘smir yoshi eng mas’uliyatli davr hisoblanadi. O‘smirlik davrida qizlar ham o‘g‘il
bolalar singari o‘z fe’l-atvoriga, o‘z nuqtayi nazariga ega bo‘ladi, atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga
o‘zicha baho bera boshlaydi, katta yoshlilarning o‘zaro munosabatlari va bir-birlariga muomalalarini ko‘rib,
kuzata boradi, o‘zicha fikr-mulohaza yuritadi, organizmdagi fiziologik o‘zgarishlar esa uning ruhiyatiga
ham ta’sir etadi.
O‘smirlik yoshida paydo bo‘lgan nuqsonlar keyinchalik butun umrga saqlanib qolib, u ham jamiyat va
oila ma’naviyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun ham o‘smirlarni, ayniqsa, qizlarni, oilaviy
hayotga ma’naviy tayyorlash muhim pedagogik muammo sanaladi.
Demak, biz oilada qizlarni tarbiyalashda quyidagi masalalarga e’tibor berishimiz lozim ekan:
– odob-axloq, sharm-hayo, ibo, muloyimlik, yurish-turish, kiyinish madaniyati, tejamkorlik, sabr-
chidam masalalarida tushuncha berib borish, ortiqcha erkalatmaslik, ranjitmaslik, yomon so‘zlar bilan
haqoratlamaslik;
– qizlarimizga yoshligidanoq o‘zimizning urf-odatlarimizni singdirib borish;
– oilada qizlarimizga o‘zining vazifasini, huquqini tushuntirib borish, yengil koyish bilan birga yaxshi
ishlarini rag‘batlantirib borish, qiz bolaga katta bo‘lgan sari oila, turmush o‘rtog‘i, unga munosabat, farzand
tarbiyasi masalasida bosqichma-bosqich tushunchalar berib borish;
– qiz bolani san’atga, adabiyotga, shariatga havasini orttirib borishdan iborat deb o‘ylaymiz.
Oilada qizlarni har jihatdan yetuk qilib tarbiyalash ancha murakkab ishdir. Xalqimizning eng ajoyib
milliy an’analari oilada qiz bolalarni har tomonlama tarbiyalashda hayot maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qimmatli urf-odatlarimiz bobolarimizdan qolgan meros sifatida ulardan muntazam foydalanishga yordam
beradi.
Xulosa qilib shuni aytmoqchimizki, o‘zligimizni anglash muhim bo‘lgan hozirgi davrda oiladagi
yoshlarni axloqiy shakllantirishda, ularga bisotimizdagi mavjud bo‘lgan odob-axloq qoidalarini, sharqona
udumlarimizni o‘rgatishimiz zarur. Bola tarbiyasi haqidagi bilimlarga ega bo‘lmoq va ajdodlarimiz qoldirgan
manbalardan tarbiya vositasi sifatida foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |