“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
112
Qadimda ham ota-ona oldida o‘z farzandlarini har tomonlama tarbiyalash vazifasi turgan. Ayniqsa, oilada
qiz bola tarbiyasiga e’tiborliroq bo‘lishga to‘g‘ri kelgan. O‘sha davrda ham oilada qizlar tarbiyasi uchun eng
kerakligi pazandalik, saranjom-sarishtalik, bichish-tikishni bilishlik, mehmon kuzatish va muomala qilishni
bilishdan iborat bo‘lgan. Qizlarning bu boradagi tarbiyasida ona namunasidan yaxshirog‘i bo‘lmagan.
Mana shunday tarbiyaviy ahamiyatga ega hikoyalardan birida bo‘yiga yetgan qizini turmushga berishdan
avval onasi quyidagi nasihatlarni beradi: “Ey mening jigarporam, suyukli qizim, ko‘zimning nuri, bolajonim.
Senga shularni aytaman. Sen ul zotga (eringga) shunday xizmat qilki, ul ham senga qul bo‘lsin. Sen unga
yer bo‘lginki, u senga osmon bo‘lsin. Endi senga ba’zi bir mezonlarni aytib o‘tamanki, ularga yaxshi e’tibor
bergin, ular yodingdan ko‘tarilmasin, ulardan doimo foydalangin. Bu aytganlarimga amal qilsang, ering
bilan go‘zal hayot kechirasizlar. Ma’sud, baxtiyor va saodatli turmush ko‘rasizlar. Aks holda har ikkala
oilada huzur-halovat bo‘lmaydi. Sen o‘zing bir jahannamda yashaganday bo‘lasan”, – deb o‘zining o‘n
o‘gitini qiziga aytadi: “Qanoat sohibasi bo‘l. Unga itoat qil. Ering ko‘zi tushadigan joylarga yaxshi e’tibor
ber. Uyning ichini, tashqarisini nihoyatda toza tut. Ust-boshini toza tut. Ovqatini vaqtida tayyorla. Uyqu
vaqtini, uyg‘onish vaqtini yaxshi bilib ol. Eringning moli va ashyosiga juda e’tiborli bo‘l. Ering yaqinlariga
va qarindoshlariga hurmatda bo‘l. Ering sirini boshqalarga aytma. Ering diliga to‘g‘ri keladigan barcha
buyruqlarni ado qil”. Bu jihatdan ko‘rinib turibdiki, o‘tmishda onalar o‘z qizlarini kelajakdagi hayotlarini
sermazmun qilib, barchaga ibrat bo‘ladigan, oila qurishga, iffat va hayo sohibasi bo‘lishga o‘rgatganlar.
Shuning bilan birgalikda o‘zlari ham bevosita o‘z turmushlarida ushbu qoidalarga amal qilib, oilalarining
jannatmakon bo‘lishini ta’minlaganlar. Bugun ham bu hikmat o‘z qadrini yo‘qotgani yo‘q, har bir ayol bunga
amal qilishni o‘z oldiga maqsad qilishi lozim.
Oilaga yangi tushgan kelinlarning ko‘pchiligi yuzaga keladigan ba’zi qiyinchiliklarni osonlik
bilan
yengib, kelinlik vazifalarini ko‘ngildagiday eplab ketadilar, qaynonalarini ro‘zg‘or tashvishlaridan xalos
qiladilar, tezda ularning mehriga sazovor bo‘ladilar. Qaynonalar ham bunday kelinni “qizim” deb bag‘irlariga
oladilar, bilmaganini o‘rgatadilar, qiynalganida yordam beradilar, hayotiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadilar. Ularga
uy-ro‘zg‘or ishlarida va bolalar tarbiyasida yaqin ko‘makdoshga aylanadilar. Biroq hayotda qaynona-
kelin orasida turli to‘qnashuvlar ham sodir bo‘lib turadi. Gap qaynona-kelin o‘rtasida borar ekan, shuni
aytib o‘tishimiz lozimki, bu masala azal-azaldan odamlarning, insoniyatning atoqli namoyondalarning
diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan muammolardan biridir. Jumladan, XIX asrning ikkinchi yarmida yashab
ijod etgan Sharq mutafakkirlaridan biri Ahmad Donish o‘zining “Navodir ul-vaqoe” (Nodir voqealar) nomli
kitobida qaynona-kelin nizolari haqida yozar ekan shunday deydi: “Qaynona-kelin nizolari bundan oldingi
oilalarda ham bo‘lgan, hozir ham bor va bundan keyin ham bo‘ladi. Ular doimo urishaveradilar. Ular nima
uchun urushadilar? Chunki ular nima uchun urushishayotganliklarini o‘zlari ham bilmaydilar. Shuning
uchun urushadilar”. Demak, bu o‘rinda qaynona-kelin nizolari, sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish
alohida ahamiyatga molik masala ekanligi ko‘rinib turibdi. Bunday kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi
sabablardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
1. Ba’zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga, qaynonaga, qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy
tasavvur shakllangan bo‘ladi. Ayniqsa, yoshlar qaynonani oldindan faqat salbiy qiyofa sifatida tasavvur
qiladilar.
2. Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-ro‘zg‘or tutishlari orasida kelishmovchilik paydo bo‘ladi
va keskinlashadi.
3. Ba’zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarni bajarishga tayyor bo‘lmaydilar.
4. Ayrim hollarda qaynona-kelin bolalar tarbiyasi masalasida kelisha olmay qoladilar.
5. Ba’zan katta xonadonda ovsinlar qaynona iltifotini qozonish yo‘lida bir-birilaridan rashk qilishlari
asosida kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
6. Ba’zi hollarda qaynona kelinning yosh xususiyatlarini, qiziqishini, orzu-havaslarini, ishlashi yoki
o‘qishini hisobga olmaydi.
7. Ayrim kelinlarning yangi oilaga moslashishi qiyin bo‘ladi, oqibatda qaynona-kelin orasida
kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
Bu jihatdan ko‘rinib turibdiki, onalar o‘z qizlarini kelajakdagi hayotlarini sermazmun qilib, barchaga
ibrat bo‘ladigan, oila qurishga, iffat va hayo sohibasi bo‘lishga o‘rgatishlari zarur. Shuning bilan birgalikda
Do'stlaringiz bilan baham: |