yozilishicha,
eng oliy mansablardan
hisoblanib, shunga yarasha
saroy marosimlarida hukmdorning o ‘ng tomonidan joy olgan.
Qadimgi turkiy yozuvlar va xitoylik mualliflar guvohliklari bilan
tanishish shu xulosaga olib keladiki,
shad
va
ja b g ‘u
(yabg'u)
m azm unan bir-biriga g‘oyatda yaqin m ansab (unvon)
hisoblangan. Bu har ikki unvon hukmdorning eng yaqinlariga
berilgan. Masalan, Qutluqxon (vafoti 693 yil) o‘zini xon deb
e’lon qilgach,
ukalaridan Muchurga shad, Tuzilbekka esa jabg‘u
unvonlarini beradi. Bilgaxon (vafoti 734 yil) ham taxtga
o ‘tirguniga qadar kichik shad unvonida bo'lgan. Ko'rinib
turganidek, xoqonlik o ‘z davri uchun murakkab boshqaruv
tizimiga ega bo‘lgan.
Biz yuqorida xoqonlikning asosiy markaziy
boshqaruv tizimi
bilan bog‘liq tomonlarini ko‘rib chiqdik. Xoqonlik tartibidagi
ko'plab mahalliy mulklar (viloyatlar)dagi ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot darajasi birday emasligini ta’kidlagan holda, shuni aytish
mumkinki, ulardagi boshqaruv xoqonlik markazidan farqli bo'lishi,
tabiiy. Zero, ko‘chmanchi madaniyat vakili bo‘lmish
turkiylar
o‘z qo‘l ostilaridagi o'troq xalqlar turmush tarzi, ichki an’anaviy
boshqaruvi masalalariga moslasha, aralasha olmasliklari turgan
gap edi. Bunga o‘xshash holat bilan biz keyinchalik mo‘g‘ullar
bosqini va hukmronhgi yillarida o‘lkamizdagi boshqaruv masala-
larini yoritishda ham to'qnash kelamiz.
Bundan tashqari xoqonlik markaziy boshqaruv tizimi asosar.
yirik siyosiy davlat tadbirlari (saltanat osoyishtaligini saqlash
himoya qilish va
davlat hududini kengaytirish, soliq tizimining
muntazam ishlab turishiga erishish,
ichki va tashqi savdo
aloqalarini tegishli darajada ta’minlash, davlatlararo siyosiy-elchilik
munosabatlarni olib borish va hokazo) bilan mashg‘ul bo‘lib,
mahalliy darajadagi jarayonlar uchun ma’lum ma’noda erkinlikka
yo‘l qo‘yilgan. Albatta, bunda joylardagi xususiy jihatlar ham
inobatga olingan. Shuning uchun ham Farg‘ona, Sug‘diyona,
Shosh, Xorazm, Toxariston, Shimoliy
Hindistonda boshqaruv
islii, asosan, mahalliy siyosiy kuchlar (sulolalar) tomonidan amalga
99
oshirib borilgan. Lekin markaz tomonidan ulami nazorat qilish
ishi bilan tutunlar mashg‘ul bo‘lganlar.
Xitoy mualliflariga ko‘ra, Sug'diyonada mahalliy Kan
sulolasining mavqei kuchli bo‘lib, ularga sakkiz hokimlik (mulk)
tobe bo'lgan.
Sug‘diyona hukmdori
Do'stlaringiz bilan baham: