organlar bir-biriga nisbatan siljib ketishi mumkin. Bu ko’pincha ichaklar
jarohatlanganida ko’zga tashlanadi.
O’qning o’lchami, tezligi, harakat xarakteri va tana to’qimalarining
xususiyatlariga qarab, yara kanalining ko’ndalang kesimi shakli va o’lchamlari
ham har xil bo’ladi. Kanal bo’shlig’i odatda jarohatlangan to’qima bo’lakchalari va
quyilgan qon bilan to’lgan bo’ladi. Uning devori notekis bo’lib, ko’p
joyidan
uzilgan va qon quyilganligi ko’rinadi. O’qning gidrodinamik ta’siri natijasida ichki
organlarda keng yulduzsimon yara kuzatilishi mumkin.
O’q suyakda quyidagicha jarohatlanishlarni chaqirishi mumkin: yorilishlar,
siqilish, ko’ndalang yoki qiyshiq sinish, bo’lakchali, bo’lakchali-tuynukli va
tuynukli sinishlar ko’rinadi. Kallaning yassi suyagida ko’pincha tuynukli sinish
kuzatiladi. Bunday suyakda yara kanali voronkasimon yoki kesik konus shaklida
bo’lib bunga qarab yara kanalining yo’nalishini aniqlasa bo’ladi.
Agar o’q kalla suyagi yuzasiga
perpendikulyar holda kirsa, uning tashqi
suyak plastikansida yumaloq shakldagi defekt hosil qiladi.
Bunda defektning
diametri o’kning diametriga to’g’ri keladi. Suyakning ichki plastinkasi esa katta
hajmda urib tushirilgani uchun hosil bo’lgan teshik voronkasimon shaklga kiradi.
O’qni kalla suyagidan chiqish joyida ham hosil bo’lgan teshik voronkasimon
xarakterga egaligi ko’rinadi. Kirish teshigidan farqi
bunda bu teshikning keng
asosi tashqariga qaraganligi ko’zga tashlanadi.
Suyakdagi teshikning diametriga qarab taxminan o’qning kalibrini aniqlash
mumkin. Agar o’q suyakka yonbosh qismi bilan kirgan bo’lsa, teshikning shakli va
o’lchamiga qarab bu o’qning turi haqidagi fikrga kelish mumkin.
Naysimon suyaklarning epifizida o’q ta’sirida ko’pincha tuynukli kanal hosil
bo’ladi. Bunday suyaklarning diafizida bo’lakchali yoki bo’lakchali-tuynukli
sinishlar ko’zga tashlanadi. Agar bunday suyaklardan bo’lakchalarni olib bir-biriga
yopishtirsak, bunda o’qning kirish va chiqish joyini aniqlash mumkin. Odatda
kirish tomonida noto’g’ri oval shakldagi defekt bo’lib, undan har tomonga qarab
yoriqchalar tarqaladi. Yoriqchalarning bir qismi diafiz uzunligiga nisbatan qiyshiq
yo’nalishda
joylashib, uning yonbosh tomonidagi siniqlar uchburchak yoki
180
trapetsiya shaklida bo’ladi. Bu siniqlar kapalak qanotini eslatadi. Shuning uchun
ham naysimon suyaklaridagi bunday sinishlarga kapalaksimon sinishlar deyiladi.
Bunda o’qning chiqish tomonidagi defekt kirish tomonidagi defektga qaraganda
katta o’lchamli bo’lib bundan yoriqchalar tarqaladi va ularning ko’pchiligi
uzunasiga joylashganligi ko’zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: