Bunday faktorlarning tanaga ta’sir qilishi har bir holatda aniq otilish
sharoitga bog’liq bo’ladi. Bunday sharoitlar orasida qurol va patronning
xususiyatlari,
otish masofasi, qurol bilan tana o’rtasida to’siq bo’lishi,
jaroxatlanuvchi tana qismlarining o’ziga xos anatomik tuzilishining xususiyatlari
katta ahamiyatga ega.
O’qning ta’sir mexanizmlari.
Otilganda o’q katta kinetik energiyaga ega
bo’lgani uchun ko’pincha jarohatlanish chaqiradi.
O’qning kuchi tananing juda mayda qismiga ta’sir qilganligi uchun tanaga
kuchli zarba bilan uriladi. Bunda to’qimalarning siqilishi, yorilishi qisman o’yilishi
va uloqtirilishi, shuningdek siqish to’lqinining atrofga tarqalishi kuzatiladi. Buning
natijasida o’q diametridan bir necha marta katta bo’shliq hosil bo’ladi. Bu
bo’shliqlar pulsatsiya berib, keyin puchayadi va oddiy yara kanaliga aylanadi.
Agar juda katta tezlik bilan kelayotgan o’q ichida suyuqligi bo’lgan
bo’shliqlarga yoki to’qimalarga tekkanda u erda gidrodinamik ta’sir ko’rsatadi.
Buning natijasida shu organ yoki hatto uning qismlarida kattagina emirilishlar
ko’zga tashlanadi.
Katta energiyaga ega bo’lgan o’q terini o’yib kirib, unda to’kima defekti
bo’lgan o’q otar qurollaridan jarohatlanishga xos tipik kirish teshigi hosil bo’ladi.
O’qning bunday ta’siriga teshib o’tuvchi ta’sir deyiladi. Chuqurroq joylashgan
to’qimalarda o’q o’zining energiyasini yo’kotib, xuddi o’tmas pona sifatida ta’sir
qilib, to’qimalarni siqib va har tomonga surib (yorib) kiradi. Shuningdek terida
chiqish teshigi ponasimon ko’rinishga ega bo’ladi.
Agar o’q o’z tezligini ancha yo’qotgan bo’lsa, shunda u faqat kontuzion
ta’sir ko’rsatadi.
Urilish joyida shilinishlar, qontalashlar yoki yuzaki lat egan
yarachalar ko’zga tashlanadi.
Agar o’q tananing bir necha qismidan, masalan, qo’li
va tanasi, ikkala
oyog’i va boshqalardan birin-ketin o’tganda bitta emas,
bir qancha jarohat
etkazishi mumkin. Bunday jarohatlanishga bir biriga qo’shilgan jarohatlanish
deyiladi. Tananing yaqinida parchalanib ketgan o’qdan ham bir necha jarohatlanish
sodir bo’lishi mumkin. Bunda zararlanish o’q parchalaridan yuzaga keladi. Bunday
175
jarohatlanishga o’q parchalaridan jarohatlanish deyiladi.
O’q otar qurollari yordamida hosil bo’lgan yara 3 xil zonadan iborat:
1) to’g’ridan to’g’ri yara
kanaliga aloqador zona;
2) yara kanali devori hisoblangan to’qimalarni lat eyish zonasi, uning
kengligi bir necha mm dan to 1-2 sm gacha bo’ladi;
3) yumshoq to’qimalarning molekulyar chayqalish zonasi, uning kengligi
ba’zan 4-5 sm va undan kattaroq bo’lishi kuzatiladi.
Keyingi zona to’qimalarda qon quyilish va
distrofiyaning kuchayishiga
qarab bir necha soatdan keyin va hatto 1 sutka ichida kuzatilishi mumkin.
O’q yordamida teshib o’tuvchi jarohatlanishda kirish teshigi, yara kanali va
chiqish teshigi ko’zga tashlanadi. Tipik kirish teshigi tanaga o’qning
perpendikulyar ta’siridan terining yuzasida sodir bo’ladi. Bunday teshikda to’qima
defekti, hoshiyalanish zonasi (52 rasm) va ifloslanish belbog’chasi ko’zga
tashlanishi.
Terini uncha katta bo’lmagan qismini o’q yordamida o’yilishidan to’qima
defekti hosil bo’ladi va buning borligi kirish teshigining eng muhim belgisi
hisoblanadi. Bu belgini birinchi marta 1849 yilda N.I.Pirogov tomonidan topilgani
uchun buni Pirogov belgisi deyiladi. Shuningdek, bu belgi M.I.Rayskiy va
N.F.Jivodyorov (1935) lar tomonidan tajribada tasdiqlangan bo’lib,
buni ular
defekt borligi yoki «to’qima-yo’qligi» deb atadilar. U tipik kirish teshigida
epidermis va teri dermasi yo’qligi bilan xarakterlanib,
yumaloq yoki biroz
ovalsimon shaklda bo’lishligi ko’rsatilgan. Uning diametri dermada o’qning va
epidermisdagi defektning diametridan odatda 1-3 mm kichik bo’ladi (53 rasm).
Ba’zan dermadagi defektning chetlari tekis va qiya, ko’pchilik hollarda
mayda radial yirtilishlar tufayli to’lqinsimon shaklda bo’ladi. Bunday defektning
chetlarida odatda 1-2 mm kenglikdagi epidermisda xalqasimon defekt ko’rinib,
bunga hoshiyalanish belbog’chasi deyiladi. Bunday belbog’chaning tashqi diametri
taxminan o’qning ko’ndalang kesimiga to’g’ri keladi. Agar kiyim bo’lgan tananing
bir qismi zararlangan bo’lsa, bunda u o’q bilan kuchli bosilishi tufayli terida hosil
bo’lgan yaraning chetlaridan kiyimning yirtilgan bo’lakchalari qisman yara ichiga
176
kirib qoladi. Shuning uchun xam hoshiyalanish belbog’chasi
kiyim orqali
zararlanishda ancha keng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: