46 rasm. Yasama «Pilta miltiq»
O’q dorilar.
Qo’l qurollaridan otish uchun
standart patronlar ishlab
chiqariladi. Bularga miltiqli,
pistoletlar, revolverlar,
maqsadli, ovchi-sportiv,
sportiv, ovchi va boshqa patronlar kiradi. (47-rasm).
47-rasm. Hozirgi zamon qurollari uchun ayrim patronlar.
Chapdan o’ngga: 7,62 mmli vintli; 7,62 mm li «oraliq»
patron; 7,62 mm li revalverli; 7,62 mm li pistoletli; 9 mm li
pistoletli; 5,6 mm li ovchi-sportiv patronlar.
Patronlar jangovor uzun stvolli qurollar uchun odatdagi va maxsus
maqsadlar uchun mo’ljallangan o’qlar uchun ishlab chiqariladi. Odatda o’qlar
o’tkir uchli boshi cho’zinchoq shaklda bo’ladi (48-rasm). Ularning ko’pchiligida
kesik konus shaklidagi dum qismi ham ko’zga tashlanadi. Bunday o’qlarning
uzunligi uning ko’ndalang kesimiga qaraganda 5-6 marta katta bo’ladi.
Ularda
po’latdan yasalgan o’zagi, qo’rg’oshinli qobig’i
va po’latli pardasi bo’ladi.
169
48-rasm. Hozirgi zamon patronlari uchun o’qlar.
Chapdan o’ngga: 7,62 mm li engil miltiqli; 7,62 mm li
odatdagi o’q; 7,62 mm li revolverli; 7,62 mm
pistoletli; 9 mm pistoletli; 5,6 mm li sportiv o’qlar.
Maxsus maqsadlar uchun mo’ljallangan tipik o’qlarga
otilganda iz
qoldiruvchi va 1943 nusxali patron uchun yondiruvchi o’qlar kiradi. Pistoletli va
revolverli o’qlar qisqa (odatda ular uzunligining kalibrdan 2,5 mm kamligi).
Ularning boshi yoysimon yoki xuddi revolvernikidek 7,62 mm lik zarhallangan va
5,45 mm lik kesik konus shaklidagi pistolet o’qiga o’xshashligi ko’rinadi. Sportiv
patronlar uchun 5,6 mm kalibrdagi odatdagi pardasiz qo’rg’oshinli o’qlar
mo’ljallangan bo’ladi.
Silliq stvolli ovchi qurollari patronlari mis va rux qotishmasidan yasalgan
gilza, kapsula, miltiqdori zaryadi, pij va o’qlardan tuzilgan (49-rasm). O’q sifatida
sochmali o’q, o’qlar, yadroli o’qlar qo’llaniladi.
Mayda qo’rg’oshinli sharchalarga sochma o’q deyiladi. Fabrikada
tayyorlangan sochma o’qlar uning diametriga bog’liq
holda nomerlari bilan
farqlanadi. Sochmalarning diametri 1 mm dan tortib to 5,5 mm gacha bo’lishi
mumkin. Har bir sochmaning nomeri boshqasinikidan 0,25 mm farq qiladi.
Diametri 6 dan to 10 mm gacha bo’lgan sochma shariklariga kartech (yadroli o’q)
deyiladi.
Qurolning kalibri va sochmali o’qning nomeriga qarab, patrondagi sochma
o’q ham har xil bo’ladi. O’q dori va sochma o’q orasidagi kigiz yoki karton,
plastmassalar, latta va qog’ozdan tayyorlangan pij joylashtirilgan bo’lishi mumkin.
170
Sochma o’klar ham pij bilan yopiladi. Bundan tashqari, ba’zan ovchilar sochmani
tarqalib ketishini kamaytiruvchi yoki ko’paytiruvchi maxsus vositalarni (karton
bilan chegarovchilar, qog’oz o’ramalari, plastmassa kontsentratlari va boshqalar)
qo’llaydilar. Barcha bunday qo’shimcha detallar sochma o’q va pijlar o’qlar singari
jarohatlovchi faktorlar hisoblanadi.
Diametri 10 mm dan oshiq qo’rg’oshinli sharchalar ovchi qurollari uchun
ishlatiladigan oddiy o’qlar hisoblanadi. Ularning tubida doskachali dumchasi bilan
birgalikda pij ham bo’lishi kuzatiladi (49-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: