а
б
в
shaklini belgilaydi (37-rasmga qaralsin). Ammo muhrasi aylanasimon qirralari
yaxshi bilinmaydigan bo’lsa, hatto kesuvchi tomoni 2 mm dan katta bo’lganda ham
yaraning chetlarida o’tkir burchak hosil qilishi mumkin. Bunda pichoq bilan urilish
usulining ham ahamiyati kattadir. Hatto yupqa uchli vosita bilan muhrasi bosib
urilganda ham yaraning chetlari o’tkir holda ko’rinmasligi mumkin. Ko’pincha
muhrasining izini faqat stereomikroskopik tekshiruv yordamidagina aniqlaniladi.
Bunda muhra ta’sirida yaraning chetlarida biroz hoshiyalanishni ham kuzatish
mumkin.
41- rasm. Qornini pastki qismidagi sanchib kesilgan yara:
yuqorida – pichoq orqasi ta’sirida yirtilish bilan
tugallanuvchi asosiy kesilgan joy;
pastida – kesuvchi vositaning o’tkir uchi ta’sirida
tugallanuvchi qo’shimcha kesilgan joy
Pichoqning uchi yordamida hosil bo’lgan kirish teshigi chetlari, odatda
o’tkir burchak shaklida bo’ladi, ammo ba’zan yaraning burchaklari o’tmas yoki
hatto P-shaklida ko’zga tashlanadi. Pichoqning o’tkir tomoni tanaga to’liq kirishi
tufayli uni chegaralab turuvchi halqa, sopining bosilishidan yaraning yara atrofi va
chetlarida hoshiyalanish va hatto qontalashlar ko’zga tashlanadi. Ba’zan bunday
belgilar ishlatilgan qurolni aniqlashda ko’maklashadi.
Yara kanalini tekshirish
ham katta ahamiyatga ega. Tana muskullarida u
chiziqli, yoriqsimon shaklda bo’ladi. Bu kesilish muskul tolalarining uzunligi
bo’ylab o’tganda ko’zga tashlanadi. Boshqa holatda kesilish joylashganda kesilgan
158
mushaklarning qisqarishidan yara urchuqsimon yoki oval shaklda bo’ladi. Bunday
hollar tiriklik vaqtidagi yaralarda yoki qotib ulgurmagan murdalarda o’lgandan
keyin jarohat etkazilganda kuzatiladi. Qattiq to’qimalarda (tog’aylar, muskul
pardasi, seroz pardalar) yara kanali ta’sir qiluvchi predmetning u yoki bu darajada
ta’sir qilish xususiyatlarini belgilaydi. Ba’zan tog’aydagi yara kanalining devorida
parallel ko’tarmalar va egatchalar hosil bo’lib, bular jarohatlovchi vositaning
ponasimon kesuvchi qismi relfini belgilaydi. Bu izlar sanchib kesuvchi
vositalarning turini aniqlashda foydalanilishi mumkin. Qattiq ichki organlarda
(yurak, jigar, buyraklar) perpendikulyar sanchilganda yara kanali sanchilgan vosita
qirralarining shakli va sanchilgan qismining qalinligini aniq tasvirlaydi.
Sanchib-kesuvchi vositalar suyaklarni jarohatlashi ham mumkin. Bunda
ularning kesuvchi ponasimon tomoni suyaklar pardasini kesishi va kompakt
qismini tirnashi mumkin. Pichoqning uchi suyakga kirganda kesiklar paydo bo’ladi
va bular kesuvchi predmet uchining xususiyatlarini aks ettiradi. Yassi suyaklarda
kuchli urilganda tuynuksimon sinishlar kuzatiladi. Sanchuvchi-kesuvchi vositaning
suyakka kiruvchi qismida ko’ndalang kesimi shakli va o’lchamlari ko’pincha
suyak tashqi plastinkasidagi teshikka to’g’ri keladi. Suyakning singan joyidagi
ichki plastinkasida hosil bo’lgan teshikni katta o’lchamga egaligi ko’rinadi.
Perpendikulyar sanchilgan teridagi kirish teshigining uzunligi taxminan
vositaning kengligiga to’g’ri keladi. Ba’zan terining elastikligi tufayli uzunligi
kamayishi ham mumkin. Buning kamayish darajasi kesuvchi yuzasining
o’tkirligiga ham to’g’ridan to’g’ri bog’liq bo’ladi. Agar kesuvchi tomoni juda
o’tkir bo’lgan taqdirda teri cho’zilmaydi. Bunda vosita olinganda xam yara
teshigining uzunligi o’zgarmaydi. Agar jarohatlanish o’tmas ustara bilan
etkazilgan bo’lsa teri yarasi uzunligining kamayishi 15-foizgacha etishi mumkin
(Ratnevskiy A.N., 1968). Muhrasini bosish tufayli o’tkir tomoni kirganda yaraning
uzunligi kamayadi. Yara kanalining yo’nalishi bo’ylab boshqa to’kimalarda
kesilish uzunligini o’lchash tavsiya qilinadi. Sud tibbiyoti ekspertlarining
ko’rsatishicha, sanchib-kesuvchi vositaning kiruvchi qismi kengligi teridagi
yaraning uzunligidan katta bo’lmaydi.
159
Ba’zan kirish teshigi burchak ostida tarqaluvchi ikkita kesikdan tuzilganligi
ko’rinadi. Ikkinchi kesuvchi vositani olishda sanchib-kesuvchi qurolni qo’shimcha
burab kiritilganda yuzaga keladi. Shuning uchun ham bunday yaralarda qurolning
uchi kiritilayotgandagi asosiy kesik hamda olinayotganda hosil bo’ladigan
qo’shimcha kesilish farqlanadi (40 va 41 rasmlarga qaralsin). Agar qurolning tig’i
va uchi buralmagan hamda bosilmagan bo’lsa jarohatlanish faqat asosiy kesikdan
iborat bo’ladi.
Ekspertiza vaqtida qaysi kesik asosiy, qaysisi qo’shimchaligini aniqlash
muhimdir, chunki faqat asosiy kesikning uzunligiga qarab, jarohatlovchi vosita
uchining kengligi haqidagi fikrni aytish mumkin. Muhrasi ta’sirida paydo bo’lgan
xarakterli izlarni topish kesilish asosiy ekanligini ko’rsatadi. Ba’zan qo’shimcha
kesilish qurolning tig’i etkazgan asosiy kesikning chetlaridan biroz masofadan
ketuvchi qo’shimcha kesilish ko’zga tashlanadi. Qo’shimcha kesikning oxiri
ko’pincha o’tkir uchli bo’ladi. Qurolning uchi tanaga to’liq kiritilganda asosiy
kesik bilan qo’shimcha kesilish chegarasida qurol uchining asosida terida
travmatizatsiya maydoni paydo bo’ladi. Asosiy kesikning chetlarida zanglanish
cho’kkanligi, jarohatlangan kiyim iplari va bo’lakchalarini topish mumkin.
Qo’shimcha kesilishda bunday qoplamalar kesikning chetlarida odatda
kuzatilmaydi. Yarani stereomikroskop yordamida to’g’ridan-to’g’ri tekshirilganda
asosiy va qo’shimcha kesiklarning o’ziga xos xususiyatlari yaxshi ko’zga
tashlanadi.
Shunday qilib, kesuvchi-sanchuvchi yaralarni quyidagicha farqlash mumkin:
a) sanchilish ta’sirida jarohatlanish:
1) o’tkir uchi bilan kesilgan joy;
2) tig’ining qiyshayib kesilishi;
3) muhrasining qirrasi bilan qiyshiq kesilishi;
4) tayanch qismi, sopi yoki cheklagich qismi ta’sirida jarohatlanish;
b) qurolni sug’urib olishda sodir bo’ladigan jarohatlanish:
1) tig’i bilan kesilishi tufayli;
2)muhrasining qirrasi bilan kesilishi;
160
3)sug’urib olishda o’tkir uchining sirg’anuvchan harakatidan paydo
bo’lgan kesilish.
Yara kanalining uzunligi odatda qurol uchining kirish uzunligiga teng, yoki
ko’pincha undan kalta bo’ladi. Ayrim hollarda ekspertiza vaqtida aniqlanuvchi
yara kanali yumshoq to’qimalarga, masalan oldingi qorin devoriga sopining
bosilishi tufayli qurol kirgan qismining uzunligiga qaraganda yara kanali uzun
bo’lishi mumkin.
Ba’zan suyakdagi yara kanalida yoki uning atrofida qurolning ponasimon
uchi sinib qolishi kuzatiladi. Shuning uchun ham buni tergovchiga qurolni turini
aniqlash uchun yuborish zarur. Bunday siniq parchalari yarada yillab qolib ketishi
va bular faqatgina to’satdan rentgenografiya yoki murdani kesib ko’rish paytida
topilishi mumkin.
O’ziga xos jarohatlanish qaychi bilan etkaziladi. Qaychining har bir bo’lagi
sanchib-kesuvchi hisoblanadi. Bir biriga qo’shilganda esa sanchuvchi vosita
hisoblanadi. Ba’zan urganda qaychi ochilib ketadi yoki ikkala tomoni bir-biriga
qo’shilib, bitta o’tkir uchli, ikkinchisi P-shaklli ikkita sanchib-kesuvchi
jarohatlanish ko’zga tashlanadi. Qaychini ochilib ketishi va har ikkala tomonining
bir-biriga kirib qolishi jabrlanuvchining tanasida sodir bo’ladi. Bunday hollarda
yara kanali surilib ketadi.
O’tkir uchli shisha siniqlari ham sanchib kesuvchi ta’sir ko’rsatadi (42-
rasm). Bunda yaraning oxirlari ko’pincha «M»-harfi shaklida bo’ladi. Yaraning
chetlari va chuqurligida singan shishaning mayda zarrachalarini topish mumkin.
Sanchuvchi va sanchib-kesuvchi qurollarning shakli va o’lchamlari
to’g’risidagi savolni echishda jabrlanuvchining kiyimini tekshirish, shuningdek
qandaydir plastik massasi yordamida yara kanalini to’lg’azish uchun nusxasini
tayyorlashda parafin, «K» pastalar va boshqalardan foydaliniladi. Murda
ekspertizasida yara kanalini tekshirishni engillatish uchun uni devorini formalinda
qotirish bilan bir vaqtda taxminiy bo’yab ko’rish tavsiya etiladi.
161
Do'stlaringiz bilan baham: |