Tibbiyot instituti talabalari uchun


O’qdan so’qir (ko’r) yaralanish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

O’qdan so’qir (ko’r) yaralanish.
Agar o’q otar qurollari snaryadi odam 
tanasida qolib ketsa bunga so’qir yaralanish deyiladi. O’q o’z kinetik energiyasini 
to’lig’icha yo’qotgach tanada qolib ketadi. Bunda kirish teshigi va yara kanali 
bo’lsa-da chiqish teshigi bo’lmaydi va tanada so’qir tugallanadi.
Agar o’q tanaga etarlicha tezlikda perpendikulyar ta’sir qilsa, unda kirish 
teshigi xuddi teshib o’tuvchi yaraning kirish teshigi belgilariga o’xshaydi. Agar 
o’qning tezligi kam bo’lsa, bunda u «yumaloqlanib» uchib yonbosh yuzasi bilan 
kiradi va natijada kirish teshigi cho’zinchoq yoki yoriqsimon shaklda bo’ladi.
Ichki organlar va suyaklarning jarohatlanish xarakteri xuddi teshib o’tuvchi 
yaralanishga o’xshaydi. Bunday hollarda doimo yara kanali o’qning yo’nalishini 
aniqlash, o’qni topish va olish uchun sinchiklab tekshiriladi, chunki u muhim 
ashyoviy dalil hisoblanadi. O’qning borligi va joylashuv joyi rentgenografik 
tekshiruvda yaxshi aniqlaniladi. O’qni tanadan olishda uni yuzasini tirnalishga yo’l 
qo’ymaslik kerak, chunki o’q qurolning stvoli kanalidan chiqishda uning yuzasida 
doimo ko’zga ko’rinmas izlar qoladi. Ana shunga qarab maxsus kriminalistik 
tekshiruvda bu o’qning qaysi stvol kanalidan otilganligini aniqlash mumkin. Agar 
o’kni olishda uning yuzasi tirnalgan bo’lsa, bunda qurolning turini aniqlash uchun 
yaroqsiz bo’lib qolishi mumkin. Shuning uchun ham o’qni-tanadan qo’l barmoqlari 
orqali olishni tavsiya etiladi.
O’qning tegib o’tishidan jarohatlanish.
Agar o’q tanaga yuzasi bilan tegib 
o’tganda cho’zinchoq shilinish yoki yara hosil bo’ladi. Bunday jarohatlanishga 
tegib o’tuvchi jarohatlanish deyiladi. 
Bu yara tor tarnovsimon shaklga ega bo’lib, ba’zan cho’zinchoq-oval yoki 
rombosimon ko’rinishda ham ko’zga tashlanadi. Yaraning chetlari, odatda, notekis, 
terining butun qalinligi bo’ylab uncha katta bo’lmagan yirtilishlar yoki faqat 
181


epidermisning yirtilishi ko’zga tashlanadi. O’qning kirish tomonidagi yaraning 
cheti odatda egilgan va hoshiyalangan bo’lib, hoshiyalanish yarim oysimon 
shaklda ko’rinadi va shu joyda ifloslanish belbog’chasini ham uchratish mumkin. 
Chiqish joyi ancha o’tkir, kam hoshiyalanganligi, ba’zan esa terida torroq 
yirtilishlar aniqlanilishi mumkin.
Bunday jarohatlanishda tanadagi kiyimda ko’pincha bir- biridan birozgina 
masofada joylashgan mustaqil kirish va chiqish teshigini kuzatish mumkin. Bu o’z 
navbatida o’q otar qurollari bilan jarohatlanishni diagnostikasida yordamlashadi. 

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish