3.6. Sud tibbiyoti ekspertizasi hujjatlari
Sud tibbiyoti ekspertizasining asosiy hujjati sud tibbiyoti ekspertining
xulosasi hisoblanadi. Ekspert xulosasi 3 bo’limdan iborat.
1. Kirish qismi
2. Tekshiruv qismi
3. Xulosa qismi
Kirish qismida qachon, qaerda kim tomonidan (vazifasi, ekspertning ish
staji, ilmiy darajasi, unvoni, familiyasi va ismi sharifi) bajarilganligi, ekspertizani
nimaga asosan o’tkazilishi (tergovchining qarori yoki sud ajrimi), qanday ish
bo’yicha hamda bu vazifani bajarish uchun qanday savollar qo’yilgani, shuningdek
tekshiruv qaysi ob’ekt va materiallarda o’tkazilishi zarurligi, ekspertizada kim
33
qatnashganligi ko’rsatiladi. Kirish qismining oxirida ekspertning burchi va huquqi,
javobgarligi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 68 va
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-240 moddalarida ko’rsatiladi.
Tekshiruv qismi
o’zining mazmuni va hajmi ekspertizaning turiga,
xarakteri va tekshiriluvchi ob’ektning miqdoriga qarab har xil bo’ladi. Odatda
avvalo ishning holati – ekspertiza o’tkazish qaroriga ko’ra, voqea sodir bo’lgan
joyni kuzatish bayoni, kasallik tarixi, ambulatoriya kartasi va boshqalar
o’rganiladi, chunki yuqoridagi materiallarni o’rganish bilan ekspert tekshiruvi
boshlanadi. Aytib o’tilgan xujjatlardan kerakli ma’lumotlar ko’chirib olinadi.
Keyinchalik tekshiriluvchi ob’ekt (o’liklar, ularning kiyimlari va boshqalar)
to’lig’icha yoziladi hamda tekshiruv usullari ham to’lig’icha ko’rsatiladi.
Xulosa qismida
ekspert xulosasi keltiriladi va qo’yilgan savollarga
to’lig’icha javoblar yoziladi. Murdani tekshiruv xulosasi sifatida sud tibbiyoti
tashxisi yoziladi. Ekspert xulosasida ekspert oldiga qo’yilgan savollardan tashqari
ma’lumotlar topilsa, ekspert fikri bo’yicha bu ish uchun ahamiyatli bo’lsa, albatta,
ko’rsatiladi. Xulosa ekspert tomonidan imzolanadi va muhrlanib tasdiqlanadi.
Xulosada fotosuratlar, rentgenogrammalar, sxematik rasmlar va shuningdek
ekspert tekshiruvi uchun kerakli illyustrativ materiallar keltiriladi.
Ba’zan murdalarni yoki tirik shaxslarni tergovchining qaroriga nisbatan
emas, balki militsiyaning yo’llanmasiga binoan jo’natilgan bo’lsa, bunday hujjatga
sud tibbiyoti ekspertizasi tekshiruv akti deyiladi. Mazmuni jihatidan ekspert
xulosasi yoki akti bir xil bo’ladi.
Xulosa yoki aktdan tashqari, ekspert boshqa hujjat, masalan, ekspertizaning
statik kartasini tuzadi. Murdalarni tekshirgandan keyin ularning qarindoshlariga
«O’lganlik haqidagi vrach guvohnomasi» beriladi. Agar kasalxonalarda o’liklar
tekshirilganda kasallik tarixida ekspert sud tibbiyoti tashxisi va o’limning sababini
ko’rsatuvchi qisqacha epikriz yoziladi.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |