Tibbiyot instituti talabalari uchun


 Dastlabki tergov ekspertizasi



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

3.4. Dastlabki tergov ekspertizasi
Dastlabki tergov va militsiya organlari jinoiy ish bo’yicha rasmiy tergov 
ishlarini olib boradilar. Tergov organlariga: militsiya, harbiy qismlarning 
komandirlari, harbiy muassasalarning boshliqlari va boshqalar kirsa, dastlabki 
tergov organlariga esa prokuratura tergovchisi, ichki ishlar boshqarmasi surishtiruv 
bo’limlari va boshqaruvchilari kiradi.
Tergov jarayonida, agar kerak bo’lsa, militsiya yoki tergovchi sud tibbiyoti 
ekspertizasini tayinlaydi. Bu yozma qarorning tuzilishi bilan belgilanilib, bunda 
ishning holati qisqacha ko’rsatiladi hamda ekspertizani o’tkazish kimga 
tayinlangani, buning uchun qanday savollar qo’yilganligi va qanday ob’ekt 
topshirilganligi to’lig’icha yoziladi. Tergovchi ekspertni tayinlagach, uning burchi 
va majburiyatlarini ko’rsatib, agar soxta xulosa bersa yoki xulosa berishdan bosh 
tortsa O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240 moddalari bilan 
jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
Agar ekspertiza o’tkazish ekspert muassasasiga topshiriladigan bo’lsa, 
tergovchi ushbu muassasaga o’zining qarori va barcha tekshiriluvchi kerakli 
materiallarni yo’llaydi. Ekspertiza tashkilotining rahbari yuborilgan materiallarni 
va tergovchining qarorini olgach, ekspertizani to’g’ridan to’g’ri o’tkazish uchun 
bir yoki bir necha xodimga topshiradi va tergovchi nomidan ularning huquqi va 
burchi haqida tushuntirish berib, ularni javobgarligi to’g’risida ogohlantiriladi. 
Agar ekspertiza ekspert muassasasidan tashqarida o’tkaziladigan bo’lsa, tergovchi 
ekspert sifatida tayinlagan vrachni o’ziga chaqirib, uni shaxsi bilan tanishadi va 
mutaxasisiligi, shu soha bo’yicha bilimga egaligi hamda ekspertning rad qilishi 
uchun asos bor-yo’qligi aniqlaniladi.
Ekspertiza tayinlanishi to’g’risidagi qarorini olgach, ekspert avvalo o’zining 
oldiga qo’yilgan vazifani belgilaydi va ob’ektni tekshirish usullari rejasini tuzadi, 
shuningdek bu usullarini aniqlab, qay darajada qo’llash masalasini hal qiladi.
29


Tergovchi ekspertiza jarayonida qatnashish huquqiga ega, shuning uchun 
ham u ekspertiza o’tkazilayotgan joyi va vaqti to’g’risida o’z vaqtida xabardor 
qilinishi zarur. Ayblanuvchi va boshqa shaxslarni sud tibbiyoti ekspertizasida 
qatnashuvi masalasi faqatgina tergovchining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ekspertiza o’tkazish jarayonida ayrim hollarda xulosa berish uchun kerakli 
materiallar va to’liq ma’lumotlar olish uchun ekspertni tergov harakatlarida 
qatnashish zaruriyati tug’iladi. Bunday hollarda tergovchining ruxsati bilan ekspert 
so’roq paytida, voqea sodir bo’lgan joyni kuzatishda, tergov tajribasida qatnashishi 
mumkin. Bunday chora-tadbirlar tergovchining kerakli bayonlari bilan 
rasmiylashtirilib, ekspert sud tibbiyoti sohasidagi mutaxasis sifatida qatnashadi va 
tergovchiga aniqlanilgan faktlarni yozishda ko’maklashib, bu ma’lumotlardan 
keyinchalik o’zining xulosasida foydalanadi.
Sud tibbiyoti ekspertining ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarni so’roq 
qilish paytida qatnashuvi, ayniqsa, tibbiyot xodimlarining kasb ho’quqbuzarligi 
holatlarida muhim ahamiyatga egadir.
Ekspert mutaxasis sifatida so’roq qilinuvchiga qo’llanilgan diagnostika va 
davolash usullari, bu usullarning to’g’ri yoki noto’g’ri belgilanishi, dori va 
davolash usullarini qo’llanish qoidalariga rioya qilinishi kabi masalalarga to’g’ri 
va aniq savollar bilan murojaat qiladi. Boshqa so’roq ishlarida, ayniqsa, 
jarohatlanish asbobini o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashda, jaroxatlanish paytida 
jabrlanuvchini qaysi holatda turganligi, shuningdek uning jarohatlanishdan keyingi 
holatini aniqlashda ham ekspertning o’rni kattadir.
Agar voqea sodir bo’lgan joyni kuzatish to’lig’icha amalga oshirilmagan 
bo’lsa, ekspert tergovchidan qaytadan ko’zdan kechirishda
 
qatnashish uchun 
rozilik berishni so’rashi mumkin. Sud tibbiyoti ekspertining tergov eksperimentida 
qatnashuvi ayrim hollarda juda muhimdir. Masalan, jabrlanuvchi jarohatlanishni u 
yoki bu holatda olganligini jabrlanuvchining o’zi, ayblanuvchi yoki guvohlar 
tasdiqlaydi. Ekspert boshqa tajriba qatnashuvchilari ishtirokida jarohatlanish 
etkazilish yo’llari ko’rsatilishini taxlil qilib, tergovchiga tajriba bayonida 
yuqoridagilarni aniqlashda yordamlashadi.
30


Tergov harakatlari jarayonlarida topilgan, qayd qilingan voqealar hamda 
boshqa barcha tekshiruv natijalaridan ekspert o’zining xulosasida oldiga qo’yilgan 
savollarga javob berishda foydalanadi. Tergovchi ekspert xulosasini yaxshilab 
o’rganib chiqqandan keyin xulosaga o’zgartirishlar kiritish va tushuntirib berish 
uchun ekspertni so’roq qilish huquqiga ega. Bunda ekspert o’z javoblarini so’roq 
bayonida o’zining shaxsiy imzosi bilan tasdiqlaydi.
Dastlabki tergov jarayonlarida sud tibbiyoti ekspertlari va boshqa 
mutaxasislikdagi vrachlar ekspertiza tayinlanguniga qadar ayrim tergov 
harakatlariga jalb qilinishlari mumkin. Masalan, voqea sodir bo’lgan joyni hamda 
voqea sodir bo’lgan joyda topilgan murdani kuzatish, jinoyat sodir qilganlikka 
shubha tug’ilgan shahslarni aniqlashda, tintuv ishlarida qatnashishga ishtirok 
etishlari mumkin.
Bunday hollarda vrach ekspert sifatida yoki xulosa berish uchun emas, balki 
sud tibbiyoti sohasidagi mutaxasis sifatida taklif qilinadi.
O’zining maxsus bilimi bilan u tergovchiga bunday harakatlarni to’g’ri 
amalga oshirish, topish, mustahkamlash, to’g’rilab yozish va ash’yoviy dalillarni 
olishda ko’maklashadi. Masalan, voqea sodir bo’lgan joyda topilgan murdani 
ko’zdan kechirish vrach tergovchiga nima topilgan bo’lsa, ko’zdan kechirish 
bayonida shuni yozishda yordamlashadi. Keyinchalik, voqea sodir bo’lgan joyda 
topilgan murdani ko’zdan kechirishda qatnashgan vrach bu ishda ekspert sifatida 
qatnashuvi va o’zining xulosasini berishi mumkin.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish