Tibbiyot instituti talabalari uchun


Sud jarayonida sud tibbiy ekspertizasi



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

3.5. Sud jarayonida sud tibbiy ekspertizasi.
Sud jarayonida jinoiy yoki fuqarolik ishlarini ko’rib chiqishda sud tibbiyoti 
ekspertizasi tayinlaniladi. Odatda sudga dastlabki tergovda o’z xulosasini bergan 
ekspert taklif qilinadi. Agar buni imkoniyati bo’lmasa boshqa ekspert chaqiriladi. 
Sud yig’ilishining dastlabki davrida sudlanuvchi, himoyachi yoki ayblovchi 
chaqiriluvchi ekspertni qabul qilmasliklari va o’zlari tanlagan ekspertni 
tayinlanishini talab qilishlari mumkin. Bunday talab sudning qaroriga binoan 
31


qoniqtiriladi yoki rad qilinadi.
Sudda raislik qiluvchi taklif qilinuvchi ekspertga uning burchi va huquqi 
hamda xulosa berishdan bosh tortganligi yoki soxta xulosa berganligi uchun 
javobgarligi haqida ogohlantiradi. Ekspertning huquqi va burchlari sud va 
dastlabki tergov jarayonlaridagi kabi bir xil bo’ladi, ammo ekspert tekshiruvlari 
hajmi va xarakteri sud jarayonida o’ziga xos xususiyatlarga egadir.
Jinoiy ishni sud jarayonida ko’rib chiqishning o’ziga xos muxim vazifasiga 
sudlanuvchining jinoiy ishga aloqador ayblovchi barcha dalillarni sinchiklab 
tekshirish, ekspert xulosasi va dastlabki tergov jarayoni materiallarini o’rganishlar 
kiradi.
Shuning uchun ham ekspertning suddagi asosiy vazifasi xulosada keltirilgan 
barcha holatlarning to’g’riligini isbotlashdir. Bu ish materiallarida keltirilgan 
barcha faktlarni solishtirish va taxlil qilish orqali, shuningdek, ayblanuvchi, 
jabrlanuvchi va guvohlarning ko’rsatmalarini eshitish hamda sud jarayonida 
topilgan boshqa ma’lumotlarga asoslaniladi. Bunda tekshiruv natijalaridagi 
faktlarga tayanib ekspert o’zining avvalgi xulosalarini to’lig’icha tasdiqlaydi yoki 
kerakli o’zgartirishlar kiritadi. Sudning talabiga ko’ra ekspert o’z xulosasini 
asoslaydi. Bundan tashqari, u sud va sud jarayoni qatnashchilari faoliyatida paydo 
bo’ladigan yangi savollarga o’zining xulosasini beradi.
Sud majlisi jarayonida ekspert ekspertizaga aloqador barcha ish holatini 
o’rganishda qatnashadi. Sudda raislik qiluvchining ruxsati bilan ekspert 
sudlanuvchi, jabrlanuvchi, fuqarolik javobgarligi, ularning qonuniy vakillari va 
guvohlarga ishning holatiga bog’liq, xulosa berish uchun zarur savollar qo’yishi 
mumkin. Shuningdek ekspert voqea sodir bo’lgan joyni kuzatish va ashyoviy 
dalillarni aniqlashda ko’maklashadi. Ayrim hollarda sud jarayonida ayblanuvchi va 
jabrlanuvchini qayta ko’rib chiqish, murdani yoki asheviy dalillarni qayta 
tekshirishga to’g’ri keladi.
Sud majlisi jarayonida yoki sudning oxirida sudda raislik qiluvchining taklifi 
bilan ayblovchi, himoyachi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, fuqarolik javobgari yoki 
ularning qonuniy vakillari ekspertga yozma savollar berilishi mumkinligi 
32


ko’rsatiladi va bularga asoslanib xulosa chiqarish talab qilinadi. Sud bunday 
savollarni ko’rib chiqib, ushbu ishga aloqasi bo’lmagan yoki ekspert kasbiga 
aloqasi bo’lmaganlarni chiqarib tashlaydi va yangi savollar tuzib ekspertga taqdim 
qiladi. Bu savollarning ayrimlari dastlabki tergov natijalari yoki ekspert xulosasini 
tasdiqlashi yoki tasdiqlamasligi mumkinligi ko’rsatilgan. Barcha savollarga 
javoblar xulosa sifatida shakllantirilishi zarur. Xulosa tuzish uchun ekspertga 
kerakli vaqt ajratiladi.
Xulosa ekspert tomonidan yozma ravishda beriladi va sud yig’ilishida o’qib 
eshittiriladi. Shundan keyin tavsiya qilingan xulosaga qo’shimchalar va aniqliklar 
kiritishi mumkinligi to’g’risida axborot beriladi. Aniqlik kiritish va qo’shimchalar 
yozma ravishda rasmiylashtiriladi. Bular xulosa bilan birgalikda sud yig’ilishi 
bayoniga tirkaladi. Ayrim hollarda sudda ekspertiza jarayonida bir necha ekspertlar 
qatnashishi mumkin. Bunda ularning bir-birlari bilan maslahatlashishlari uchun 
imkoniyat yaratilishi kerak. Agar ekspertlar bir xil fikrga kelgan taqdirda bitta 
umumiy xulosa tuziladi va barchasi shu xulosaga imzo chekadilar. Ekspertlarning 
fikrlari bir-biriga to’g’ri kelmasa alohida xulosa tuzilib sud yig’ilishida har biri 
o’qib eshittiriladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish