Tibbiyot instituti talabalari uchun


I I I B O ’ L I M . T ASHQI TASSUROTLAR TA’SIRIDA



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

I I I B O ’ L I M . T ASHQI TASSUROTLAR TA’SIRIDA 
JAROHATLANISHLAR VA O’LIMNING SODIR BO’LISHI
V BOB.
SUD TIBBIYOTI TRAVMATOLOGIYASI. MEXANIK 
JAROHATLANISHLARNING SUD TIBBIYOTI TASNIFI
5.1. Jarohatlanish haqida tushuncha va uning ta’rifi
Sud tibbiyotining asosiy bo’limlaridan biri jarohatlanishlar haqidagi 
ta’limot, ya’ni sud tibbiyoti travmatologiyasidir.
Tan jarohatlari tushunchasi sud tibbiyoti va jinoyat huquqida har xil 
mazmunga ega. Yuristlar bu terminni qasddan yoki e’tiborsizlik bilan 
jabrlanuvchining sog’lig’iga zarar etkazilishi haqidagi fikrni ilgari sursalar, ayrim 
travmatolog-klinitsistlar ham bu tushunchaga yaqin turib, odam organizmiga tashqi 
faktorlarning ta’siri tufayli jarohatlanishni kelib chiqishi, klinikasi, diagnostikasi 
oldini olish choralarini huquqiy baholashsiz amalga oshirilishini tushunadilar.
Sud tibbiyotida tan jarohati yoki jarohatlanish deb, odam tanasiga qandaydir 
tashqi muhit faktorlarining ta’siri tufayli organizmning anatomik butunligi va 
fiziologik funktsiyasining buzilishi tufayli odamning sog’lig’iga ziyon etkazilishi 
va o’limga olib kelishiga aytiladi.
Jarohatlanish mexanik kuch ta’sirida yuzaga kelsa, bunga mexanik 
jarohatlanish deb aytiladi.
Sud tibbiyoti eksperti mexanik jarohatlanishlarni tekshirishni tergovchi, sud 
va militsiya organlari tomonidan qo’yilgan savollarga javob berishda ularning 
ko’rsatmasi bilan amalga oshiradi.
Kelib chiqishiga ko’ra jarohatlanishlar qo’yidagi turlarga bo’linadi:
I. Fizik faktorlar bilan jarohatlanish:
a) mexanik faktorlar (o’tmas, o’tkir vositalar yoki o’q otar qurollari 
yordamida);
b) yuqori va pastki harorat ta’sirida;
38


v) elektr toki yordamida;
g) rentgen nurlari va har xil radiatsion izotoplar yordamida;
d) atmosfera bosimining o’zgarishida.
II. Ximik faktorlar yordamida jarohatlanish: kislotalar, ishqorlar va har xil 
zaharli moddalar yordamida zararlanish.
III.Biologik faktorlar yordamida (ovqat mahsulotlarini bakteriologik qurollar 
bilan qasddan zaharlab qo’yish, qiynash-ovqat va suv bermaslik).
IV. Ruhiy faktorlar (qo’rqish tufayli ruhiy jarohatlanish, kuchli ruhiy 
hayajonlanish va boshqalar).
V. Kombinatsiyalashgan jarohatlanish. Bunda odam organizmiga bir vaqtda 
bir necha faktorlar (mexanik va ximik, mexanik va termik va h.q lar) 
ta’sir qilishi kuzatiiladi.
Har xil davolash va diagnostik ishlarni qilish paytidagi harakatlar (kesish, 
sanchish, ukol qilish va boshqalar) tufayli jarohatlanishlar ekspertizaning 
ob’ektlari bo’lib hisoblanishi mumkin. Bunday hollarda tibbiyot xodimlarining o’z 
kasblariga xiyonat qilganda jinoiy javobgarlikka tortilishi yoki qonunsiz vrachlik 
faoliyati bilan shug’ullanganlarida ekspertiza o’tkazishga to’g’ri keladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish