Tibbiyot instituti talabalari uchun


Qonga ta’sir qiluvchi zaharli moddalar



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

13.6. Qonga ta’sir qiluvchi zaharli moddalar
Ko’pgina zaharli moddalar qonga tushgach, uning tarkibi va xossalarida u 
yoki bu darajada o’zgarishlar chaqiradi. Ularning ayrimlari qonni gemoliziga 
sababchi bo’lsa, boshqalari gemoglobinni o’pkadan to’qimalarga tashish 
qobiliyatidan mahrum qiladi. Ammo ko’pgina zaharli moddalarning qonga bunday 
ta’siri ikkilamchi hisoblanadi. Fakatgina ayrim zaharli moddalar ko’pincha 
qondagi gemoglobinga ta’sir ko’rsatadi. Bunday moddalarga is gazi va 
310


metgemoglobin hosil qiluvchi zaharli moddalar kiradi.
Uglerod oksidi
(CO) yoki is gazi rangsiz, hidsiz, havodan bir necha marta 
engil bo’lib, toza holda sanoatda keng ishlatiladi. Odatda u har xil organik 
moddalarning chala yonishidan hosil bo’ladi. Odatdagi turmush xonalari havosida 
(ochiq yonuvchi o’choqlar, gaz apparatlari nosoz bo’lganda, ulardan noto’g’ri 
foydalanilganda, chekish xonalarida, havoni tozalovchi apparatlarning 
kamchiliklari), sanoatda (garajlar, avtomobillarning kabinasida) ko’p avtomobil 
qatnaydigan ko’chalar, yong’in o’choqlari, konlar, minalar va o’q dorilar portlagan 
joylarda kuzatiladi. Yoqiladigan gazlarda uning miqdori 2 dan 10-foizgacha, erda 
yuradigan avtomobildan chiquvchi gazlarda 1,7 dan 13-foiz, aviatsion transporti 
gazlarida1-15 foiz, tamaki tutunida – 0,5-1 foiz, qora o’q dori yongandagi gazlarda 
3-10 foiz, piroksilin yonishida 47 foiz, generator gazlarida 22-26 foiz, yonuvchi 
ko’mirni ustidan o’tuvchi suv bug’larida 50-foizgacha is gazi bo’ladi.
Is gazining toksik ta’sir qilishi asosida qon tarkibidagi gemoglobinni u bilan 
birikib karboksigemoglobin hosil bo’lishi yotadi. Bunda qonning bir qismi 
kislorodni o’pkadan to’qimalarga tashilishida qatnasha olmaydi va organizmda 
kislorod etishmasligi sodir bo’ladi. Bundan tashqari, is gazi yuqori 
kontsentratsiyada markaziy nerv sistemasiga falajlovchi ta’sir ko’rsatib, 
kapillyarlar o’tkazuvchanligini oshishiga sababchi bo’ladi. Hozirgi davrda is 
gazining gemoglobindan tashqari barcha bioximik sistemalarga (mioglobin, 
tsitoxromlar, tsitoxromoksidaza, katalaza, peroksidaza) to’g’ridan to’g’ri ta’sir 
qilish xususiyati ham aniqlangan.
Is gazi bilan zaharlanganda qonda karboksigemoglobin hosil bo’lishidan 
tashqari, is gazining mushaklardagi mioglobin bilan birikishidan 
karboksimioglobin hosil bo’lib mushaklar to’q qizil rangga kiradi.
Is gazi asosan o’pka orqali chiqariladi. Xonadagi toza havoning is gazi bilan 
zaharlanishida u organizmdan bir necha soat ichida to’lig’icha ajraladi. Biroq, agar 
bosh miyada qaytmas o’zgarishlar rivojlangan taqdirda jabrlanuvchi ancha kech 
muddatda ko’pincha o’z xushiga kelmasdan vafot etadi.
Is gazi bilan zaharlanish belgilari odatda sekinlik bilan avj oladi. Avvalo 
311


bosh og’rigi, quloqlarida shovqin, chekka arteriyalarida tomir urishi, ko’ngil 
aynishi va hatto qusishi ko’zga tashlanadi. Yuzi qizarib, tomir urishi tezlashadi, 
arterial bosimi tushib ketadi. Mushaklarning holsizlanishi tezda kuchayadi, hushini 
yo’qolishi, sfinkterlarning zaiflanishi, yurak faoliyatining susayishi va nafas 
olishning buzilishi ko’rinadi. Keyin komatoz holati kuzatilib, talvasalanish 
boshlanadi. Odatda o’lim 70-80 foiz gemoglobinni karboksigemoglinga 
aylanganda nafas olishning falajlanishidan sodir bo’ladi.
Agar atrof muhitda is gazining miqdori 1-foizdan yuqori bo’lsa, 
zaharlanishning yashinsimon formasi kuzatilib, ba’zan bir necha nafas olishdan 
keyin tezlikda o’lim yuzaga keladi.
Is gazi bilan o’tkir zaharlanishda murdani kesib ko’rishda murda 
dog’larining to’q-qizil rangda bo’lishi, qonni suyuq va och-qizil rangli holatdaligi, 
ichki organlari, hamda tana muskullarining xuddi shunday rangdaligi kuzatiladi. 
Oshqozon shilliq pardasi, ba’zan ichaklarida, ichki organlarida mayda qon 
quyilishlar, miya pardasi va bosh miyasida kuchli to’laqonlilik ko’rinadi. Uzoqqa 
cho’ziluvchan hollarda esa bosh miyasida yumshash o’choqlari, yuragida 
ko’pchilik nekroz o’choqlari va reaktiv infiltratsiya holati, parenximatoz 
organlarda distrofik o’zgarishlar topiladi.
Is gazi bilan zaharlanish tashxisini tasdiqlash uchun qondagi 
karboksigemoglobinni miqdori aniqlanishi zarur. Agar qonda 60-70 foiz 
karboksigemoglobin bo’lsa, jabrlanuvchi bexush holatga tushib, nafas olishi juda 
susayib ketadi va bu holat uzoqroq davom etganda unga yordam ko’rsatilmasa 
o’lim sodir bo’ladi. Qonda karboksigemoglobinni miqdori 80 foiz va undan oshsa 
o’lim birdaniga yuzaga keladi. Ba’zan is gazi bilan zaharlanganda kimyoviy 
tekshirish natijasi manfiy bo’lishi mumkin. Odatda bu zaharli moddaning yuqori 
kontsentratsiyasini to’g’ridan to’g’ri markaziy nerv sistemasiga falajlovchi ta’siri 
tufayli o’lim tez sodir bo’lishi bilan bog’liq. Shuningdek ayrim hollarda 
jabrlanuvchini is gazi bo’lgan joydan tezlikda toza havoga chiqarilganda uning 
miqdori o’lim sodir bo’lgunga qadar qonda ancha kamaygani kuzatilishi mumkin.
Murdani kesib ko’rish paytida sud-kimyoviy tekshiruvi uchun katta chuqur 
312


qon tomirlaridan 10 ml qon olinadi. Is gazi borligini sud-kimyoviy usulda 
aniqlashda quritilgan qon va uning dog’laridan ham foydalanish mumkin.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish