Tibbiyot instituti talabalari uchun


Simob va uning birikmalari bilan zaharlanish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Simob va uning birikmalari bilan zaharlanish.
Metallik holdagi simob 
oshqozon va ichaklardagi narsalarda ichkariga qabul qilingach, kam eruvchanlikka 
ega bo’lgani uchun zaharlanish chaqirmaydi. Biroq u mayda dispers va bug’lanish 
tufayli engil so’rilib, og’ir zaharlanish chaqirishi mumkin. Simobning neorganik va 
organik birikmalari, shuningdek simob hamda tarkibida simob saqlovchi 
yadoximikatlarning sud tibbiyoti uchun ahamiyati kattadir.
Sulema – suvda yaxshi eruvchi mayda kristallik oq tusli poroshok bo’lib, 
306


sanoatda yaxshi erishi uchun tarkibida biroz miqdorda natriy xloridi bo’lgan 0,5-
1,0 g li tabletka shaklida sanoatda chiqariladi. Uning suvli eritmasidan tibbiyot 
amaliyotida antiseptik vosita sifatida foydalaniladi. Sulema (simob dixloridi) 
kuchli tsitoplazmatik zaharli modda bo’lgani uchun to’qima oqsillari bilan birikib, 
qonga tez so’riluvchi simob albuminatlarini hosil qiladi.
Ichkariga qabul qilinganda og’iz bo’shlig’ida kuydiruvchi metallarga xos 
yoqimsiz tamni sezish, qizilo’ngach yo’li bo’ylab va oshqozonida og’riq paydo 
bo’lishi hamda qon aralash qusish, ba’zan ich ketishi kuzatiladi. Asta sekinlik bilan 
anuriyaga o’tuvchi oligouriya rivojlanadi. Yurak faoliyati susayib, talvasalanish 
boshlanadi va hushini yo’qotadi. Katta dozasi bilan zaharlanganda birinchi soat 
ichida kollaps holatidan odam o’lib qolishi mumkin. Ko’pincha zaharlanish 5-7 
kun davom etib, asosan u chiqarilayotgan organlar (buyrak, jigar, ovqat hazm trakti 
shilliq pardasi) ning jarohatlanishi bilan ko’zga tashlanadi. Bunday hollarda o’lim 
o’tkir buyrak etishmovchiligi tufayli sodir bo’ladi.
O’lim tezda kuzatilganda murdani kesib ko’rishda asosiy morfologik 
o’zgarishlar og’iz bo’shlig’i, qizilo’ngach, oshqozon shilliq pardalarining zaharli 
modda tushgan joyida nekroz va yallig’lanish o’choqlari shaklida ko’rinadi. O’lim 
ancha keyinroq sodir bo’lganda esa patomorfologik o’zgarishlar organizmning 
zaharli moddalarni chiqaruvchi organlarida aniqlaniladi. Og’iz bo’shlig’ida simobli 
stomatit va gingivit sodir bo’ladi. Bunda shilliq pardalar shishib, iflos kulrang 
parda bilan qoplanadi. Yaralar va qon quyilishlar kuzatiladi. Yo’g’on ichakning 
yuqoriga ko’tariluvchan qismida difteritik kolit paydo bo’lib, bunda shilliq 
qavatining shishishi, to’laqonligi va nekrozga uchraganligi hamda tubi iflos 
kulrang parda bilan qoplangan chetlari notekis chuqur yaralar paydo bo’lganligi 
ko’zga tashlanadi. Buyraklari hajmiga kattalashgan, kapsulasi taranglashgan, 
po’stloq qavati qalinlashgan bo’lib, to’q gilossimon piramidalari asosida mayda 
yo’lchali kulrang sarg’ish tusli nuqtalar paydo bo’lishi aniqlaniladi. Mikroskop 
tagida buyrak kanalchalarining nekrozi, distrofik o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bunga 
sulemali buyrak yoki toksik nekronefroz deyiladi. Boshqa ichki organlarda 
distrofik va nekrobiotik o’zgarishlar uchraydi. Odamni simob bilan 
307


zaharlanganidan keyin qo’milgan murda tanasidan bir necha yillar davomida ham 
simob topilishi mumkin.
Kalomel
(HbCl) – simob xloridi, spirt va suvda erimaydigan sarg’imtir 
oqish poroshok bo’lib, ich suruvchi dori sifatida qo’llaniladi. Ichakda saqlanganda 
zaharli ta’sir ko’rsatadi.
Oshqozon orqali qabul qilinganda sulemaning o’ldiruvchi dozasi 0,1-0,3 g. 
Venaga yuborilganda (adashib) ikki marta kam. Sulema bilan zaharlanishda o’lim 
50-60-foizni tashkil qiladi.
Zaharlanishga olib keluvchi simobning boshqa birikmalariga simob tsianidi 
kiradi. Og’iz orqali qabul qilinganda uning katta dozasidan vodorod xloridi 
ta’sirida hosil bo’lgan tsian guruhidan o’lim tezda sodir bo’ladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish