Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

85-rasm. Og’iz atrofida va
86-rasm. Sirka kislotasi 
yuzida kimyoviy
bilan zaharlanish.
kuyish
Toksik nefronekroz
Xlorid kislotasi
(HCL) – vodorod xloridning suvli eritmasi. Har xil ishlab 
chiqarish va laboratoriya sharoitlari hamda tibbiyot amaliyotida (kuchsiz eritmasi), 
turmushda keng qo’llaniladi. Tozalanmagan xlorid kislotasi tarkibida xlorli temir 
bo’lganligi uchun sarg’imtir yoki qo’ng’ir tusli bo’lib, o’zida sulfat va sulfit 
kislotalari, xlor va margumushni saqlaydi.
Tozalangan kontsentrlangan xlorid kislotasi rangsiz, o’ziga xos hidli 
suyuqlik bo’lib, unda 36-38-foiz HCL bo’ladi. Aptekadagi toza suyultirilgan xlorid 
kislotasini davolash maqsadida 8,2-8,4 foizli eritmasi ishlatiladi.
Xlorid kislotasi ichilganda uning kontsentratsiya darajasiga qarab xuddi 
boshqa o’yuvchi kislotalarga xos o’zgarish, ammo sulfat kislotasinikiga qaraganda 
qamroq ko’rinadi.
Nitrat kislotasi
(HNO
3
) sanoatda, portlovchi moddalar tayyorlashda, 
poligrafiya sanoatida va boshqalarda ishlatiladi.
Nitrat kislotasining kontsentrlangan eritmasi rangsiz, o’yuvchi hidli bo’lib, 
tarkibida 68-foizli HNO
3
, maxsus nitrat kislotasi 25-foizli, tozalanmagani esa 
tarkibida 50-60 foizli HNO
3
va ko’pgina aralashmalar bo’ladi.
Nitrat kislotasi bilan zaharlanganda kislotadagi azotning to’qima oqsillari 
(ksantoprotein reaktsiyasi) bilan birikishi natijasida jarohatlangan to’qimalar 
sarg’ish yashil sarg’imtir tusga kiradi.
Sirka kislotasi
(CH
3
COOH) turmushda ko’p qo’llaniladigan va keng 
303


tarqalgan bo’lib, muzlatuvchi sirka kislotasi tarkibida 96 foiz, eritilgani – 30 foiz, 
sirka essentsiyasi – 40-80 foiz, oshxona sirkasida 3-8 foiz CH
3
COOH bo’ladi. 
Agar teriga 30 foizli sirka kislotasi ta’sir qilsa terida og’riq va uning qizarishi, 
oqimtir qasmoq bog’lash hosil bo’lib, keyinchalik qasmoq qurib qattiqlashadi 
hamda to’qqizil yoki qo’ng’ir tusga kiradi. Og’iz orqali qabul qilinganda og’iz 
bo’shlig’i, xalqum, qizilo’ngachda kuchli og’riq paydo bo’lib qusa boshlaydi. 
Og’iz bo’shlig’i va bodomcha bezlarida oqimtir qoplamalar, kuchli to’laqonlik va 
shishish, nekrotik o’zgarishlar kuzatiladi. Sirka kislotasi bilan zaharlanishda u 
parlanuvchan xususiyatga ega bo’lgani uchun nafas yo’llari orqali kirib 
bronxopnevmoniya chaqiradi. Sirka kislotasining umumiy ta’siri juda kuchli 
namoyon bo’lib qondagi eritrotsitlarni gemolizlanishi va gemoglobinuriya bilan 
xarakterlanadi. Siydigida qon aralashmasi, gialinli tsilindrlar, oqsil topilib uning 
miqdori ba’zan 30-99-foizgacha etadi. Gemoglobinuriya buyrak etishmovchiligi va 
uremiyaga olib kelib o’limning sababchisi bo’lishi mumkin.
Murdani yorib ko’rishda teri qoplamasining sarg’ish tusli bo’lishi, og’iz 
bo’shlig’i va qizilo’ngachning shilliq qavatida ta’sirlanish va nekroz holati, 
oshqozonida to’qqizil va hatto qora tusli qasmoq bog’lash belgilari hamda sirka 
kislotasining o’ziga xos hidining tarqalishi muhim diagnostik ahamiyatga egadir. 
Zaharlanish uchun jigarning jarohatlanishi (nekrozlar, qon quyilish, hujayralarning 
distrofiyasi), buyragida (toksik nekronefroz) xarakterlidir (86-rasm). O’limning 
to’g’ridan to’g’ri sababi intoksikatsiya, shok, uremiya hamda bronxopnevmoniya 
hisoblanadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish