13.3. Zaharlanishlarning sud tibbiyoti ekspertizasi
Zaharlanish bor yoki yo’qligini aniqlash va isbotlash masalasida sud
tibbiyoti eksperti uchun anchagina qiyinchiliklar tug’iladi. Birinchidan, murdani
kesib ko’rish davrida odatda zaharlanishning klinik belgilari no’malum bo’ladi.
Ikkinchidan ko’pgina zaharli moddalar odam organizmida qandaydir spetsifik
o’zgarishlar qoldirmaydi. Sud tibbiyoti toksikologiyasiga zaharlangan organizmda
yuzaga keladigan spetsifik o’zgarishlardan tashqari xarakterli morfologik
belgilarga ega bo’lmagan anchagina zaharli moddalar bilan zaharlanishlar borligi
ham ma’lum. Qator zaharlanishlarda bir xil morfologik ko’rinishdagi bir biriga
o’xshash sektsion belgilarning bo’lishi ham sud tibbiyotida ularga tashxis
qo’yishni ancha qiyinlashtiradi.
Ko’pincha o’tkir zaharlanishlar odamni sog’lig’ini xavfli buzilishiga
sababchi bo’ladi. Shuning uchun ham uchastka vrachi shaxsan bemorga tibbiy
yordam ko’rsatish uchun chaqirilganda borishi zarur. Har bir zaharlanishga shubha
292
tug’ilgan yoki zaharlanish aniqlaganda tergov organlariga xabar berilishi shart.
Zaharlanishni sud tibbiyoti ekspertizasida qator savollarni, jumladan,
bunday holatda zaharlanish bo’lganmi, qaysi zaharli modda bilan zaharlangan,
organizmga zaharli modda qaysi yo’l (oshqozon, nafas yo’llari, teri tagi va
boshqalar) orqali kirgan, zaharli modda qanday dozada qabul qilingan va
boshqalarni echishga to’g’ri keladi. Sud tibbiyoti eksperti bunday savollarni
echishda barcha tekshiruv usullari va zaharlanishga aloqador unga ma’lum bo’lgan
barcha isbotlash manbalaridan foydalanishi zarur.
Zaharlanishlarning sud tibbiyoti ekspertizasini 3 ta isbotlovchi manbasi
mavjud. Birinchisi murdani teshirguncha va o’lim sodir bo’lguniga qadarli davr
kiradi. Ikkinchisi murdani tekshiruv davri, uchinchi manbasi laboratoriya tekshiruv
usullari hisoblanadi.
Birinchi guruh isbotlashda zaharlanish sodir bo’lishligini ko’rsatuvchi voqea
kuzatilgan holat muhim ahamiyatga egadir. Masalan, yuq tashuvchilar maxsus
shishali idishdagi reaktivlarni tushirish paytida bittasini «spirt» bor deb yashirib
qo’yadilar va tushlik paytida ishdan keyin ichadilar. Bu «spirt»ni ichganlar
birdaniga xushini yo’qotib qisqa muddat ichida o’lib qoladilar. Voqea sodir
bo’lgan ushbu holatini kuzatishda o’lim alkogol surrogatlari tomonidan sodir
bo’lganligi haqida taxmin qilishga asos bo’ldi. Haqiqatan ham murdani tekshirib
ko’rish natijasida dixloretan topilganligi aniqlanildi.
Zaharlanishning xarakterli klinik belgisini kuzatilishi zaharlanishning
tashxisida muhim ahamiyatga egadir, chunki unga qarab murdani kesib ko’rishga
qadar taxminiy tashxis qo’yishga imkon beradi (alkogol bilan zaharlanish).
Ko’pincha zaharlanishdan o’lishda qusish holati ko’zga tashlanadi.
O’limdan oldin qusishning paydo bo’lish belgisi turmushdagina emas, balki
tibbiyot amaliyotida ham kuzatilishi mumkin. Shuni aytish zururki, kusish kalla
suyagi ichida bosim oshchib ketganda, miyada o’sma bo’lganda, bosh miyaga
travmatik va kasallik tufayli qon quyilishda ham sodir bo’lishi aniqlangan.
Misol.
Ko’chadan kasalxonaga xushsiz holatidagi yosh erkak kishi
keltirilgan. Uning og’zidan alkogolni kuchli hidi kelib turganligi aniqlangan.
293
Jabrlanuvchining kiyimida qusuq massalari izlari topilgan. Vrach alkogol bilan
og’ir zaharlanganligini aniqlagach, oshqozonini yuvishga va unda kuchli
bezovtalanish bo’lgani uchun krovatga bog’lab qo’yishni buyurgan. Bir necha soat
vaqt o’tgandan keyin uni o’lganligi ma’lum bo’lgan. Murdani tekshirib ko’rilganda
kalla suyagining g’umbazi singanligi va epidural gematoma topilgan. Ma’lum
bo’lishicha, mastlik holatida bo’lgan jabrlanuvchi boshida anchagina jarohatlanish
olgan va bu o’z vaqtida aniqlanilmagan.
Boshqa hollarda zaharlanish holatiga kasalxonada o’z vaqtida tashxis
qo’yilmagan va buni vrachlar jarohatlanish oqibati deb hisoblaganlar.
Misol.
3 yoshli qizcha bolalar shahar kasalxonasiga og’ir ahvolda
yotqizilgan. Qizcha xushsiz holatda bo’lib, uning butun tanasida talvasalanish va
yuzaki xirillagan nafas olish kuzatilgan. Uni kasalxonaga olib kelgan otasining
ko’rsatishicha, yarim soatdan oldin sirg’anib yiqilgan va xushini yo’qotgan,
birdaniga talvasalanish boshlanib, og’zidan ko’pik hamda qon ajrala boshlangan.
Ichki qon ketishiga shubha qilingan. Orqa miyasiga punktsiya qilinganda katta
bosim bilan quyuq qon aralashgan orqa miya suyuqligi olingan. Kasalxonaga
yotqizilgach, 1,5 soatdan keyin kalla suyagi ochilgan. Kalla bo’shlig’ida qon
topilmagan. Operatsiyaning ohirida qizcha o’lgan.
Murdani sud tibbiyoti usulida tekshirishda miya moddasining bo’kishi va
miya yumshoq pardasining kuchli to’laqonligi ko’zga tashlangan. Sud-kimyoviy
tekshirishda murdaning oshqozoni va ichki organlarida piramidon topilgan.
Ma’lum bo’lishicha, qizcha yiqilishdan oldin 10 tabletka piramidon ichganligi va
shuning natijasida o’lganligi kuzatilgan.
Keltirilgan misollar shuni ko’rsatadiki, faqatgina bitta klinik belgiga qarab
zaharlanishga tashxis qo’yish anchagina qiyin.
Zaharlanishni aniqlashda voqea sodir bo’lgan joyni kuzatishning ahamiyati
katta, chunki bunda o’zini o’zi o’ldirganda xatni topilishi, zaharlovchi modda
qoldiqlarining bo’lishi (har xil idishlarda) mumkin. Bu idishlarda zaharli
moddalarning qoldiqlari bo’lishi yoki bo’lmaslik hollarida ham tekshirish uchun
olinishi zarur, chunki bulardan laboratoriya tekshirishi uchun yuvindi olinganda
294
zaharli modda topilishi ko’zda tutiladi.
Agar voqea sodir bo’lgan joyda qusuq va axlat massalari, birlamchi yordam
ko’rsatilgandan keyin oshqozonni yuvgan suv yuvindilari topilganda ular maxsus
idishlarga yig’ilib, yaxshilab o’raladi va laboratoriya tekshiruvi uchun jo’natiladi.
Sud tibbiyoti amaliyotida shunday hollar uchraydiki, bunday ob’ektlarni
tekshirishda zaharli moddalar topilsa, murdaning ichki organlaridan esa ular
topilmasligi mumkin. Bunday bir biriga to’g’ri kelmaslik holati o’lim birdaniga
sodir bo’lmaganda va zaharli modda emirilishi yoki organizmdan chiqarib
yuborilganda kuzatiladi. Bunda zaharlanish to’g’risidagi masala qusuq massasini
laboratoriyada tekshiruv natijalariga qarab hal qilinadi.
Zaharga shubha qilinuvchi barcha moddalar tergovchi tomonidan olinishi,
yaxshilab o’ralib surg’uchlanishi va sud-kimyoviy tekshirish uchun jo’natilishi
lozim. Agar voqea sodir bo’lgan joyga birinchi bo’lib tez tibbiy yordam vrachi
kelgan bo’lsa, u ashyoviy dalillarni ko’rishi zarur.
Ba’zan ovqatga yoki ichilayotgan quyuq kofe, shurvadagi mayda zarrachalar
va boshqalarda zaharli moddalar borligiga shubha tug’iladi. Bunday shubhalar
oilada, uyda notinch holat bo’lganda ayniqsa kuchayadi. Bunday hollarda
shubhalanuvchi kishi militsiya organlari, prokuratura va kimyo laboratoriyasiga
keltirilgan ovqat yoki ichimlikni taxlil qilishni o’tkazilishini iltimos qiladi. Bunda
ular shu aniq ovqatni egan yoki ichgandan keyin zaharlanishga aloqador qandaydir
noaniq belgilar paydo bo’lganligidan shikoyat qiladi. Tergov jarayonlari va sud
tibbiyoti amaliyotining ko’rsatishicha ko’pchilik hollarda bular ruhiy kasallar yoki
takrorlanaveradigan oilaviy majoralar tufayli sodir bo’ladi.
Ikkinchi guruh isbotlash manbasini murdalarni sud tibbiyoti usulida
tekshirish tashkil etadi. Murdani tashqi tekshiruvda zaharlanish uchun xarakterli
qator belgilarni kuzatish mumkin. Birinchi navbatda ularga murda dog’lari kiradi.
Masalan, agar murda dog’lari och qizil rangli bo’lsa, bu is gazi bilan
zaharlanganlikni, qo’ng’ir rang esa metgemoglobin hosil qiluvchi zaharli moddalar
(bertole tuzi, anilin va nitritlar) bilan zaharlanganlikni ko’rsatadi. Ayrim
zaharlanishlarda (oq qalpoqchali zamburug’) murdani qotishi umuman
295
kuzatilmasligi mumkin. Strixnin bilan zaharlanganda esa murdaning qotishi kuchli
rivojlangan bo’ladi. O’yuvchi zaharli moddalar ta’sirida og’iz bo’shlig’i atrofida
dog’ paydo bo’lishi, atrofin bilan zaharlanganda ko’z qorachig’ining ancha
kengayishi ko’zga tashlanadi. Zaharlanishning diagnostikasida teri qoplamasining
umumiy rangi muhim ahamiyatga egadir. Masalan, gemolitik zaharli moddalar
bilan zaharlanganda teri va ko’z pardasining rangi sarg’ish tusda ko’rinadi.
Zaharlanishga shubha qilinganda murdani kesib ko’rishda suv va
antiseptiklardan foydalanilmaydi, chunki zaharli moddalar yuvilib ketishi mumkin.
Murdani tekshirishda ichki organlari va bo’shliqlaridan tarqaluvchi hidga ham
e’tibor beriladi. Ba’zan alkogol, sirka kislotasi, nashatir spirti, tsianid kislotasining
birikmalari va boshqalarda xos hid sezilishi mumkin. Murdani odatdagi kesishga
qaraganda zaharlanishga shubha qilinganda uning ichki organlarini tekshirishni
o’ziga xos xususiyatlari bor. Murdani sud tibbiyoti usulida tekshirish qoidasiga
asosan bunday hollarda avval yuragi kesilib, undan tekshirish uchun qon olinadi.
Keyin kirish va chiqish joyi bog’langan oshqozon va ichaklar ajratiladi.
Oshqozonni alohida ajratilgach, sinchiklab kesib ko’riladi. Bunda oshqozon
ichidagi bor narsalar, ularning hidi, konsistentsiyasi, ovqat moddalarining
xarakteriga e’tibor beriladi. Ovqat moddalari alohida bo’lakchalarining topilishi
qachon oxirgi marta ovqatning eyilganligi va qaysi ovqat mahsuloti bilan zaharli
modda kiritilishi mumkinligi o’rganiladi. Oshqozon shilliq pardasini ko’zdan
kechirishda uning burmalari sinchiklab tekshiriladi va u erlarda zaharli modda
qoldiqlari borligi aniqlaniladi. Agar zaharli modda topilgan taqdirda keyinchalik
kimyoviy tekshirish uchun alohida idishlarga solinadi. Oshqozon shilliq qavatini
tekshiruvda undagi o’zgarishlar batafsil yoziladi.
Ingichka va yo’g’on ichaklar kirish va chiqish tomonidan bog’lanib, bir
biridan ajratiladi. Ichaklarni kesib ko’rish alohida toza idishlarda o’tkazilib,
ularning ichidagi narsalar yig’ishtirib olinadi. Keyin ichakning shilliq qavatlari
butun yo’nalishi bo’ylab ko’zdan kechiriladi va uning holati hamda undagi
o’zgarishlarga ahamiyat beriladi. Keyinchalik murdadan alohida organlar ajratilib
kesib ko’riladi.
296
Murdani tekshirish jarayonida taxminiy kimyoviy sinama o’tkazish
maqsadga muvofiqdir. Masalan, lakmus kog’ozi orqali siydik yoki oshqozondagi
narsalar reaktsiyasi, Goppe-Zeyler sinamasi, qonni spektroskopni to’g’ri nurlari
orqali tekshirish va haqozolar.
Noma’lum zaharli moddalar bilan zaharlanishga shubha tug’ilganda shishali
idishlarga qo’yidagi organlarni olish tavsiya etiladi: oshqozonni uning ichidagi
narsalari bilan, bir metrdan ingichka va yo’g’on ichaklarni ularning ichidagi
narsalari bilan ancha o’zgargan qismidan, jigarni ancha to’laqonli bo’lgan 1/3
qismi o’t pufagi bilan, bitta buyragi va siydik pufagidagi siydigi bilan, bosh
miyaning 1/3 qismi, yuragi undagi qon bilan, talog’i, o’pkasining, 1/4 qismi ancha
to’laqonli joyidan olinishi zarur.
Har xil zaharli moddalar bilan zaharlanganda ular alohida organ va
to’qimalarda notekis tarqaladi. Shuning uchun ham taxmin qilinuvchi zaharli
moddaga bog’liq holda murdadan qo’shimcha material olish qoidada ko’rsatilgan.
Masalan, etil spirtiga zaxarlanishga shubha tug’ilganda bir vaqtning o’zida qon
ham tekshirish uchun olinadi. Bunday paytlarda olingan materiallarni qotiruvchi
moddalar bilan qotirishga (masalan, formalin, spirt) ruxsat berilmaydi. Agar
spirtlar va nitritlar bilan zaharlanishga shubha tug’ilganda ichki organlardan
olingan materiallar tekshirish uchun tezlikda etkazib berilishi va laboratoriyada
tezlik bilan tekshirilishi zarur.
Sud kimyoviy tekshirish uchun jo’natilayotgan yozma yo’llanmasida sud
tibbiyot eksperti sud kimyogariga o’ziga ma’lum bo’lgan taxminiy ma’lumotlar,
murdani kesib ko’rish natijalari, patologoanatomik tashxis to’g’risida xabar
berishi, shuningdek nima uchun zaharlanishga shubha tug’ilganligini ko’rsatishi
zarur. Oxirgi holat muhim amaliy ahamiyatga egadir, chunki umumiy kimyoviy
taxlil uchun anchagina vaqt talab qilinadi.
Kimyoviy taxlil jarayonida sud kimyogari tomonidan quyidagi ishlar
bajariladi: biologik materiallardan har xil kimyoviy moddalar ajratiladi (ichki
organlar, qusuq massalari, ovqat maxsulotlari va boshqalar); ularning sifati va
miqdori aniqlanilib, olingan natijalar sud kimyoviy jihatdan baholanadi. Bunda sud
297
kimyogari nisbatan kattagina massali biologik materialdan ozgina miqdordagi
zaharli moddani ajratishi zarur. Tekshiruv jarayoni topilgan moddalarda har xil
aralashmalar bo’lganligi uchun zaharli moddalar va ularning miqdorini aniqlashda
anchagina qiyinchilik tug’diradi.
Go’ridan ochilgan murda organ qismlarini kimyoviy tekshirish uchun
jo’natishda sud tibbiyoti eksperti zaharli moddalar erda bo’lgan paytida murdaga
o’tganligini tekshirishiga to’g’ri keladi. Buning uchun alohida idishlarga kiyimi,
tobut qoplamasi, uning bezaklari, bo’yoqlaridan olinadi, chunki buyoqlari tarkibida
zaharli moddalar bo’lishi mumkin. Bir vaqtning o’zida murda va tobut tegib turgan
tuproqdan 6 ta sinama olinadi. Agar murda to’lig’icha chirimagan bo’lsa, xuddi
odatdagidek tekshirish uchun ichki organlaridan, murda chirigan bo’lsa, aralashib
ketgan ichki organlaridan 4 kg dan to 3 kg gacha sinama uchun olish tavsiya
etiladi. Buning uchun go’ridan ochilgan murdaning qismlaridan kimyoviy
tekshirish uchun olishda etarli miqdorda idishlar tayyorlangan bo’lishi zarur.
Eksgumatsiya o’zkazishda va sud-kimyoviy tekshirish uchun material
olishda sud tibbiyoti eksperti alkogol, kaliy tsianidi va boshqa ayrim zaharli
moddalar bilan zaharlanishni aniqlashda ularni uzoq muddatda saqlanmasligini
esdan chiqarmasligi zarur, chunki bunday zaharli moddalar hayot vaqtida va
o’lgandan keyin tezda parchalanib ketadi. Boshqa zaharli moddalar esa
(margumush, og’ir metallarning tuzlari, strixnin) esa yaxshi saqlangani uchun uzoq
muddatda ko’milgan murdalarni organ va to’qimalaridan topilishi mumkin.
Polyarografik usuli yordamida bir necha yil oldin ko’milgan murdaning
suyaklarida qo’rg’oshin borligi isbotlanilgan.
Sud-kimyogari tekshiruv xulosasini olgach sud tibbiyoti eksperti murdani
kesib ko’rish, voqea sodir bo’lgan joyning holati, klinik belgilari natijalari bilan
solishtirib barcha topilgan ma’lumotlar yig’indisiga qarab oxirgi xulosasini beradi.
Kimyoviy tekshirishda zaharli moddaning topilishi har doim ham zaharlanish
borligini isbotlay olmaydi, chunki o’lgandan keyin zaharli modda murdani
vaqtincha buzilmaydigan holda saqlashda, ekspertiza uchun organlar iflos
idishlarda jo’natilganda, go’ridan ochilgan murdalarni tekshirishda tobut
298
qoplamalari va kiyimlaridan murdaga o’tishi mumkin.
Zaharli moddalar organizmga dori sifatida kirishi (margumush, vismut va
boshqalar) ma’lum, chunki ularning ko’pchiligi dori sifatida ishlatilsa, boshqalari
(oshxona sirkasi) ovqat yordamida kiritiladi. Bundan tashqari sud-kimyoviy
tekshiruv usullarini noto’g’ri o’tkazish mumkinligini ham esdan chiqarmaslik
zarur.
Boshqa hollarda sud-kimyoviy tekshiruvining nisbiy natijalari ham
zaharlanishni so’nggi isbotlash manbai bo’la olmaydi. Ayrim zaharli moddalar
(alkogol, bertole tuzi, kokain va boshqalar) organizmdan to odam o’lgunicha
ajralib ketishi yoki o’lgandan keyin emirilib ketishi (xloroform, atropin, sirka
kislotasi va boshqalar) mumkin. U organizmda juda oz miqdorda kirgan taqdirda
sud kimyoviy usulida uni aniqlashda anchagina qiyinchiliklar tug’iladi.
Zaharlanishlarni tashxisida boshqa laboratoriya tekshiruv usullari
(gistologik, farmakologik, botanik, biokimyoviy, fizik va boshqalar) ham
qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |