Tibbiyot instituti talabalari uchun


Zaharli moddalarning tasnifi



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Zaharli moddalarning tasnifi
Zaharli moddalarni organlar va to’qimalarga ta’sir qilish xarakteriga qarab 
quyidagi asosiy guruhlarga bo’lish mumkin:
I. Mahalliy ta’sir qiluvchi zaharli moddalar. Bularga quyidagilar kiradi:
1. O’yuvchi zaharli moddalar. Bu moddalar o’zining tushgan joyida 
kuchli ko’rinuvchi morfologik o’zgarishlar chaqiradi. Bunga 
kislotalar, ishqorlar, formalin va fenol birikmalari kiradi.
2. Destruktiv zaharli moddalar. Bular tushgan joyida va qonga 
so’rilganda organ hamda to’qimalarda distrofik, nekrobiotik va 
nekrotik o’zgarishlar hosil qiladi. Og’ir metallarning tuzlari, organik 
birikmalari, xlor organik yadoximikatlar, fosfor, sulema, margumush 
va boshqalar bilan zaharlanishlar bunga misol bo’la oladi.
II. Umumiy zaharli moddalar. Bularga quyidagilar kiradi:
1. Qonga ta’sir qiluvchi zaharli moddalar: is gazi, bertolet tuzi, anilin, 
nitrobenzol, nitritlar, gidroxinon va boshqalar bilan zaharlanishlar 
kiradi.
2. Ko’pincha markaziy va periferik nerv sistemasiga ta’sir qiluvchi 
zaharli moddalar. Bu guruhga kiruvchi zaharli moddalar ham 4 
guruhchaga:
1) markaziy nerv sistemasini falajlovchi zaharlar;
2) markaziy nerv sistemasi faoliyatini susaytiruvchi zaharlar;
3) markaziy nerv sistemasini ko’zg’atuvchi va talvasalantiruvchi 
zaharlar;
4) ko’pincha periferik nerv sistemasiga ta’sir qiluvchi zaharli 
moddalar.
13.1. Zaharli moddalarning organizmga ta’sir qilish shartlari
Sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkazilganda har bir zaharli moddaning faqatgina 
285


alohida fizik va kimyoviy xossalarinigina emas, balki uning organizmga ta’sir 
qilish shartlarini ham hisobga olishga to’g’ri keladi.
Bunga quyidagilar kiradi:
I. Zaharli moddaning o’ziga bog’lik sharoitlar:
1. O’ldiruvchi dozasi, ya’ni odamni o’limiga sababchi bo’ladigan 
zaharli moddaning minimal miqdori (atrofin 0,1 g, margumush va 
morfin 0,2 g, tsianid kislotasi 0,06 g., kaliy tsianidi 0,15-0,25 g., 
kontsentrlangan sulfat kislotasi 5 ml., nitrat kislotasi 5-10 ml., xlorid 
kislotasi 10-15 ml va hoqazolar).
2. Eruvchanligi. Organizm shirasida erimaydigan moddalar zaharlanish 
chaqirmaydi. Masalan, erimaydigan HbCl tuzi (kalomel) zararsiz, 
eruvchan HbCl
2
(sulema) kuchli zaharli modda hisoblanadi.
3. Zaharli moddaning fizik holati. Masalan, gazsimon moddalar 
to’g’ridan to’g’ri qonga ko’p miqdorda so’riladi. Ayrim zaharli 
moddalar og’iz orqali qabul qilinganda tezroq ta’sir ko’rsatadi.
4. Zaharlanish jarayonida zaharli moddaning kontsentratsiyasi muhim 
ahamiyatga ega. Masalan, eritilgan va suyultirilgan xlorid 
kislotasining kuchsiz eritmasi dori sifatida foydalanilsa, 
kontsentrlangan eritmasining shu miqdori kuchli zaxarli modda 
hisoblanadi. Sirka kislotasining kuchsiz eritmasi ovqatga tam 
beruvchi sifatida foydalanilsa, 48-96-foizli kontsentrlangan eritmasi 
esa o’limga olib kelishi mumkin.
5. Zaharlanish jarayonida zaharli moddani nima bilan qabul qilinishiga 
bog’liq. Masalan, ishqorli muhit margumushni, kislotali muhit 
(nordon vino) tsianid birikmalari, sut va tarkibida yog’ bo’lgan ovqat 
moddalari fosfor organik birikmalari so’rilishini tezlashtiradi. Quyuq 
chay va kofe alkoloidlar (morfin, strixnin va atrofin) ta’sirini 
kuchsizlantiradi va hokazolar.
6. Zaharli moddalarni saqlanish muddatiga bog’liq. Bunga 1916 yil 
dekabrida kaliy tsianidi bilan Grigoriy Rasputinni g’animalari 
286


zaharlashga urinishi misol bo’la oladi. Uning dushmanlari oldindan 
pishiriqni ustiga zaharli moddani sepib qo’yadi. U vinoni ichib, 
pishiriqni egach, ashulasini aytib hech narsa bo’lmagandek o’zini his 
qiladi. Bunda kaliy tsianidi uzoq vaqt kislorodsiz joyda saqlangani 
uchun u CO
2
bilan birikib potash (K
2
CO
3
) ga aylanib zaharsizlilik 
xususiyatiga ega bo’lib qolganligi aniqlangan.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish