Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

O’tkir zaharlanish
odatda zaharli moddaning toksik yoki o’ldiruvchi dozasi 
qabul qilinganda kuzatiladi. U bir necha minutgacha davom etib tezlikda o’lim 
bilan tugaydi. Bunga tsianid kislotasi, is gazi bilan zaharlanishlar misol bo’la oladi. 
Biroq zaharli modda ta’sir qilgandan biroz vaqt o’tgach zaharlanish ko’zga 
tashlanadi. Buning davomligigi zaharli moddaning xarakteri va qonga so’rilish 
289


tezligiga bog’liq. Odatda o’tkir zaharlanishning davomliligi bir necha soatdan to 
bir sutkagacha vaqtni tashkil etadi.
O’rtacha o’tkir zaharlanish davri.
Xuddi o’tkir davri singari, odatda 
zaharli moddani bir marta qabul qilgandan keyin anchagina sekinlik bilan 
boshlanib, to 1-2 haftagacha cho’ziladi. Zaharlanishning bunday o’tishi zaharli 
moddaning oz miqdorda qabul qilinishi, sekinlik bilan so’rilishi yoki organizmdan 
chiqib ketishi (simob ikki xloridi) bilan bog’liq. Bunday hollarda alohida ichki 
organlar (bosh miya, jigar, buyrak va boshqalar) ning jarohatlanishi bilan bog’liq 
o’zgarishlar birinchi navbatda ko’zga tashlanadi.
Surunkali zaharlanish davri.
Uzoq muddatda zaharli moddaning biroz 
miqdori (tetraetil, qo’rg’oshin, ayrim yadoximikatlar) organizmga qayta-qayta 
tushishi bilan bog’liq. Zaharlanish manzarasi asta sekinlik bilan rivojlanib, ba’zan 
markaziy nerv sistemasi ayrim kasalliklariga xos atipik xarakter tusini oladi. 
Zaharli moddani qabul qilgandan keyin o’lim bir necha haftadan va hatto oylardan 
keyin ham sodir bo’lishi mumkin.
13.2. Zaharli modda va organizmning o’zaro ta’siri (toksikodinamika)
Zaharli moddaning organizmga ta’siri natijasida hujayralar, organ va 
to’qimalarning funktsiyasini buzilishi tufayli doimo odamning sog’lig’iga ziyon 
etkazilishi mumkin.
Ayrim zaharli moddalar qabul qilingach, to’g’ridan to’g’ri reflektor ta’sir 
ko’rsatib birdaniga zaharlanish chaqirishi ko’zga tashlanadi. U zaharli modda 
tushgan joyida sezuvchi nerv tolalarini ta’sirlanishi (shok) tarzida namoyon 
bo’ladi. Bunday manzara o’yuvchi zaharli moddalar bilan zaharlanganda 
kuzatiladi. Ko’pchilik zaharli moddalar rezorbtiv xususiyatga ega bo’lib, asosan 
qonga so’rilganda ko’rinadi. Odatda rezorbtiv moddalar ko’pincha saralab ta’sir 
qilish xususiyatiga ega. Masalan, kon gemoglobiniga (qonga ta’sir qiluvchi zaharli 
moddalar), bosh va orqa miyaga (tserebrospinal zaharli moddalar), yurakka 
290


(intrakardial zaharli moddalar) va boshqalarga ta’sir qilishi mumkin.
Zaharli moddalar organizmga birlamchi va birin ketin ta’sir ko’rsatishiga 
ham bo’linadi.
Birlamchisida zaharli moddalar to’g’ridan to’g’ri qandaydir organ yoki 
to’qimalarga ta’sir qilib o’zgarishlar chaqirsa, ikkilamchisida birlamchi 
jarohatlanish tufayli boshqa organlar va to’qimalar funktsiyasining ham buzilishiga 
sababchi bo’ladi. Masalan, qonning gemolizi gemolitik zaharli moddaning 
birlamchi ta’siridan sodir bo’lsa, buyrak funktsiyasining buzilishi va siydik 
ajralishining o’zgarishi ularning birin ketin ta’siri natijasida rivojlanadi.
Odatda zaharlanishda uzoqlashgan asoratlari kuzatilib, bular zaharli 
moddalarning metatoksik ta’siri tufayli yuzaga keladi. Ular organizmda bo’lgan 
zaharli moddalarning to’qimalarga to’g’ridan to’g’ri ta’sir qilishi bilan bog’liq. 
Sulemaning metatoksik ta’siri zaharlanishdan bir necha kun o’tgach, zaharli modda 
organizmdan chiqarilgandan keyin buyrakning uzoq davom etadigan jarohatlanishi 
va buyrak etishmovchiligi bilan xarakterlanadi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar zaharli modda bilan organizmning o’zaro 
aloqasini faqat umumiy ko’rinishini belgilaydi. Ko’pchilik zaharli moddalar yuqori 
biologik aktivlik xususiyatiga ega. Bu zaharli moddalarning saralab ta’sir qilishi, 
organizmda sodir bo’ladigan ayrim nozik bioximik jarayonlarga ta’sir qilishiga 
bog’liq. Masalan margumushning ta’sir qilishi to’qimalarda fermentlar 
sistemasining sulfgidril guruhining blokadasi tufayli oksidlanish jarayonining 
buzilishiga asoslangan, tsianid kislotasi to’qima tsitoxromoksidazasi bilan o’zaro 
ta’sir qilib to’qimada nafas olish fermentlari faoliyatini susaytirishi; fosfor organik 
moddalar xolinesteraza fermentiga ta’sir qilib, nerv orqali qo’zg’alish jarayoni 
berilishiga ta’siri va boshqalar bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham zaharli 
moddalarning ta’sir qilish nuqtasi har xil bo’ladi. Masalan, bir xil sinoptik zaharli 
moddalar aksonlarga to’g’ridan to’g’ri ta’sir ko’rsatib, nerv impulsi berilishini 
bo’zsa (tetradotoksin), boshqalari akson ohirlarida atsetilxolin ajralishini 
susaytiradi (botulotoksin), uchinchilari mushakda atsetilxolin kontaktini buzadi 
(kurare) va nihoyat, to’rtinchilari atsetilxolin emirilishini tormozlaydi (zarin).
291


Zaharli moddalar organizmga tushgach, odatda u yo bu darajada 
neytlarlanadi, oksidlanadi va qaytarilib, boshqa moddalar bilan birikadi. Bir necha 
moddalar organizmga kirganda ularning har birini ta’sirini kuchaytirishi 
(sinergistlar) yoki susaytirishi (antagonistlar) mumkin.
Masalan, uyqu dorilari va alkogol, bir xil eritmada qabul qilinganda bir 
birini ta’sirini kuchaytirishi, kislotalar va ishqorlar bir birini ta’sirini susaytirishi 
mumkin.
Zaharli moddalar organizmdan kirgandan keyin birdaniga chiqarilishi 
(qusish orqali, oshqozonini yuvish orqali) yoki chiqaruv organlari: buyrak (suvda 
eruvchi va parlanmaydigan moddalar), jigar (margumush, narkotiklar, spirtlar), 
o’pka ( gazsimon va uchuvchi moddalar), oshqozon shilliq pardasi orqali (morfin, 
strixnin), ichaklar devori orqali (simob, margumush), so’lak bezlari (og’ir metal 
tuzlari, pilokarpin, bertolet tuzi), ter orqali (fenol, galoidlar), ko’krak suti orqali 
(morfin, alkogol, margumush) va boshqalar ajralishi mumkin.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish