Tibbiyot instituti talabalari uchun


O’yuvchi zaharli moddalar bilan zaharlanish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

13.4. O’yuvchi zaharli moddalar bilan zaharlanish
O’yuvchi moddalar ko’zga tashlanuvchi mahalliy ta’sir ko’rsatib, bu zaharli 
modda tushgan joyda har xil darajadagi kimyoviy kuyish shaklida namoyon 
bo’lishi hamda to’qimalarda to’laqonlikdan to nekrozgacha va hatto to’qimalarning 
to’liq, emirilishi bilan xarakterlanadi. Bu moddalar mahalliy ta’sirdan tashqari 
qonga so’rilgach modda almashinish jarayonlarining keskin buzilishi natijasida 
umumiy ta’sir ham ko’rsatadi. O’yuvchi zaharli moddalarga kislotalar, ishqorlar, 
formalin va fenol birikmalari kiradi.
Kislotalar.
O’zining erkin vodorod ionlari bilan zaharlovchi ta’sir 
ko’rsatadi. Kislotalarning kontsentratsiyasi va erish darajasi qonda yuqori bo’lsa, 
to’qimalarga shunchalik kuchli ta’sir ko’rsatadi. Vodorod ionlari to’qimalarni 
suvsizlantirib, oqsillarni o’yushtiradi va natijada quruq nekrozni chaqiradi. Bunga 
koagulyatsion nekroz deyiladi.
300


Kislotalarning jarohatlovchi ta’siri ularning to’qimalarga davomli tegib 
turishiga ham bog’liqdir. Bunda pastki to’qimalar nekrozlanib, qon tomirlarini 
emiradi va qon gemoglobini bilan birikib nordon gematin yoki gematoporfirinni 
hosil qiladi. Nekrozga uchragan to’qimalar o’zgargan qon bilan shimilib qo’ng’ir 
qizg’ish va hatto qora rangga ega bo’ladi. Zararlangan joyning chetlarida 
yallig’lanish jarayoni kuzatiladi. Kislotalar qonga so’rilgach, to’qimalarda modda 
almashinuvining kuchli buzilishi tufayli ichki organlarning jarohatlanishi ko’zga 
tashlanadi.
Organik kislotalar kuchsiz dissotsiatsiyalanish xususiyatiga ega bo’lgani 
uchun ularning to’liq molekulasi o’zining jarohatlovchi ta’sirini ko’rsatadi. Odatda 
ular ancha ko’zga ko’rinuvchi yallig’lanish reaktsiyasi bilan davom etuvchi yuzaki 
nekroz chaqiradi.
Kislotalarning o’ldiruvchi dozasi uning kontsentratsiyasiga bog’liq. 
Kontsentrlangan sulfat kislotaning 5 ml, nitrat kislota – 5-10 ml, xlorid kislota – 
10-15 ml, sirka kislotaning 15-20 ml o’ldiruvchi dozasi hisoblanadi.
Kontsentrlangan kislotalarni yutganda qizilo’ngach yo’li bo’ylab va 
oshqozonda kuchli kuydiruvchi og’riq paydo bo’lib, qon aralash uzluksiz qusish, 
ba’zan qusuq massalarida nekrozga uchragan shilliq pardalar bo’lakchalari 
kuzatiladi. Umumiy holati tobora yomonlashib, tomir urishi va nafas olishi 
tezlashadi. Harakat ko’zg’aluvchanligi ko’zga tashlanib yurakning kuchsizlanishi 
sekin-sekin yuzaga keladi. Kislotalarning bug’lari va nordon qusuq massalar 
yordamida hiqildoq shilliq qavatining ta’sirlanishi tufayli yo’talish paydo bo’lib 
hiqildoq shilliq qavatining shishishi va ovoz bog’lami yoriqchasining spazmi 
rivojlanishi mumkin.
Zahar qabul qilingandan keyin birinchi soat ichida shokdan, asfiksiya yoki 
ichki qon ketishdan o’lim sodir bo’ladi. Ko’pincha o’lim 1-2 sutkadan keyin og’ir 
umumiy intoksikatsiya tufayli yuzaga keladi. Biroz keyinroq pnevmoniya, o’tkir 
buyrak etishmasligi, shuningdek qizilo’ngachning teshilishi (mediastenit) yoki 
oshqozonning teshilishi (peritonit) dan odam o’lib qolishi mumkin. Tirik qolgan 
taqdirda jabrlanuvchi qizilo’ngachi va oshqozonining jarohatlangan joylarida 
301


chuqur yaralar paydo bo’lib, keyin chandiqlanishi tufayli ularning bo’shlig’i 
torayib ovqatni umuman o’tkazmay qo’yishi kuzatiladi. Buning natijasida unda 
kaxeksiya holati rivojlanadi.
Murdani tashqi tekshirishda og’zini atrofida sarg’ish kulrang yoki qo’ng’ir 
pergament dog’lari shaklida kimyoviy kuyishning izlari topiladi. Labining 
o’ramalari, og’iz bo’shlig’iga zaharli moddaning tekkan joylaridagi shilliq 
qavatlari qattiqlashgan kulrang tusli bo’ladi (85-rasm).

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish