Tibbiyot instituti talabalari uchun


Tsianid kislotasi va uning birikmalaridan zaharlanish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Tsianid kislotasi va uning birikmalaridan zaharlanish.
Tsianid kislotasi 
yoki vodorod tsianidi uchuvchan, achchiq bodom hidli rangsiz suyuqlik bo’lib, 
toza holda u faqat laboratoriya sharoitida uchraydi. Uning suvli eritmalari, 
shuningdek ayrim hosilalari (kaliy tsianidi, natriy tsianidi, kaltsiy tsianamidi va 
boshqalar) sanoatda va shuningdek insektitsidlar, deratizatsion va 
dezinfektsiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi. Tsianid kislotasining barcha 
birikmalari orasida sud tibbiyoti uchun eng muhim ahamiyatligi kaliy tsianidi 
hisoblanadi. U oq tusli suvda va spirtda eruvchan moddadir.
Kaliy tsianidi kuchli zaharli modda bo’lib, uning zaharliligi organizm 
suyuqligida gidrolizlanishi natijasida erkin tsianid kislotasi hosil bo’lishi bilan 
tushuntiriladi. Bu zaharli modda hammabob bo’lmagani uchun undan zaharlanish 
ham kamdan kam uchraydi. Ko’pincha zaharlanish yosh bolalarda uchraydi, 
chunki ular achchiq bodomni egach, uning tarkibida bo’lgan amigdalin glikozidi 
oshqozon suyuqliklari ta’sirida parchalanib tsianid kislotasi hosil bo’ladi va bu 
zaharlaydi.
Tsianid kislotasi va uning birikmalari o’zining CN-anionlari bilan ta’sir 
qilib, nafas olishga qatnashuvchi hujayralaridagi tsitoxromoksidaza fermentining 
faoliyatini buzadi. U bilan birikib, tsianid birikmalari nafas olish fermentlari 
ta’sirini falajlab, uning qondagi kislorodni qabul qilish va to’qimalarga uzatish 
qobiliyatidan mahrum qiladi.
316


Tsianid kislotasi va tsianidlarning katta dozasi qabul qilinganda o’tkir 
zaharlanish juda tez rivojlanadi. Birinchi daqiqada hushini yo’qotib, ko’z 
qorachig’lari kengayadi. tirishish harakatlari boshlanadi va o’lim sodir bo’ladi. 
Kam dozada qabul qilinganda birinchi belgilari bir necha minutdan keyin ko’zga 
tashlanib, zaharlanish 20-40 minut, ba’zan bir necha soatgacha cho’zilishi 
mumkin. Abrikos urug’i bilan zaharlanganda yashirin davri bir necha soatgacha 
davom etishi, ba’zan esa, belgilari nisbatan sekinlik bilan kuchayishi mumkin. 
Odatda o’lim birinchi sutka davomida sodir bo’ladi.
Murdani kesib ko’rilganda asfiksik o’limga xarakterli belgilar ko’zga 
tashlanadi. Murda dog’lari, lablari, quloq supralari ko’kimtir qizg’ish tusga kiradi. 
Kesilganda bo’shliqlar, o’pka va bosh miyadan achchiq bodomning hidi kelib 
turadi. Ichki organlardagi qon suyuq, ko’pincha to’q-qizil tusli bo’lib, faqat ko’p 
miqdordagi zaharli modda bilan zaharlanganda qon tiniq-qizg’ish rangga kiradi. 
Kaliy tsianidi bilan zaharlanganda oshqozonning shilliq qavati bo’kkan, zaharli 
moddaning gidrolizi va ishqor hosil bo’lishi tufayli gilossimon qizg’ish tusga 
kirganligi ko’rinadi. Abrikos danagi bilan zaharlanganda murdaning oshqozoni va 
ingichka ichagida bu donachalarning hazm bo’lmagan mayda zarrachalari, oqimtir 
va mayda qo’ng’ir pardachalari topiladi.
Toza tsianid kislotasining o’ldiruvchi dozasi – 0,06 g. kaliy tsianidiniki – 
0,15-0,25 g. hisoblanadi. Tsianid kislotasi va uning birikmalari bilan zaharlanishga 
shubha qilinganda murdaning ichki organlari sud-kimyoviy tekshiruvidan 
o’tkazilishi shart. Agar abrikos donasidan zaharlanishga shubha tug’ilganda 
oshqozon va ichaklarida bo’lgan narsalardan material olinib, botanik tekshiruvi 
o’tkazilishi zarur.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish