Tibbiyot instituti talabalari uchun


Voqea sodir bo’lish holati va tibbiyot hujjatlarini o’rganish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Voqea sodir bo’lish holati va tibbiyot hujjatlarini o’rganish.
G’avvosga 
oid jarohatlanishda ekspert g’avvosning oldiga qo’yilgan vazifani; g’avvosdagi 
asbob uskunalarning holati; suv tagiga tushishini ta’minlash xususiyatlari; avariya 
sodir bo’lish davrida g’avvos harakatining xarakterini bilishi zarur.
G’avvosdagi asbob uskunalarning texnik ekspertizasi natijalari bilan 
tanishish.
G’avvos asbob uskunalari har xil turlarining tuzilishi va fiziologik 
tavsifining o’ziga xos xususiyatlari g’avvosga oid jarohatlanishning aniq turi sodir 
bo’lishi mumkinligini ko’pincha belgilaydi. Shuning uchun ham ekspert 
g’avvosning qaysi apparatda suv tagiga tushganligini bilishi zarur. Bundan 
tashqari, u g’avvos asbob uskunasining texnik ekspertizasi natijalari bilan albatta 
tanishuvi, kerakli hollarda bu masala bo’yicha avariya qutqaruv xizmati fiziologik 
vrachi bilan maslahatlashuvi zarur.
G’avvosga oid jarohatlanishlarning ayrim turlarida qandaydir xarakterli 
patomorfologik o’zgarishlar kuzatilsa, boshqalarida esa etarlicha aniq ko’rinmaydi. 
Shuning uchun ham texnik ekspertiza ma’lumotlari bilan tanishish maqsadga 
muvofiqdir. Bunday hollarda voqea sodir bo’lish barcha holatlarini sinchiklab 
taxlil qilganda hamda g’avvos asbob uskunalari texnik ekspertiza natijalarini 
to’lig’icha hisobga olingach, sud tibbiyoti xulosasi berilishi zarur.
G’avvosga oid jarohatlanishda murdani sud tibbiyoti ekspertizasi unda 
chirish belgilari paydo bo’lguniga qadar o’tkazilishi ko’zda tutiladi, chunki chirish 
jarayoni kesson kasalligi, bosimdan jarohatlanish tashxisini anchagina 
qiyinlashtiradi.
Kesson kasalligi va o’pkaning bosimdan jarohatlanishidan o’lim sodir 
bo’lganligiga shubha tug’ilganda ichki tekshirish o’tkazishdan oldin gaz 
279


emboliyasini borligi va joylashgan joyini aniqlash maqsadida murdaning ko’kragi 
va boshi ikki proektsiyada rentgenografiya qilinadi. Bunday hollarda ichki 
tekshirish havo emboliyasi va pnevmotoraksni aniqlash sinamasi bilan boshlanadi. 
Aerotromblarni aniqlash uchun, albatta, katta venoz qon tomirlari kesib ko’riladi, 
chunki bu kesson kasalligiga xos muhim belgi hisoblanadi.
Bosh miyani tekshiruvda, yon qorinchalar kapillyarlar chigalida suzish 
sinamasi o’tkaziladi. Orqa miya kanali, umurtqa pog’onasini va orqa miyani 
tekshirish o’lim siqilishdan sodir bo’lgan bo’lsa (umurtqa pog’onasining bo’yin 
qismi va orqa miyada mexanik jarohatlanishlar izlanadi), shuningdek kesson 
kasalligidan kechroq o’lganda (bunda orqa miya moddasining degeneratsiyasi va 
o’choqli yumshashi ko’rinadi) amalga oshiriladi.
Xulosa tuzish.
Xulosa qismida voqea sodir bo’lgan holat, g’avvos asbob 
uskunalari texnik ekspertizasi natijalari, murdani kesib ko’rish va ko’shimcha 
tekshiruv usullari natijalari to’lig’icha ko’rsatilishi zarur. Tekshiruv qismidan 
keyin kengaytirilgan sud tibbiyoti tashxisi joylashtiriluvi va tergovchini 
qiziqtiruvchi barcha savollarga asosli javoblar tuzilishi talab qilinadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish